Modernizatsiyalash jarayonlari


Bolaning aqliy jihatdan tez va nuqsonlarsiz rivojlanish uchun



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
pedagogika (2)a

Bolaning aqliy jihatdan tez va nuqsonlarsiz rivojlanish uchun 
qo‘llaniladigan usullardan na’munalar:


513 
Ko‘pgina tortishuv va muhokamalarga 
sabab bo‘lgan usullardan biri bo‘lib, 
o‘tgan asrning 40 yillarida o‘z ibtidosini 
boshlagan, harbiy shifokor, amerikalik 
Glen 
Doman 
tomonidan 
ishlab 
chiqilgan. Glen Doman urush yillarida 
og‘ir miya jarohati olgan bolalarni 
davolaydi. Bemor bolalarga katta katta qizil harfli so‘zlar yozilgan 
kartochkalar ko‘rsatilardi va bir vaqtning o‘zida unda yozilgan so‘zlar talaffuz 
qilinardi. Darslar juda qisqa bo‘lib, 5-10 soniya davom etar, ammo kun 
davomida bir necha marotaba takrorlanardi. Bu shaklda mashg‘ulotlarda 
ishtirok etgan falaj holatida yotgan bolalar sekin-asta harakat qila boshlaydi
keyinchalik emaklash, yurish va hatto sog‘lom bolalar kabi yugurish 
qobiliyatlari ham tiklanadi. Shu sababli, Glen Doman bir vaqtni o‘zida ham 
oddiy hamda genial xulosaga keladi: ko‘zni doimiy ravishda stimulyatsiya 
qilish miya faoliyatining umumiy faollashishiga sababbo‘ladi. Shundan 
so‘ngra Domen bu usulni sog‘lom bolalarda ham sinab ko‘radi. Bola 
tug‘ilgandan e’tiboran, unga bu kabi kartochkalar ko‘rsatiladi. Kartochkadagi 
so‘zlar turli tuman bo‘lishi mumkin: nuqtalardan iborat sonlar, qizil rang bilan 
yozilgan harflar, hayvonlar rasmi, arboblar rasmi, tabiat hodisalari va 
hokazo… Bunday kartochkalarni Doman: ma’lumot bitlari (binary digit), deb 
atardi. Kartochkalar kun davomida bolaga bir necha marta, bir necha soniyaga 
ko‘rsatilardi. Doman o‘z usulini qo‘llash natijasida daholarni tarbiya qilishiga 
ishonardi. Bu fikrni ko‘pgina pedagog va psixologlar yangi tug‘ilgan 
chaqaloqlar uchun qarash natijasida yuzaga kelgan taassurotlar muhim 
ekanligini tan olishlari ham tasdiqlaydi.
 
Ammo bu usulning o‘ziga yarasha kamchiliklari bor: u bolalarga to‘la va 
mukammal rivojlanish bermaydi. Ayniqsa, bola dunyosi talab qilgan faollikni 
bu usulda mavjud emas, dars davomida bolaning ko‘zi va ko‘rish 
qobiliyatigina ishtirok etadi. Bola esa o‘z tabiatidan kelib chiqib, uni 
qiziqtirgan narsani ushlab ko‘rishni, “mazasini ta’tish”ni ma’qul ko‘radi. Tili 
chiqa boshlagan bola esa albatta o‘zini qiziqtirgan mavzu borasida savollar 
yog‘diradi, ammo Domen usuli esa boladan qimirlamay o‘tirishni, diqqatini 
kartochkalarga qaratishni va talaffuz qilinganlarni eshitishi talab qilinadi. 
Doman inson miyasini kompyuterga o‘xshatadi, uning fikricha miya 
muvafaqqiyatli faoliyat yuritishi uchun ma’lumotlar bazasini to‘ldirib olishi 
lozim. Ammo bola kompyuter emas, balki tirik mavjudot, uni faqat turli sonlar 
va faktlar bilan to‘ldirishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi, u olgan ma’lumotlarini 
mantiqan to‘g‘ri qo‘llab, foydalana olishi lozim. Kichkina bola tajriba, ijodiy 
mashg‘ulotlar, suhbatlashish, o‘yin va sevgiga muhtoj. Shu sababli, Doman 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin