Modernizatsiyalash jarayonlari


O‘quv rejasi muammo va masalalari



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
pedagogika (2)a

 
O‘quv rejasi muammo va masalalari 
Inklyuziv ta’limni amalga oshirish uchun va turli xil o‘qish qobiliyatlari 
mavjud talabalarni yaxshiroq moslasha olishlari uchun ta’lim tizimi, 
o‘qitishning tuzilishi va o‘qitish amaliyotini namoyish etish ko‘proq
moslashadigan xamkorlik tarzida bo‘lishi zarur
125
.

MAVZU: IJTIMOIY PEDAGOGIKA. BOLANING SOTSIUMDA 
RIVOJLANISHI 
IJTIMOIY PEDAGOGIKA. BOLANING SOTSIUMDA RIVOJLANISHI 
REJA 
Ijtimoiy pedagogikaning predmeti, maqsadi, asosiy vazifasi, kategoriyalari, 
rivojlanish tarixi. Ijtimoiylashuv – ijtimoiy pedagogik jarayon. Ijtimoiy 
pedagogikaning tamoyillari.
Ijtimoiylashuv tushunchasi va ijtimoiylashuv jarayoni. Ijtimoiylashuv 
vositalari, agentlari, mexanizmlari. Ijtimoiylashuvga ta’sir etuvchi omillar. 
Shaxs ijtimoiylashuviga siyosiy, iqtisodiy, ekologik omillarning ta’siri.
Bolaning ilk ijtimoiylashuv davri. “Sotsium” tushunchasi, ijtimoiy maqom, 
ijtimoiy moslashuv tushunchalari. Bolaning ijtimoiylashuvida oila, ta’lim-
tarbiya tashkilotlari, madaniyat, din, mahallaning o‘rni. Milliy mentalitet va 
uning ijtimoiylashuvda tutgan o‘rni.


518 
Tayanch iboralar: ijtimoiy pedagogika, fan, maqsad, vazifa, obyekt, predmet, 
zaruriyat, insonparvarliq tabiat bilan uyg‘unligi, madaniyatga muvofiqliq
variativliq jamoaviyliq birgalikdagi faoliyat, davomiyligi tamoyili, 
ijtimoiylashuv, moslashuv, individuallashuv, ehtiyojlar, muloqot, faoliyat, 
shaxsiy “Men”, sosium, identifikasiya, refleksiya 
Ijtimoiy pedagogika fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida 
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi ta’rifi bir qator bahs-munozaralarga 
sabab bo‘lmoqda. Ma’lumki, har qanday fan bilim sohasi sifatida nazariya va 
amaliyotning birligi sifatida faoliyat yuritadi. Bu ikki soha doimo bir-birini 
to‘ldirib boradi va voqyelikning mukammallashuviga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Demaq biz ijtimoiy pedagogikani ham fan va amaliy faoliyatining sohasi 
sifatida o‘rganishimiz lozim. Bundan tashqari, ijtimoiy pedagogika ko‘pgina 
boshqa fanlar (falsafa, matematika, biologiya) kabi o‘quv fani bo‘lib ham 
xizmat qilishi mumkin. O‘zbekiston tarixiy pedagogik an’analarga ega 
davlatdir. Sharq mutafakkirlari va diniy arboblarining asarlarida ijtimoiy 
pedagogika fanining rivojlanishiga asos bo‘ladigan g‘oyalar mavjuddir. XIX 
asrda o‘zbek ma’rifatparvarlari, XX asrdagi novator pedagoglarining ijtimoiy 
tarbiya sohasidagi faoliyati ijtimoiy pedagogika uchun boy manba hisoblanadi. 
Biroq ma’lum bir davrda ijtimoiy pedagogikaning MDH hududidagi tadrijiy 
rivojlanishi to‘xtatib qo‘yildi. Ijtimoiy pedagogikaning tiklanishi faqatgina XX 
asrning 90-yillaridan boshlanadi. Uning qayta “tug‘ilishi” ijtimoiy 
pedagoglarni hozirgi sharoitdagi amaliy faoliyatlarida ijtimoiy pedagogika fani 
yutuqlaridan foydalanish zaruriyati tug‘ilgani bilan izohlanadi. Bu yerda 
davlat va jamiyat faoliyat yuritishining yangi tamoyillari: bozor iqtisodiyoti, 
raqobat, byudjetdan pul ajratishni ko‘paytirish yoki kamaytirish, iqtisodiy 
holatningbeqarorligi kabilar nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga, ijtimoiy 
hayotni demokratiyalashtirish, jahon hamjamiyatiga a’zo bo‘lish aholining 
kam ta’minlangan qatlamlariga e’tiborni yanada kuchaytirishni talab qiladi. 
Biroq, ijtimoiy pedagogika sohasidagi mavjud nazariya va amaliyotning 
tizimlashtirilmaganligi bu ikki soha bir biridan alohida ravishda rivojlanishiga 
sabab bo‘ldi va ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida shakllanishiga o‘z 
ta’sirini ko‘rsatdi. Natijada, bugungi kunda ilmning bu sohasini to‘liq qamrab 


519 
oluvchi ta’rifni berish ancha murakkab hisoblanadi. Rossiyalik qator olimlar 
ijtimoiy pedagogikaga ta’rif berishga harakat qilganlar. Masalan, Yu. V. 
Vasilkova bu fanni “alohida shaxs yoki guruhni tarbiyalash, o‘qitish nazariyasi 
va amaliyotidir” deb ta’kidlaydi. A.V.Mudrikning fikricha, “Ijtimoiy 
pedagogika – barcha yosh va ijtimoiy guruhlar ijtimoiy tarbiyasini o‘rganuvchi 
pedagogika ”dir.
B.D.Semenov ijtimoiy pedagogika yoki muhit pedagogikasini “Ma’lum 
yutuqlarni birlashtiruvchi va ularni ijtimoiy tarbiya jarayonida amalga 
oshiradigan fan”,- deb hisoblaydi. I.P.Podlasiyning “Pedagogika" darsligida 
quyidagicha ta’rif mavjud: “Ijtimoiy pedagogika - ijtimoiy muhitning shaxsni 
shakllantirishga va ijtimoiy tarbiya muammolariga ta’siri qonuniyatlarini 
o‘rganuvchi fandir”. M. A. Galaguzova ijtimoiy pedagogikaga uning obyekti 
va predmetini aniqlash orqali ta’rif bermoqchi bo‘lgan. Ijtimoiy 
pedagogikaning fan sifatidagi mohiyatini aniqlash uchun “fan” 
tushunchasining o‘zi obyektiv bilimlarni tizimlashtirish va ishlab chiqishga 
qaratilgan faoliyat ekanligini ta’kidlash lozim. Tushunchaning ilmiy-
mazmuniy jihatini o‘rganish “ijtimoiy pedagogika” atamasiga e’tibor 
qaratishni talab qiladi. U ikki sohadan iborat bo‘lib, “Pedagogika” va 
“Sotsiologiya” fanlari ma’nosining integrasiyasidan (birlashuvidan) vujudga 
kelgan. Bu birlashuv “ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “ijtimoiy ta’lim” va 
“ijtimoiy tarbiya”ni kiritgan.
Ijtimoiy pedagogika fanning maqsadi jamiyatdagi xar bir shaxsning 
hayotida uchraydigan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va hal qilishdan 
iborat. Ta’lim va tarbiya masalalari bilan shug‘ullanish, keksalar, qariyalar, 
kasal va boquvchisini yo‘qotganlar, mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan 
bolalar holidan xabar olish, narkomaniya va qonunbuzarlikka qarshi kurashish. 
Ijtimoiy pedagogika fanning vazifasi quyidagi 4 bosqichni o‘z ichiga oladi.
1. Bolani va o‘smirni xaqiqatgo‘y qilib tarbiyalash va voyaga yetkazish;
2. Shaxsning mustaqil fikrlay olishi, muammoga duch kelganida uni mustaqil 
ravishda hal qila olishi va o‘z munosabatini bildirishi;
3. Atrofdagi kishilar bilan erkin va madaniy holda muomala qilishni 
o‘rgatish;


520 
4. Hayotdagi o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarini ongli ravishda 
tushunishga o‘rgatish.
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarining rivojlanish tarixi juda yaqin. 
Eng avvalo, ularni odamlarga alohida g‘amxo‘rlik va e’tibor talab etadigan 
madaniy-tarixiy an’ana birlashtirib turadi. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy 
ishlarda rahm –shafqat, xayriya, yordam kabi tushunchalar juda ko‘p 
ishlatiladi. 
Ammo ularning aniq ifodalangan o‘ziga xos jihatlari ham bor, 
mamlakatimizning dastlabki rivojlanish bosqichida ular rasman tan olingan 
institut sifatida namoyon bo‘ldi, masalan, ijtimoiy ishlar aholini ijtimoiy 
himoyalash sohasida rivoj topdi, ijtimoiy pedagogika esa, yuqorida 
ta’kidlanganideq ta’lim tizimida va yoshlar ishlari bo‘yicha qo‘mita 
muassasalarida rivojlandi. 
Ijtimoiy pedagogik va ijtimoiy hodimlar faoliyati asta-sekin kengayib, biri 
ikkinchisini to‘ldira bordi. 
Ijtimoiy pedagogika fani bundan 200 ming yil oldin ham mavjud 
bo‘lgan. Faqat unda bu fan pedagogikaning tarkibida bo‘lgan. Ijtimoiy 
pedagogika fanning ilk kurtaklari Yevropa va Osiyoda yozilgan. Bu fan asosan 
820-829 yillardan boshlab rivojlangan.
Har bir fan aniq bir xaqiqatdan “o‘sib chiqadi”, uning aksini ifodalaydi. 
Ilmiy bilimlar amaliy faoliyatidan uzilgan holda rivojlana olmaydi. Aynan 
amaliyot istalgan fanning manbai hisoblanadi. Boshqa tomondan, barcha 
amaliy faoliyat ham agar ilm-fan yutuqlariga asoslangan bo‘lsa yanada 
samarali bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida ham, amaliy faoliyat 
muhiti sifatida ham farqlaydilar, aslida ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. 
Amaliy faoliyat –bu ijtimoiy pedagogikaning aniq bir bola yoki bolalar guruhi 
bilan olib boradigan ishidir.
Ijtimoiy –pedagogik ish O‘zbekistonda davlat va jamoat tashkilotlari 
faoliyatida alohida o‘rinni egallaydi. Jamoat tashkilotlari, madaniyat, maorif, 
san’at muassasalari faoliyatiga tegishli bo‘lgan ma’naviy –ma’rifiy shakldagi 
ishlar ham shular jumlasiga kiradi. Ularning faoliyati targ‘ibot va tashkilot 


521 
ishlarining ko‘lamini kengaytiradi, o‘sayotgan avlod tarbiyasida yangi 
imkoniyatlar ochadi. 
Ma’naviy muassasalar yana bir muhim vazifa bajaradi. Gap odamlarning 
jamoa bo‘lib ma’naviy hayot kechirishni tashkil etish ustida bormoqda. Bu 
vazifa inson va jamiyatning bilish ehtiyojini qondirish, ularning faoliyatida 
uchraydigan hodisalarni, mehnatini, turmushini, bo‘sh vaqtini chuqur 
mushohada qilish bilan uzviy bog‘liqdir. 
Ijtimoiy pedagogika o‘quv fani sifatida ham oldinga chiqishi mumkin. O‘quv 
fani – bu umumta’lim yoki maxsus ta’lim muassasalalarida o‘rganiladigan 
predmetdir.
O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga 
ega – fan, ilmiy bilimlar sohasida maxsus amaliy faoliyat hamda o‘quv fani 
sifatida.
Qadim antik davrlardayoq bolani himoya qilish maqsadida o‘z ijtimoiy 
pedagogik tarbiyaga oid muammolarni oldinga surganlar.
Eramizdan avvalgi 7-6 asrlar Markaziy Osiyo hududida jahon dinlari orasida 
eng qadimgi din zardushtiylik dini hukmronlik qildi.
Bu din insoniyatga katta ta’sir qildi, yani insonni birinchi o‘ringa olib chiqdi. 
Zardushtiylarning muqaddas kitobi ―Avesto (olovga sig‘inish) o‘z erasining 
o‘ziga xos qomusiy asari deb hisoblash mumkin. Zardushtiy dinda axloqiy 
me’yorlar asosi (axloqiy mezonlar) uchlikka tayangan edi. ―Avestoda inson 
yaxshi fikrlarga ega bo‘lishi, faqat yaxshi so‘zlar va savobli ishlar qilishi lozim 
deb yozilgan.
Avestoning katta qismi bo‘lgan Yasnalarda inson kamolini ko‘rsatuvchi 
axloq – odob mezoni ana shu uchlikda humata (gumata) – yaxshi fikr, hukta 
(gukta) – yaxshi soz va hvarsha (gvarshta) – yaxshi ishlarda ifodalanadi. “Men 
yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men 
yaxshilikdan iborat qonunga shon-shavkat baxsh etaman”- deyiladi.
Avesto tadqiqotchisi A.O.Makovelskiy inson fikri, so‘zlari va ishlariga ikki 
qarama -qarshi kuch: Voxu Mana (Yezgu fikr) va Apo Mana (Yovuz fikr) 
ta’sir ko‘rsatadi deydi. Barcha fikrlar, so‘zlar va ishlar ichida aslida ezgulik va 


522 
yovuzlik yotadi. Yaxshi fikr deganda yaqin kishisiga mehribon bo‘lish, 
muhtojlarga ko‘maklashishga, yovo‘zlikka qarshi kurashishga tayyor turish, 
kishilarni baht-saodati uchun harakat qilish, ahillik va do‘stliq totuvlikda 
yashashga intilish ruhidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushunilgan. Inson 
o‘z fikri hayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi 
darg‘azab bo‘lmaydi va boshqa jihatlarga berilmaydi. Chunki bunday holatda 
inson yaxshi niyatni yo‘qotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojo‘ya 
harakatlar qiladi. Qadimgi davrlardanoq shunday insoniy hislatlar qadrlangan. 
Inson bilimlarga ega bo‘lishi (ya’ni kasb-hunarga ega bo‘lishi), adolatli 
bo‘lishi (ya’ni insoniy bo‘lishi), shunday axloqiy xususiyatlarga ega bo‘lishi 
lozim ediki, ya’ni mehribon, kamtarin, jasur, chiroyli nutqga ega, vatanparvar 
kuchli iroda, bilim sohibi bo‘lishi zarur edi.
Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy 
maqom, ijtimoiy xulq-atvorning me’yor va qoidalari haqidagi turli bilimlarni, 
jamiyatga kunikishiga yordam beruvchi turli ko‘nikma va malakalarni 
o‘zlashtiradi. Bu jarayon, ayniqsa, bolalikda juda jadal sur’atlar bilan amalga 
oshadi. Ma’lumki, bola besh yoshgacha uning keyingi hayotida uz aksini 
topuvchi nihoyatda ko‘p bilimlarni oladi. Bola ijtimoiylashuvining ajralib 
turuvchi xususiyati, uning jamiyat ilgari surayotgan yurish-turish me’yorlariga 
baho berishi va nazorat qilishining qiyinligidadir. U bularni faqat o‘zlashtirib 
boradi, shuning uchun qam bola shaxsining ijtimoiylashuv jarayonida ota-
onalar, qarindoshlar, ular bilan ishlayotgan mutaxassislarning (psixolog, 
shifokor, pedagog va shu kabilar) ta’siri katta bo‘lib, bolalarni hayotda zarur 
ijtimoiy bilimlarni ertaroq va yaxshiroq o‘zlashtirishlari, ularni hayotda 
qullashga intilishlari aynan ularga bog‘liqdir. Buning ijtimoiy pedagogika 
bilan bog‘liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim muassasida ta’lim olish 
jarayonida bola, avvalo, akademik bilimlarni o‘zlashtiradi. Biroq shu bilan bir 
vaqtda unda muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko‘nikma va malakalar 
shakllanadi. Bu bilim, ko‘nikma va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida – 
bolaga maxsus yordam kerak bo‘lganda – juda zarur buladi. Bolaning 
ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni unga yetkazish, 
ijtimoiy kunikma va malakalarni shakllantirish bilim deyiladi. Shu bilan 
birga, “tarbiya” tushunchasining mazmuni amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu 
tushuncha 
pedagogik 
faoliyatning 
vazifa 
va 
maqsadlariga 
asosiy 


523 
yondashuvlarni belgilaydi. Boshqa tomondan, tarbiya ijtimoiy hayotning 
doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning ijtimoiy qamrovi uning 
lugaviy ma’nosidan ancha kengdir. Shuni hisobga olib, ijtimoiy tarbiyani 
insonning 
qobiliyati, 
bilimi, 
qadriyatlar, 

yashayotgan 
jamiyatga 
munosabatidan 
iborat 
imkoniyatlarini 
obyekti 
rivojlanish 
tarixi
rivojlantirishga yordam beruvchi, maxsus tarbiya tashkilotlarida amalga 
oshiriladigan jarayon sifatida ko‘rib chiqish lozim. Boshqa suzlar bilan 
ifodalaydigan bo‘lsaq ijtimoiy tarbiyaning maqsadi insonni ijobiy 
rivojlanishga qaratilgan sharoitlar yaratish jarayoniga yo‘naltirishdir. Bu 
sharoitlar individual va guruhiy subyektlarning uchta o‘zaro bog‘liq va shu 
paytning o‘zida mazmuni, shakli va usuli jihatidan nisbatan mustaqil bo‘lgan 
jarayonlarni qamrab oladi: bolalar, o‘smirlar, o‘spirinlar ijtimoiy tajribasini 
tashkil qilish, ularning ta’lim olishlarini ta’minlash hamda ularga individual 
yordam ko‘rsatish. Ijtimoiy tajribani tashkil qilish guruh(jamoa)larning 
maishiy va hayotiy faoliyatini tashkil qilish, guruzdagi o‘zo‘zini boshqarish 
faoliyatini rag‘batlantirish va norasmiy mikroguruhlarga ta’sir etish orqali 
amalga oshiriladi. Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko‘nikma va malakalar, 
bilim va fikrlash usullari, yurish-turish me’yori va stereotiplari, qadriyatlar, 
odamlar bilan munosabatga kirishish tajribasi, moslashish tajribasi, 
shuningdeq o‘zo‘zini anglash, o‘ziga ishonch, o‘z ijtimoiy xayot yulini 
belgilash va shu yo‘ldan borish tushuniladi. Ta’lim o‘z ichiga quyidagilarni 
oladi: uzluksiz tizimli ta’lim (rasmiy ta’lim), madaniyatni targ‘ib qilish va 
tarqatish, o‘z-o‘zini shakllantirishga va mustaqil ta’lim olishga yo‘naltirish. 
Individual yordam insonga muammolarni hal qilishda, o‘zo‘zini 
rivojlantirishda, jamiyatdagi mavqyeini, o‘rnini yuksaltirishda namoyon 
bo‘ladi. Individual yordam boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur 
bo‘lgan bilim, malakalarni o‘zlashtirishda insonga ongli yordam berish, uning 
o‘z qadrini bilishi, o‘z-o‘zini anglashi hamda unda oila, guruh va jamiyatga 
mansublik hissini rivojlantirishdir. Tabiiyki, ijtimoiy tajriba ta’lim va 
individual yordamning usul, shakl, mazmun, tavsifi va jadalligi bevosita 
tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va ularning qaysi 
ijtimoiy madaniy sohdga mansubligiga bog‘liq. Bu jihatlar turli ta’lim 
muassasalari va tashkilotlarida farkdanib, bu farq tashkilot turiga, unda 
faoliyat yuritadigan pedagoglarning amalga oshirayotgan ishlariga bog‘liq. 
Ijtimoiy tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabat shu jarayonning subyektlari 


524 
orasidagi axborot, faoliyat usullari va qadriyatlar almashinuvidir. Bunday 
munosabat ijtimoiy jiqatdan tabaqalashgan, alohida ko‘rinishga ega. Chunki 
o‘zaro munosabatning aniq ishtirokchilari muayyan etniq ijtimoiy va ijtimoiy 
psixologik guruhlar vakili bo‘la turib, o‘z munosabatlarida u yoki bu darajada 
ular mansub guruxdarga tegishli ijtimoiy xulqni amalga oshirishadi. Umuman 
olganda, o‘zaro munosabat tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning 
birgalikdagi faoliyati, bu faoliyatning mazmuni, xarakteri, tarbiyaviy 
samaradorligi, faoliyat ishtirokchilari va ular o‘zlarini qay darajada shaxs deb 
qisoblashlariga bog‘liq. O‘zaro munosabat jarayonida amalga oshirilayotgan 
ijtimoiy tarbiya insonning ijobiy ijtimoiy, ma’naviy bilim va ko‘nikmalarni 
o‘zlashtirishda qulay sharoitlar yaratadi.
XIX asrda Yevropa va Shimoliy Amerikada bo‘lib utgan ijtimoiy-madaniy 
jarayonlar nafaqat ijtimoiy pedagogika, balki “ijtimoiy ish” deb nomlangan 
ijtimoiy faoliyat sohasining paydo bo‘lishini ta’minladi. G‘arbiy Yevropa 
davlatlarida, ayniqsa, Germaniyada XX asr davomida ijtimoiy pedagogika 
bilan bir qatorda, ijtimoiy ish ham amaliy faoliyat sohasi sifatida rivojlandi. 
Biroq ijtimoiy pedagoglar va ijtimoiy xodimlarning kasbiy faoliyatlarida ko‘p 
umumiy jihatlar mavjud bo‘lganligi sababli, bu tushunchalar bir kayebni 
anglatuvchi sinonim suzlar sifatida foydalaniladi. Bu mutaxassislar jamiyatda 
tarbiyaviy, axborot, hamkorliq tashkiliy, himoya, qullab-quvvatlovchi 
vazifalarni bajarishadi. Bu toifa xodimlarning paydo bulishi aholining 
himoyalanmagan qatlamlariga ijtimoiy yordam bera oladigan mutaxassislarga 
eqtiyojtug‘ilgani bilan bog‘liq. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishning 
rivojlanish tarixi juda yaqin. A vvalambor, ularni insonlarga munosabatning 
tarixiy-madaniy an’analari birlashtiradi. Bundan tash qari, “meqribonlik”, 
“xayriya”, “yordam” tushunchalarining ham ijtimoiy pedagogikada, ham 
ijtimoiy ishda qullanishi tasodif emas. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ish 
amaliy faoliyatining yaqinligi, bu ikki hamkasblar toifasini kengaytirish, 
ularning maqsadlarini yaqinlashuviga va birbirlarini to‘ldirishlariga olib 
keladi. Turli davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida, masalan, bolalar 
bog‘chalari va maktablarda, hozirda ham ijtimoiy xodimlar va ijtimoiy 
pedagoglar birgalikda ish olib borishlari mumkin. Biroq ularning har biri o‘z 
maqsadlari 
va 
vazifalariga 
ega. 
Ijtimoiy 
xodimlar 
va 
ijtimoiy 
pedagoglarlarning farqlari quyidagilarda namoyon buladi. Bilim sohasiga 


525 
ko‘ra: ijtimoiy pedagogika-pedagogikadan, ijtimoiy ish esa sotsiologiyadan. 
Amaliy faoliyatga kura ijtimoiy pedagoglar uz faoliyatlarida pedagog 
faoliyatining nazariy va metodik www.ziyouz.com kutubxonasi asoslariga 
suyansalar, ijtimoiy xodimlar, asosan, ijtimoiy nazariya va texnologiyalardan 
foydalanadilar. Bu ikki soha shuningdeq faoliyat obyekti bo‘yicha ham 
farqlanadi. Ijtimoiy ish obyekti insonning barqaror faoliyat yuritishiga xalaqit 
beruvchi muammolarga ega sh axsdir^ Muammolar har bir insonda butun 
hayoti davomida yuzaga kelib, ular psixologiq tibbiy, huquqiy, moddiy 
bulishi, yoki insonga bog‘liq bulmagan tashqi omillar (kasallik va boshqa)ga 
bog‘liq bulishi ham mumkin. Bu holda ijtimoiy ish obyekti uz muammolarini 
mustaqil hal qilishga kuchi yetmaydigan va kasbiy yordamga muhtoj bulgan 
inson buladi. Shunday qilib, ijtimoiy ish obyekti hayoti davomida ijtimoiy 
yordamga mu>sgoj bulgan insondir. Ijtimoiy pedagogika obyekti esa bolaning 
ijtimoiy subyektga aylanishiga kerak bo‘ladigan yordamdir. Ijtimoiy xodim 
yordam ko‘rsatayotgan inson mijoz deyiladi. Ijtimoiy pedagogikada, odatda, 
“go‘dak”, “bola” so‘zlari ishlatiladi. "Ijtimoiy ish” – insonlarning bir-biriga 
insoniy munosabatining namoyon bo‘lishini bildiruvchi ibora. U hali qadim 
zamonlardayoq insonning diniy burchi, ekgiyojmandlarga insoniy xizmatlar 
tizimi sifatida paydo bulgan. Biroq faqatgina bizning asrimizga kelib ijtimoiy 
ish butun dunyoda maxsus tayyorgarlikni talab qiluvchi kasb sifatida tan 
olinmoqda. Ijtimoiy faoliyat insonning jamiyatga muvaffaqiyatli moslashuvini 
osonlashtirishga qaratilgan tizimli choratadbirlardir. U mehribonlik va shunga 
o‘xshash faoliyat doirasida nafaqat kundalik muammolarni, balki ehtiyoj larni 
qondirishga to‘siq bo‘ladigan muammolarni hal qilishga ham yordam berishi 
bilan ajralib turadi. Davlat va jamoatchilik qo‘llab-quvvatlaydigan tashkilotlar 
(tijorat va notijorat) tomonidan ko‘rsatiladigan yordam eng samaralidir. 
Ijtimoiy yordam ko‘rsatish jamiyatning yuqori madaniyati va taraqqiy 
etganligidan dalolat beradi. U butun aqolining hamdardligiga sabab bo‘ladi. 
Shuning uchun bu kasb egalari ancha obro‘-e’tiborga egadirlar. Biroq ijtimoiy 
xodimlarning maoshi butun dunyo miqyosida yuqori emas. Ex^imol, ijtimoiy 
tashkilotlarga ishga kiruvchilar sonining ham ko‘p emasligi sababi ham 
shundadir. Ijtimoiy xodim ishini ham aqloqiy burch, ham kasb desak bo‘ladi. 
Shu o‘rinda: “Ijtimoiy xodim o‘zi nima bilan shug‘ullanadi?” degan savol 
tug‘ilishi tabiiy. Ijtimoiy ishning uziga xosligini tushunishda asosiy omil 1917 
yilda Meri Richmondning “Ijtimoiy suhbat” kitobining chop etilishi bo‘ldi. Bu 


526 
mumtoz asarda “Yaxshi ijtimoiy xodim odamlarni kambag‘allikdan halos etish 
bilan shug‘ullanmaydi, u kambag‘allikni umuman bartaraf etish uchun nima 
qilish hakddao‘ylaydi”, – deb yozilgan. Ijtimoiy ishda M. Richmonddan keyin 
izlanish, tashhis, davolash paradigmasi asosiy bo‘ldi. Ijtimoiy ishni 
metodologik asoslashga bag‘ishlangan ilk yirik asarlardan birida I. Karpf 
(1931 yil) ijtimoiy ish o‘z rivojlanishida tayanishi lozim bo‘lgan fanlarni 
alohida ko‘rsatib o‘tgan: biologiya, iqtisod, tibbiyot, psixiatriya, sotsiologiya, 
statistika, antropologiya, pedagogika, ijtimoiy psixologiya. Shundan buyon bu 
ro‘yxat deyarli o‘zgarmadi. Amaliy ijtimoiy xodim atamasi 1970 yildan buyon 
qo‘llanilmokda Avvallari bu ishga turli ta’riflar berilgan: metodologiya nuqtai 
nazaridan mijoz, guruh bilan ishlash, yo‘naltirilganlik nuqtai nazaridan 
bolalarni ijtimoiy ta’minlash, oilaviy xizmatlar, tibbiy ijtimoiy ish, axloq 
tuzatish muassasalarida psixiatrik ishlar, kambag‘allar, nogironlar, akli ojizlar, 
aroqxo‘rlar bilan ishlash. Bunaqa tor ixtisoslashgan yondashuvlar bilan birga 
nisbatan keng qarashlar shakllandi. Ijtimoiy ishchilar keng doiradagi 
muammolar bilan to‘qnash keladilar. Bu muammolarga aroqxo‘rliq mulkchilik 
huquqdarining buzilishi, bolalarga yomon munosabat, oiladagi nizolar, ruhiy 
va jismoniy kasalliklar, bezoriliq jamiyatdan ajralib qolish kabilarni kiritish 
mumkin. Muammolarni bunday tasniflash mutaxassisga ularni yanada 
chuqurroqo‘rganish imkonini beradi. Hozirda amaliy ish sohalari quyidagilar 
hisoblanadi: oila, bolalarga yordam berish, sog‘liqni sakrash, turli kasb egalari 
bilan ijtimoiy ish olib borish, qariyalar, ta’lim va axloq tuzatish muassasalari. 
Bu ixtisoslashuvga berilgan eng keng ta’rifdir. Ixtisoslashuv ijtimoiy 
xodimdan o‘z sohasida undan yordam so‘rab murojaat qilgan aholi toifalari 
haqida zaruriy bilimlarga ega bo‘lishini talab qiladi. XX asrning 70-yillarida 
tizimli yoki yaxlit yondashuv yetakchi yondashuvga aylandi. Unga muvofiq 
ijtimoiy xodimlardan bir sohaga ixtisoslashuv, moslashuv, universalliq turli 
usullarni uyg‘unlashtira olish talab qilina boshlandi. Pedagogik va sosiologik 
nazariyalarning ahamiyati oshdi. Ijtimoiy ish sohasidagi tor ixtisosliklarning 
kupayishi bilan, ularning birlashishga bulgan zarurat orta boshladi: metodik 
madaniyat, ijtimoiy ishlarning aniq texnologiyasiga ehtiyoj tug‘ildi. Tizimli 
yondashuv yordamida ijtimoiy xodimlar bir vaqtning o‘zida bir qancha inson 
muammolarini hal qilishni amalga oshirish malakasiga ega bo‘ldi. Butun 
dunyoda ijtimoiy xodimlarni tayyorlashga jiddiy yondashilmoqda. Unda milliy 
ta’lim tizimlarining uziga xos xususiyatlari aks etadi. U turli davlatlarda, ya’ni 


527 
Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Norvegiya, Daniya, Shvesariya va 
Yaponiyada uziga xos xususiyatlari bilan farqqiladi. Zamonaviy ijtimoiy 
pedagogika jiddiy ilmiy asosga tayanadi. Ijtimoiy ishga oid barcha bilimlar 
shu sohaga oid ishlangan va boshqa sohalardan o‘zlashtirilgan bilimlarning 
yig‘indisidan iborat. Ijtimoiy ish falsafa, etika, huquqshunosliq sotsiologiya, 
psixologiya fanlariga oid bilimlarga asoslanadi. Ijtimoiy xodimlar shaxs, 
ijtimoiy guru^larning xulq-atvori, oila muammolari, hokimiyat, qo‘shnichilik 
va ijtimoiy hayot, ijtimoiylashtirish, submadaniyat, ijtimoiy tabaqalanish, 
murakkab tuzilmalar, turli madaniy tizimlarning turlarini psixologiya va 
sotsiologiyadan olganlar. Mijozlar va guruxdar bilan amaliy ish olib borish 
metodikasi esa pedagogika, psixologiya va tibbiyot fanlari ta’siri ostida 
shakllanadi. Bugungi kunda ijtimoiy ish ilmiy asoslangan bulishi lozimligi 
talab qilinmokda, shuning uchun ham bu kasb bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy 
tadqiqotlarning nufuzi borgan sari ortib bormokda. Maxsus konferensiyalar 
tashkil qilinib, ularda nazariyani amaliyotda yana samarali qullash masalalari 
muhokama qilinmoqda. Xalqaro darajada ilg‘or yutuqdarning almash inuvi 
ijtimoiy pedagogikaning dinam ik rivojlanishini ta’minlashi mumkin. Tarbiya 
ijtimoiy institut sifatida uz tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: oilaviy, diniy, 
ijtimoiy, korreksion tarbiya majmuasi; ijtimoiy rollar yigindisi; tarbiyachilar, 
tarbiyalanuvchilar, oila a’zolari, din arboblari, mintaqaviy, xududiy tarbiya 
tashkilotlari rahbarlari, jinoiy va totalitar guruhlar yetakchilari; turli xildagi 
tarbiya muassasalari; ijobiy va salbiy sanksiyalar yig‘indisi; tarbiyachilarning 
ta’lim va professional tayyorgarligi darajasi. Tarbiya ijtimoiy institut sifatida 
ijtimoiy hayotda muayyan vazifalarga ega bo‘lib, uning eng umumiy vazifalari 
quyidagilardir:
– jamiyat a’zolarida bir maqsad sari qaratilgan dunyoqarashni shakllantirish 
va ular tomonidan tarbiya jarayonida amalga oshirilishi mumkin bulgan bir 
qator ehtiyojlarning qondirilishi uchun sharoitlar yaratish;
– jamiyatda faoliyat yuritish va uni rivojlantirishga qodir bulgan kadrlarni 
tayyorlash;
– ijtimoiy hayot barqarorligini madaniyatni avlodlarga meros qoldirish orqali 
ta’minlash;


528 
– o‘zgaruvchan ijtimoiy holatlarga jamiyat a’zolarini moslashishini 
ta’minlash;
– jamiyat a’zolarining intilishlari, maqsadlarining birlashishini va ijtimoiy, 
kasbiy, etnokonfessial guruxdar manfaatlarining uygunlashuvini ta’minlash.
Ijtimoiy pedagogning bu yo‘nalishlarga bog‘liq asosiy faoliyati zamonaviy 
tarbiya tamoyillari asosida quriladi. Tarbiya tamoyillari tarbiyani amalga 
oshirish qoidalari bo‘lib, ular asosida nazariyalar ishlab chiqiladi va 
tarbiyaning shakl metod va vositalari amalga oshiriladi.
Tarbiyaning insonparvarlik tamoyili. Tarbiyani insonparvarlashtirish zarurati 
haqidagi g‘oya chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning asarlarida uz 
ifodasini topgan bo‘lib. XVIII asrdan boshlab u turli davlat pedagoglarining 
tadqiqot obyektiga aylangan. Bu g‘oya XVIII ayerda fransuz mutafakkiri Jan 
Jak Russo va rus pedagogi J1. Tolstoyning erkin tarbiya nazariyalarida, XX 
ayerda insonparvarlik psixologiyasida va insonparvarlik pedagogikasida ham 
uz aksini topgan. Ijtimoiy pedagogika nuqgai nazaridan insonparvarlashuv 
tamoyili pedagogning o‘z tarbiyalanuvchisiga, uning rivojlanish jarayonida, 
mas’uliyatli va mustaqil subyektga nisbatan munosabatda bo‘lishini ko‘zda 
tutadi. Tarbiyaning insonparvarlashuv tamoyilini amalga oshirish bolalar, 
o‘smirlar, yoshlarning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bu tamoyilning amalga oshirilishi natijasida: 
– tarbiya ijtimoiylashuv obyekti bo‘lmish inson qay darajada g‘ayri ijtimoiy 
qadriyatlarni emas, balki ijobiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirishini 
anig‘utydi;
– tarbiya inson o‘zini ijtimoiylashuv subyekti sifatida his qilishi, uz 
subyektivligining namoyon qilishi va taraqqiy etishi uchun sharoit yaratadi;
– tarbiya inson uchun jamiyatga moslashuv darajasini ishlab chiqishga 
imkoniyat yaratadi; 
– tarbiya insonni turli yosh bosqichlarida turli xavflar bilan to‘qnash 
kelishiga yo‘l quymasligi yoki insonning ijtimoiylash uv qurboniga aylanishi 
ehtimolini kamaytirishi mumkin. Tarbiyaning insonparvarlashuv tamoyilini 
amalga oshirish tarbiyalanuvchida refleksiya va uz-uzini tartibga solishni 


529 
rivojlantirishga, uning tashqi olam bilan munosabatlarini shakllanishiga, 
g‘urur hissining oshishiga, jamiyatda demokratik va gumanistik munosabatlar 
tashuvchisi insonning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yanada kengroq 
ma’noda, insonparvarlashuv tamoyilining amalga oshishi insonlar orasidagi 
aloqalarning yaxshilanishiga hamda ijtimoiy taraqqiyot uchun kurashda 
insonlarning birlashishiga yordam beradi.
Tarbiyaning tabiat bilan uyg‘unligi tamoyili. Tarbiyaning tabiat bilan 
uyg‘unligi qaqidagi g‘oya antik davrlarda paydo bulgan va bizgacha 
Demokrit, Aflotun, Arastu asarlari orqali yetib kelgan. Tarbiyaning tabiat bilan 
uygunligi haqidagi tamoyilni XVII ayerda Yan Amos Komenskiy ta’riflagan 
va u XVIII – XIX asrlarda pedagogikada keng rivojlangan. XX ayerda tabiat 
va inson haqidagi fanlarning rivojlanishi tarbiyaning tabiat bilan uygunligi 
tamoyilini ancha boyitdi. Bunda rus olimi V. I. Vernadskiy tomonidan 
noosfera haqidagi ta’limotning yaratilishi ham muhim rol o‘ynadi. Noosfera – 
rivojlanishning shunday bosqichini aks etadigan tushunchaki, u bosqichda 
insonning ongli faoliyati global muammolarning paydo bulishi va hal 
etilishiga ta’sir qiladi. Tarbiyaning tabiat bilan uyg‘unligi tamoyili tabiiy va 
ijtimoiy jarayonlarning o‘zaro aloqasini ilmiy tushunishni, inson va tabiat 
taraqqiyoti rivojlanishning umumiy krnunlariga mos kelishini, insonning yoshi 
va jinsini hisobga olgan holda tarbiyalashni, shuningdeq uni uz rivojlanishiga 
o‘zini javobgar etib tarbiyalashni va noosferaning kelajakdagi taraqqiyotini 
shakllantirish uchun mas’ul ekanligini nazarda tutadi. Yuqoridagilarga 
asoslangan holda, tarbiyaning tabiat bilan uyg‘unligi tamoyiliga ko‘ra, inson:
– o‘zini borliqning bir bo‘lagi, deb his qilishini;
– ro‘y berayotgan planetar jarayonlarni va undagi mavjud global 
muammolarni tushunishini; 
– o‘zida noosfera uchun mas’uliyatni his qilishini;
– o‘zini noosferani yaratgan subyekt sifatida bilishi hamda tabiat, planeta va 
biosferaga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirilishi kerakligini ko‘zda 
tutadi.
Tarbiyaning madaniyatga muvofiqlik tamoyili. Tarbiya madaniylashuvining 
zaruriyati g‘oyasi ingliz pedagogi Jon Lok (XVIII asr), fransuz mutafakkiri 


530 
Klod Gelvesiy (XVIII asr) va shvesariyalik pedagog Iogann Pestalossi 
asarlarida o‘z aksini topgan. XIX asrda nemis pedagogi Fridrix Disterverg 
tomonidan berilgan ta’rifga ko‘ra, tarbiyaning madaniyatga muvofiklik 
tamoyili madaniyatning umuminsoniy qadriyatlar asoslanishi, u yoki bu milliy 
madaniyatlarning kadriyatlariga va me’yorlarga mos ravishda bunyod 
etilishini nazarda tutadi. Tarbiyaning madaniyatga muvofiqlik tamoyili o‘z 
oldiga bolalar va o‘smirlarga xalq hamda jamiyat madaniyatining turli 
yo‘nalishlari, ularning uziga xos xususiyatlarini o‘rgatishni maqsad qilib 
quyadi. Bunda madaniyatning maishiy, jismoniy, ma’naviy, aqliy, moddiy, 
iqtisodiy, siyosiy, axloqiy yo‘nalishlari nazarda tutiladi. Tarbiyaning 
madaniylashuv tamoyilining amalga oshirilishi umuminsoniy tavsifdagi 
madaniy qadriyatlarning turli jamiyatlarda farklanishi sababli qiyinchiliklarga 
duch kelmoqda. Bizning davlatimizda shahar va qishloq aholisi o‘rtasida, 
shaharda esa turli ijtimoiy-kasbiy guruxlar orasida farqlar mavjud. Shu bilan 
bir vaqtda turli madaniyat va submadaniyatlardagi qadriyatlar o‘rtasidagi 
muvozanatni saqlash tarbiya samaradorligining asosiy shartlaridan biridir.
Tarbiyaning variativligi tamoyili. Ijtimoiy tarbiyaning variativligi shaxs 
ehtiyojlarining xilma-xilligi bilan belgilanadi. Tarbiya variativligi tamoyili 
insonning mintaqaviy va lokal darajada umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, 
etnik xususiyatlar, shuningdeq mintaqaviy munisipial va lokal sharoitlarni 
inobatga olib, shaxsiy, yosh, differensial va individual yondashuvlar asosida 
ma’naviy qadriyat jihatidan tarbiyalashni amalga oshirishda muhim o‘rin 
tutadi. Ijtimoiy tarbiyaning variativligi tamoyilining ta’riflash imkoniyati va 
zarurati XX asrning 80-yillari oxiridan boshlab ro‘y bergan ijtimoiy-siyosiy 
o‘zgarishlar sababli vujudga keldi (A. G. Asmolov). Bu o‘zgarishlarni 
insonning jamoaviy guruhlar hamda jamiyatning yosh va ijtimoiy guruhlari 
maqsadlari bilan bir qatorda, individual maqsadlarini tan olishi, ta’limning 
etnik xususiyatlar va mintaqaviy sharoitlarga mos qilib isloh qilish uchun 
sharoitlar yaratilishi kabilar bilan izohlash mumkin. Ijtimoiy tarbiyaning 
variativligi tamoyilini amalga oshirish uchun quyidagilar zarur:
– turli yoshdagi shaxslarning manfaatlari va ehtiyojlarini, turli etnik 
qatlamlarning 
ijtimoiy-kasbiy 
talablarini, 
hududiy 
va 
mintaqaviy 
tashkilotlarning 
ehtiyojlarini 
qondirish 
uchun 
turli 
xildagi 
tarbiya 
muassasalarini tashkil etish;


531 
– ijtimoiy tarbiyaning mintaqaviy va hududiy tizimlarini tashkil etish;
– mahalliy tarbiya tizimlarini tashkil qilish;
– inson tomonidan o‘zining rivojlanish strategiyalari, hayotiy va kasbiy 
yo‘llarini tanlashdagi imkoniyatlarini kengaytirish uchun sharoitlar yaratish.
Ijtimoiy tarbiyaning jamoaviyligi tamoyili. Bolaning ijtimoiylashuvi 
mikroomillar ta’sirida, tengdoshlari va kattalar (oila, qo‘shnilar, mikrojamiyat, 
tarbiya tashkilotlari) bilan o‘zaro munosabatlarida ro‘y beradi. Ijtimoiy tarbiya 
bir tomondan, jamoalarda amalga oshirilsa, boshqa tomondan, bolalar va 
o‘smirlarni jamoa hayotiga obyektiv zarurat sifatida kiritib boradi. Jamoa 
tarbiyaning eng muhim vositasi ekanligi haqidagi g‘oya juda qadimda paydo 
bulgan. Uning nazariy asoslari XIX asrdan boshlab, pedagogik nuqtai 
nazardan, jadallik bilan ishlab chiqilgan. Jamiyatning hozirgi rivojlanish 
bosqichida real hayotdagi inson ijtimoiylashuvi muammolari va insonning 
o‘zgarib turuvchi dunyoga kirishi, jamoaviylik tamoyilini ijtimoiy tarbiyaning 
yetakchi tashkiliy asosi, deb hisoblashga zamin yaratadi. Jamoaviylik 
tamoyilining zamonaviy ta’rifiga kura ijtimoiy tarbiya turli jamoalarda amalga 
oshirilib, insonga hayot tajribasi, umuman olganda esa, jamiyatga ko‘nikish 
tajribasini qo‘lga kiritish imkonini beradi.
Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyat tamoyili. Tarbiyachi va 
tarbiyalanuvchi orasidagi suhbatning zarurligi g‘oyasi qadimgi Elladada paydo 
bo‘lib, o‘rta asrlar ta’lim metodlarida, keyinchalik esa bir qator 
pedagoglarining asarlarida o‘ziga xos rivojlanishga erishdi. So‘nggi o‘n 
yilliklarda tarbiyaga subyekt-obyekt jarayoni sifatida qarash, keyinchalik esa 
bu yondashuvni pedagogik amaliyotda tarqatish bu tamoyilni pedagogika 
uchun nihoyatda muhim tamoyilga aylanishiga olib keldi. Ijtimoiy tarbiyaning 
birgalikdagi faoliyat tamoyiliga ko‘ra bolalar, o‘spirinlar, o‘smirlarning 
ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishi tarbiyachi va tarbiyalanuvchi orasidagi 
qadriyatlar (aqiy, ijtimoiy) almashuvi jarayonida amalga oshiriladi. Bular: 
– dunyo madaniyatlari va aniq bir jamiyatda ishlab chiqilgan qadriyatlar;
– ijtimoiy tarbiya subyektlariga xos bo‘lgan qadriyatlar;


532 
– tarbiya tashkilotlarining muayyan a’zosiga xos bulgan qadriyatlar. Ijtimoiy 
tarbiyaning birgalikdagi faoliyat tamoyili tarbiyachi va tarbiyalanuvchining 
tengligini taqozo etmaydi. Bu hol yoshdagi tafovutlar, hayotiy tajribaning bir 
xil emasligi, ijtimoiy rollarning assimmetrialligi bilan izoutnadi. Birgalikdagi 
faoliyat tamoyilida birinchi o‘rinda tenglik emas, balki o‘zaro hurmat va 
sofdillik turadi.
Tarbiyaning davomiyligi tamoyili. Bu tamoyil ijtimoiylashuvning merosiylik 
tavsifidan 
kelib 
chiqadi. 
Tarbiyaning 
davomiyligi 
tamoyili 
inson 
rivojlanishining har bir bosqichini individual va ijtimoiy qadriyat, deb biladi. 
Bu tamoyilga kura, har bir bola yoki o‘smirning ijtimoiy rivojlanishida doimo 
davomiy va tugallanmaydigan jihatlar mavjud buladi. Chunki bolalar dunyo va 
uzi bilan o‘zaro munosabatda bo‘la turib, doimo o‘zlarining innovatik 
xususiyatlarini saqlab qolishadi (Masalan, J1. Tolstoy o‘z hayoti davomida 
unda beshta inson o‘zgargan, deb hisoblaydi). Tarbiyaning davomiyligi 
tamoyiliga kura uni shunday tashkil qilish kerakki, har bir yosh bosqichida 
inson "qayta shakllanish” imkoniyatiga ega bo‘lsin. Sanab o‘tilgan tarbiya 
tamoyillarini inobatga olinishi va ularning ta’minlanishini ijtimoiy pedagogik 
faoliyatda ijobiy natijaga erishishning shartlaridan biri, deb hisoblash mumkin.
Ijtimoiylashuv omillari va vositalari 
"Ijtimoiylashuv” so‘zi dastlab siyosiy iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U 
siyosiy iqtisodiyotda yer va ishlab chiqarish vositalarining umumlashuvi 
ma’nosini anglatgan. "Ijtimoiylashuv” atamasini birinchi bo‘lib amerikalik 
sosiolog F. G. Keddings insonlarga nisbatan qo‘llagan. U "Ijtimoiylashuv 
nazariyasi” (1987) kitobida hozirgiga yaqin ma’noda "ijtimoiy tabiat yoki 
individ xarakterini rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotgatayyorlashdir” degan 
fikrni bildiradi. XX asr o‘rtalarida ijtimoiylashuv inson rivojlanishini butun 
umri mobaynida o‘rganuvchi hamda fanlararo boglanuvchi mustaqil ilmiy 
sohaga aylandi. Ijtimoiylashuvning turli konsepsiyalarini ta,hlil qilish uni, 
shartli ravishda, ikki asosiy yondashuvga ajratish imkonini beradi: – 
subyektiv-obyektiv. Unda insonga jamiyat ta’sirining sust iste’molchisi 


533 
sifatida qaraladi (E. Dyurkgeym, T. Parsons); – subyektiv-subyektiv. Bunda 
ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol o‘rni, uning hayotiy holatlarga ta’sir 
etish qobiliyati nazarda tutiladi. Jamiyat va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini 
tushunishning hozirgi talablariga ikkinchi yondashuv ko‘proq mos keladi, 
chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv insonning madaniyatni o‘zlashtirish 
jarayonidagi rivojlanishi va o‘zgarishi bilan belgilanadi. Ijtimoiylashuv 
jarayoni. Bolaning ijtimoiylashuvi, xususan, insonning ijtimoiy moslashuvi 
uning bilishga bulgan obyektiv ehtiyoji jarayonida paydo buladi. Biroq bu
bilan uzviy ravishda bolada boshqa bir obyektiv ehtiyoj – o‘ziga xoslikni 
namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli 
usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning 
individuallashuvi ro‘y beradi. Shaxsning faqat o‘ziga tegishli bulgan ijtimoiy 
ahamiyatga ega xislatlari individual tarzda namoyon buladi, uning ijtimoiy 
xulq-atvori esa takrorlanmas jihatlarga ega buladi. Bolaning ijtimoiy 
rivojlanishi o‘zaro bog‘liq bulgan ikki yo‘nalishda olib boriladi: moslashuv 
(ijtimoiy madaniy tajriba, madaniyatni o‘zlashtirish) va individuallashuv 
(mustaqilliq nisbatan uziga xoslikka ega bo‘lish). Shunday qilib ijtimoiylashuv 
tushunchasi 
zamonaviy 
fanda 
inson 
shaxsining 
moslashuvi 
va 
individuallashuvi jarayonlarini o‘zaro bog‘laydi. Inson (bola)ning aniq bir 
jamiyat 
sharoitlariga 
moslashuvi 
yoki 
undan 
ajralib 
chiqishi 
(individuallashuvi) ijtimoiylashuv jarayonining mazmunini tashkil qiladi. 
Moslashish subyekt va ijtimoiy muhitning o‘zaro faol yaqinlashuv jarayoni va 
natijasidir. (J. PiaJe, R. Mertoj). Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muqit 
talablariga insonning munosabat bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv 
(moslashuv) individning ijtimoiy mavjudotga aylanish jarayoni va natijasidir.
Bolaning sotsiumda rivojlanishi 
Individuallashuv insonning obyektiv ehtiyojlar bilan bogliq hrlda jamiyatda 
ma’lum darajada alohidalikka intilishi bo‘lib, uning yoshligidayoq o‘z-o‘zini 
namoyon qilishga bo‘lgan harakatlarida paydo bo‘ladi. Bu ehtiyoj kuyidagicha 
namoyon bo‘ladi: a) o‘z qarashlariga ega bo‘lish; b) o‘ziga xosliklarga ega 
bo‘lish; v) o‘ziga tegishli bo‘lgan masalalarni o‘zi hal qilish; g) o‘z mavqyeini 
aniqab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish. Agar sh 
axsning jamiyatga kirish ida moslash uv va individuallashuv jarayonlari 
o‘rtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi ro‘y beradi. 


534 
Shu bilan birga, bunday hollarda shaxs va muhitning o‘zaro ta’sir etishi ham 
sodir bo‘ladi. Shunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va 
individuallashuv o‘rtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi 
mumkin. Bu jarayon uch asosiy sohada amalga oshadi:
1. Faoliyat turlarining kengayishi, uning shakl va vositalarini qo‘lga kiritish, 
erkin mo‘ljal olish.
2. Muloqot doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-
atvor me’yorlarini o‘zlashtirish.
3. Shaxsiy "Men” obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida 
shakllantirish, uz ijtimoiy mansubligi va o‘rnini anglash, o‘ziga baho berishni 
shakllantirish. Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga 
xos bulgan universal vositalar orqali amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar 
kiradi: go‘dakni emizish va g‘amxo‘rlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik 
yurish-turish qoidalari, insonni o‘rab turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, 
ma’naviy madaniyat unsurlari (alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli 
va mazmuni, oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning qayotiy 
faoliyatidagi ko‘p sonli munosabatlari: muloqot, o‘yinlar, ma’naviy-amaliy 
faoliyat, sport bilan shug‘ullanish. ha r bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh 
ijobiy va salbiy, rasmiy va norasmiy qarorlar, ta’qiqlashlar, ruxeat berish, 
majburlash kabi chora-tadbirlarni ishlab chiqadi. Bu choralar yordamida inson 
xulq-atvori 
shu jamiyatda qabul qilingan me’yoriy qadriyatlarga 
moslashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari: muloqot 
(otaonalar, tengdoshlar va boshqalar bilan) hamda faoliyat (o‘yin, o‘qish, ijod, 
sport). Psixologik-pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga 
xilma-xil faoliyat turlari mos kelishi anikutangan. Bolaning barqaror 
rivojlanish ining eng muhim shartlaridan biri muloqotdir.
Muloqot va faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi yosh davrlari 
qo‘llaniladi: 1) go‘daklik davri – bevosita hissiy-ruhiy; 2) go‘daklikdan 
keyingi davr – predmetli faoliyat; 3) maktabgacha davr – rolli o‘yinlar; 4) ilk 
maktab davri – o‘quv faoliyati; 5) o‘smirlik davri – kasb ta’limi faoliyati; 6) 
o‘spirinlik davri – shaxsiy muloqot faoliyati.


535 
Insonning voyaga yetishida va shakllanishi jarayonida u bilan bevosita 
munosabatda bo‘lgan kishilar muhim o‘rin tutadilar. Ularni ijtimoiy 
pedagogikaga oid adabiyotlarda “ijtimoiylashuv agentlari’1 deb hrm 
nomlanadi. Turli yosh davrlarida agentlarning tarkibi turlicha buladi. Bolalar 
va o‘smirlar uchun ota-ona, aka-uka, opa-singillar, qarindoshlari, tengdoshlari, 
qo‘shnilar agent bo‘lishlari mumkin. Yoshlik davriga kelib, agentlar qatoriga 
turmush 
o‘rtog‘i 
va 
hamkasblari 
ham 
qushilishlari 
mumkin. 
Ijtimoiylashuvdagi tutgan o‘rniga, inson uchun ahamiyatiga qarab agentlar 
faol ta’sir etuvchi va faol ta’sir ko‘rsatmaydigan agentlarga farqlanadi. 
Ijtimoiylashuv mexanizmlari. Insonning ijtimoiylashuvi turli omillar, agentlar 
bilan hamkorlikda va bir qator mexanizmlar asosida amalga oshadi. Fransuz 
olimi Gabriel Tard, amerikalik Uri Bronfenbrener, rus olimlaridan V. S. 
Muxina 
va 
A. 
V. 
Petrovskiylarning 
tadqiqotlarida 
ijtimoiylashuv 
mexanizmlariga turlicha yondashuvlar keltiriladi.
Mavjud ma’lumotlarning umumlashtirilishi quyidagi mexanizmlarni alohida 
ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. I. P. Podlasыy tasnifi bo‘yicha, 
ijtimoiylashuv mexanizmlari quyidagilardan iborat:
1. Bostirish mexanizmi. Uning mazmuni muayyan g‘oya, fikr, xohish, 
istaklarni ongdan chiqarib tashlashdan iborat. Bu mexanizmningtashqi va ichki 
turlari mavjud. Ichki mexanizm ham o‘z o‘rnida ixtiyoriy va g‘ayri ixtiyoriyga 
bulinadi. G‘ayriixtiyoriy mexanizm unutishdir. Ixtiyoriy bostirish mexanizmi 
iroda kuchi bilan amalga oshiriladi. Tashqi bostirish mexanizmi tarbiyaning 
kengtarqalgan usulidir.
2. Ajratish mexanizmi. Bu mexanizm ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida 
inson uzi uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bog‘liq. Ajratish 
mexanizmi, odatda, nizolarni hal qilishda kuzatiladi. O‘z-o‘zini cheklash 
mexanizmi. Bu mexanizm ijtimoiylashuv jarayonida muhim o‘rin tutadi. Agar 
tarbiyalanuvchiga 
uning 
yutuqlari 
do‘stlarinikidan 
ko‘ra 
ahamiyatsizroqtuyulsa, uning uziga nisbatan hurmati pasayadi, yomon o‘qiy 
boshlaydi. Bu esa uning o‘z “Men”ini cheklab qo‘yishi va qiyinchiliklar oldida 
ojiz qolishi, demakdir. Ba’zi hollarda o‘z-o‘zini cheklash mexanizmini 
qo‘llashni oqlasa bo‘ladi. Chunki bu holatda moslashuv sodir bo‘lishi 
mumkin. Biroquzoq muddatli o‘z-o‘zini cheklash o‘z-o‘ziga baho berishning 


536 
pasayishiga olib keladi. Oqibatda bola o‘z salohiyatini bilmay turib, ilk 
muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng boshlagan ishini tashlab qo‘yib, oqimga qarab 
suza boshlaydi;
3. Loyihalash mexanizmi. Bu mexanizmining mohiyatini o‘z kamchiliklarini 
boshqalarga tegishli, deb hisoblash tashkil qiladi. O‘ziga yoki boshqalarga 
qarshi krratilgan salbiy hissiyotlar yordamida inson o‘ziga bo‘lgan hurmatni 
saqlab qoladi. Shubhali inson boshqalardan gumonsiraydi, xudbin hammani 
xudbin deb hisoblaydi.
4. Identifikasiyalash mezanizni. Bu mexanizm ijtimoiylashuvning yana bir 
asosiy mexanizmidir. Identifikasiya jarayonida tarbiyalanuvchi xayolan o‘zini 
o‘rtoqlari bilan qiyoslaydi. Identifikasiya obyekti nafaqat real insonlar, balki 
tasavvurlardagi insonlar ham bo‘lishi mumkin. Identifikasiyaning to‘liq, 
qisman, ongli, ongsiz turlari mavjud. Identifikasiya mexanizimi introyeksiya 
mexanizimi bilan juda bog‘liq. Bunda boshqalarning xislatlari, go‘yoki 
“ketma-ket terilganday” maxsus o‘zgartirilmagan holda bola ongida 
o‘zlashtirib olinadi. Garchi bu mexanizm xayolan amalga oshirilsada, uning 
natijalarini anglab olish unchalik murakkab emas.
5. Empatiya mexanizmi. Bu mexanizm boshqa odamning hissiy holatiga 
hamdard bo‘lish. Bu mexanizm hissiyotga boy shaxslarning ijtimoiylashuvida 
muhim ahamiyatga ega. Intellektuallashuv mexanizmida katta yoshdagi 
tarbiyalanuvchi abstrakt fikrlay boshlaydi va vaziyatdan chiqib ketish yo‘lini 
o‘zi uchun emas, go‘yoki boshqa odam uchun qidiriyotgandek tuyuladi. Bu 
mexanizm tarbiyalanuvchi hayotiy muhim muammolarga (kasalliq boshqa 
maktabga o‘tish, institutga kirish) duchor bo‘lganda namoyon bo‘ladi.
6. Harakatlarni bekor qilish mexanizmi. Bu mexanizm fikr, xissiyot, 
harakatlarni susaytirish uchun qo‘llaniladi. Tarbiyalanuvchi kechirim 
so‘raganida, uning xatolarining kechirilishi va sof vijdon bilan faoliyatini 
davom ettirishiga ishonadi. Ko‘pchilik shu tarzda komillikka erishadi.
I. V. Mudrikning fikricha, psixologik va ijtimoiy psixologik mexanizmlarga 
quyidagilarni kiritish mumkin: Imprinting (xotirada saqlab qolish) – insonning 
unga ta’sir qiladigan hayotiy muhim obyektlarni eslab qolishi. Bu mexanizm, 
odatda, go‘daklik davrida ko‘p qo‘llaniladi. Biroq keyingi yosh davrlarida ham 


537 
imprintingni kuzatish im iz mumkin. www.ziyouz.com kutubxonasi 
Eksiztensial bosim mexanizmi – tilni o‘zlashtirish va o‘zaro munosabatga 
kirishganda kerak bo‘ladigan ijtimoiy xulqatvor me’yorlariga anglamagan 
holda ega bo‘lish. Tavdvd – biror-bir “namuna”ga o‘xshash uchun harakat 
qilish. Bu holat insonning ijtimoiy tajriba tuplashining ixtiyoriy va asosan 
ixtiyorsiz yo‘llaridan biridir. Refleksiya mexanizmi – ichki suhbat. Unda inson 
jamiyatning turli institutlari, oila, tengdoshlar jamoasi, obro‘-e’tiborli 
shaxslarga xos xususiyatlarga baho beradi, ularni ko‘rib chiqadi yoki inkor 
etadi. Refleksiya insonning turli “Men” obrazlari orasidagi real va xayoliy 
shaxslarning ichki suhbatidir. Bu mexanizm yordamida insonning shakllanishi 
ro‘y beradi. Bundan tashqari, ijtimoiylashuvning ijtimoiy pedagogik 
mexanizmlariga an’anaviy va institusional mexanizmlari i ham kiritsa buladi: 
An’anaviy mexanizm inson tomonidan oila, atrof-muhit, qo‘shnilar, 
o‘rtoqariga xos me’yor, qarash steriotiplarini o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi. Bu 
o‘zlashtirish ongsiz ravishda amalga oshirilib, taassurotlar yordamida sodir 
buladi.
Institusional mexanizm insonning jamiyat institutlari va turli tashkilotlar 
bilan o‘zaro munosabati jarayonida kuzatiladi. Bu jarayonda inson turli bilim 
va tajribalarni tuplashi mumkin. Ijtimoiylashuv omillari. Ijtimoiylashuv 
bolalar, o‘smirlar, yoshlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko‘p sonli shart-
sharoitlar bilan o‘zaro munosabat jarayonida yuzaga keladi. Insonga ta’sir 
qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Hozircha ularning hammasi ham 
aniqanmagan bo‘lib, ular haqidagi bilimlar yetarli emas.
Ijtimoiylashuvning omillari ikki guruhga bo‘linadi: tashqi va ichki. Tashqi 
omillarga quyidagilar kiradi: Megaomillar (mega-eng katta) – kosmos, yer 
shari va planetar jarayonlar. Makroomillarga (makro-katta) – davlat, xalq, 
jamiyat, shuningdeq bularga demografiq ijtimoiy, siyosiy, ekologiq ya’ni 
yerning barcha aqolisining ijtimoiylashuviga ta’sir ko‘rsatadigan omillar 
kiritiladi. Mezoomillar (mezo-o‘rta) – hudud va yashash joyidagi ommaviy 
aloqa tarmoqlari, u yoki bu submadaniyatga tegishliligiga ko‘ra ajratilgan 
guruhlarning ijtimoiylashuvining shart-sharoitlari. Mezoomillar etnik 
qurilmalarni shakllantirish jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga hamda shu 
hududning OAVlariga ta’sir qiladi. Mikroomillar, ya’ni muayyan shaxslarga 


538 
ta’sir qiluvchi omillar bo‘lib, bunga oila, qo‘shnilar, tengdoshlar guruhlari, 
tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlar kiradi.
Shaxs tug‘ilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sosium yoki mikrososium 
deyiladi. Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari, ichki biologik omillar ham 
mavjud. Ularni bir-biridan mustaqil o‘rganishning iloji yo‘q. Shu sababli 
zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida 
biologik va ijtimoiy omillar, ularning o‘zaro munosabati kuzatiladi. Biologik 
omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarni aniqlaydi. 
Irsiyat 
deganda 
ota-onalardan 
bolalarga turli belgi, o‘xshashliq 
xususiyatlarning utishi tushuniladi. Irsiyatga kura, bolaga ota-onasidan inson 
organizmi, asab tizimi, miya va his-tuyg‘u organlari, shuningdeq qomat 
tuzilishi, soch, teri rangi o‘tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib 
turuvchi tashhi omillar hisoblanadi. Shuningdeq irsiyat bo‘yicha nerv 
faoliyatini rivojlantiradigan nerv xususiyatlari ham o‘tishi mumkin. Irsiyat 
bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror-bir faoliyat sohasida muayyan 
qobiliyatlarining shakllanishini ko‘zda tutadi.
Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, qobiliyat insonning tabiiy xususiyati bo‘la 
olmaydi. Bola qobiliyatlarining namoyon bulishi uning hayoti, ta’lim-tarbiya 
jarayonlariga bog‘liq. Ota-onadan bolaga o‘tuvchi bir qator kasalliklar mavjud. 
Masalan: qon kasalliklari, shizofreniya, epilepsiya, daun kasalligi va 
boshqalar. Bu kasalliklarni ginetika fani o‘rganadi. Ma’lumki, bola 
rivojlanishiga ekologik muhit, atmosfera va suv xavzalarining ifloslanishi kabi 
tashqi omillar ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida jismoniy 
nuqsonli tug‘ilayotgan bolalar soni borgan sari ko‘paymoqda. Bunday 
bolalarning boshqalar bilan muloqotga kirishishi va faoliyat yuritishi 
nihoyatda og‘ir kechadi. Shu sababli ular uchun o‘qitishning yangi metodlari 
joriy qilinmoqda. Bu metodlar ularning akushy rivojlanishda tengdoshlariga 
yetishishlari uchun yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus 
pedagoglar shug‘ullanadilar. Bu bolalar o‘z tengqurlari bilan muloqotga 
kirishganlarida jiddiy muammolarga duch kelishadi. Bu esa ularning jamiyatga 
integrasiyalashuvlarini ma’lum darajada qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham 
bunday bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning asosiy maqsadi 
bolaga tashqi olam bilan aloqa qilish kanallarini ochishdir.


539 
Ijtimoiy omillar. Insonning biologik mavjudotdan ijtimoiy subyektga 
aylanishi uning ijtimoiylashuvi jamiyatga integrasiyasi natijasida sodir buladi. 
Bu jarayon shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari asosida shakllanadi 
gan qadriyat, ijtimoiy me’yor hamda xul q-atvor namunasi orqali amalga 
oshiriladi. Ijtimoiylashuv insonning bugun hayoti davomida kechadigan ko‘p 
qirrali jarayondir. U, ayniqsa, bolalik va yoshlik davrlarida nihoyatda jadallik 
bilan kechadi. Chunki shaxs tomonidan aynan bolalik davrida asosiy ijtimoiy 
me’yorlar o‘zlashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvida sosium muhim ahamiyatga 
ega. Bu ijtimoiy muhitni bola asta-sekinlik bilan o‘alashtiradi. Agar bola 
tug‘ilgandan keyin, asosan, oilada rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi turli 
muhitlar maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, maktabdan tashqari 
tarbiya muassasalari, turli ko‘ngilochar maskanlarda kechadi. Bola o‘sib 
borgan sari, uning ijtimoiy muhiti “hududi” kengayib boradi. Bola qanchalik 
ko‘p muhitlarni o‘zlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini egallashga 
harakat qiladi. Bola doimo uzi uchun qulay bulgan, uni yaxshi tushunadigan 
va unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan muhitni izlashga urinadi. 
Shuning uchun u bir muqitdan boshqa muhitga ko‘chib yurishi mumkin. Muhit 
bolaning ijtimoiylashuv jarayoni va ijtimoiy tajriba to‘plashida muhim 
ahamiyatga ega. Muhit tushunchasi turli fan vakillari sosiologlar, psixaloglar, 
pedagoglarning urganish obyekti hisoblanadi. Ular muhitning bunyodkorlik 
salohiyati va bola shakllanishi, rivojlanishidagi ta’sirini o‘rganadilar. 
Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o‘rni.
Ijtimoiy pedagogikada jamiyat, ijtimoiy muhit, avvalambor, bolaning yangi 
muhitga integrasiyalashuvi nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Bunda inson va unga 
ta’sir kdluvchi tashqi omillarning jamiyatdagi o‘zaro munosabati hamkorlik 
tavsifi ega ekanligi muhimdir. Muhit inson kirib borishi, o‘zini qulay sezishi 
uchun qayerda joylashganini bilishi yetarli bulgan kucha, uy va shu kabi 
narsalar emas. Balki muhit bu alohida o‘zaro munosabatlar tizimi va qoidalari 
bilan tavsiflanadigan inson jamoalari hamdir. Shuning uchun ham inson 
muhitga yangilik kiritadi, muayyan darajada ta’sir kdladi, o‘zgartiradi va uz 
o‘rnida muhit ham insonning oldiga uz talablarini qo‘yadi. U insonni, uning 
xatti-harakatlarini qabul qilishi qam, inkor qilishi ham mumkin. Muqitning 
insonga munosabatini insonning yurish-turishi, uning talablariga qanchalik 
javob berishiga qarab anikdasa buladi. Insonning xulq-atvori uning jamiyatda 


540 
tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Inson jamiyatda bir vaqtning o‘zida bir qancha 
mavqyelarni egallashi mumkin. Masalan, ayol ham rafiqa, ham ona, ham ustoz 
mavqyelarini egallashi mumkin. Har bir mavqye insonga muayyan talablarni 
qo‘yadi va, shu bilan birga, unga bir qancha huquqlarni beradi.
Insonning 
jamiyatdagi 
muayyan 
huquq 
va 
majburiyatlari 
bilan 
tavsiflanadigan mavqyei ijtimoiy maqom deyiladi. Insonning ijtimoiy 
maqomiga millati, tug‘ilgan joyi, familiyasi va boshqa omillar ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin. Bunday maqomlar, odatda, tug‘ma maqom deyiladi. 
Boshqalari esa inson jamiyatda nimalarga mustakdl erishganligiga qarab 
belgilanadi. Masalan, ijtimoiy pedagog maqomiga shu sohadagi kasb 
tayyorlovchi o‘quv muassasasida ta’lim olgan va bu soha bo‘yicha diplomga 
ega bulgan shaxs erishishi mumkin. Yuqoridagi maqomni qulga kiritilgan 
maqom desaq adashmagan bo‘lamiz. Maqom insonning jamiyatdagi xulq-
atvorini muayyan vaziyatlarda o‘zini shu maqomdagilar holatiga ko‘ra 
belgilaydi. Atrofdagilar u shaxsdan nima kutishlari xam muhimdir. Shuning 
uchun inson maqomi bilan belgilanadi gan xulq-atvor ijtimoiy rol deyiladi. 
Turli ijtimoiy rollarni o‘zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonining ajralmas 
kdsmi hisoblanadi. Uning murakkablik jihati shundaki, jamiyatda faqat 
jamiyat tomonidan ma’qullanadigan maqomlar bo‘lmasdan, balki ijtimoiy 
me’yor va qadriyatlarga mos kelmaydigan maqomlar ham mavjud. Shuning 
uchun bola shakllanish va rivojlanish jarayonida ham ijobiy, ham salbiy 
rollarni o‘zlashtirishi mumkin.
Ijobiy rollarga, avvalo, oila a’zosining rolini kiritsak buladi. Oilada bola 
bunday rollarning bir nechtasini o‘zlashtiradi: o‘g‘il yoki qiz, aka yoki opa, 
jiyan, nabira, shuningdeq bobokalonlari bilan ham tanishishi mumkin. Bola uz 
rivojlanishi davomida o‘zlashtiradigan yana bir muhim rol – jamoa a’zosi 
rolidir. Bola bog‘cha yoki maktabda, sport to‘garagida tengqurlari bilan 
muomala qilganida jamoa a’zosi, o‘rtoq, o‘quvchi, yetakchi kabi rollarni 
o‘zlashtiradi. Bundan tashqari, har bir inson iste’molchi rolini bajaradi. Chunki 
u hayoti mobaynida zarur bo‘lgan narsalarga doim ehtiyoj sezadi. Bular: 
ovqat, kiyim-kechaq kitob va boshqalar. Jamiyat insonga takdim etgan 
xizmatlardan oqilona foydalana olishni bola yoshligidayoqo‘zlashtirishi lozim. 
Yana bir muhim ijtimoiy rol o‘z Vatani fuqarosi bo‘lish, uni sevish, u bilan 
faxrlanish, vatanparvar bo‘lish bilan bog‘liqsir. Shu bilan birga, bola 


541 
o‘zlashtirishi mumkin bo‘lgan boshqa rollar ham bor. Masalan, mutaxassis 
roli. Uni bola maktab, akademik lisey va kasb-xunar kollejlarida o‘zlashtiradi.
Salbiy rollarga daydi, tilanchi, muttaham rollarini misol qilsak bo‘ladi. Katta 
shahar ko‘chalarida, savdo do‘konlari bozor, jamoa transportlarida tilanchi 
bolalarni ham uchratishimiz mumkin. Ular bu rollarga ko‘nikishgan. O‘tgan 
qaytganlardan mohirlik bilan pul undirib olishadi. Ular orasida o‘g‘rilik bilan 
shug‘ullanadiganlari ham uchraydi. Ba’zi hollarda bo‘lsa, ularni bu ishga 
kattalar undashadi. Bolaning xulq-atvor mexanizmlarini o‘zlashtirishi uning 
ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqiyatli moslashuvini ta’minlaydi. “Ijtimoiy 
moslashuv” deganda shaxsning ijtimoiy muxit sharoitlariga ko‘nikishi 
tushuniladi. Ijtimoiylashuv tushunchasini fanga kiritgan Maks Veberg uni 
muammolarni yechishga qaratilgan harakat, inson xulq-atvorining taxminiy 
variantlarini subyektiv anglash sifatida ta’riflagan. Umuman olganda, 
ijtimoiylashuv uzluksiz jarayon bo‘lib, bunda inson doimo jamiyat bilan 
munosabatda bo‘ladi. Tarbiya tor ma’noda esa diskret (uzlukli) jarayondir. 
Chunki u muayyan tashkilotlarda amalga oshirilib, zamon va makonda 
cheklangan buladi. Tarbiya pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biridir. 
Shunga qaramay, xanuzgacha tarbiyaning umume’tirof etilgan ta’rifi mavjud 
emas. Bunga uning ko‘p ma’noliligini ijtimoiy hodisa, faoliyat, jarayon, 
qadriyat, tizim, ta’sir, o‘zaro munosabat sifatida ko‘rilishi mumkinligini sabab 
kdlib ko‘rsatsak buladi. Bu tushunchalarning hyech qaysi biri tarbiya 
mazmunini alohida olgan qolatda to‘liq ochib bera olmaydi. Quyida 
tarbiyaning ijtimoiylashuvga nisbatan ijtimoiy nazorat qilinuvchi jarayonga 
xos bo‘lgan umumiyligini o‘zida aks ettirishga harakat qilgan ta’rifi 
keltirilgan. Biroq unda oilaviy, diniy, ijtimoiy tarbiyaning xususiyatlari 
inobatga olinmagan.
A.V.Mudrik quyidagi ta’rifni ilgari suradi: Tarbiya – insonning jamiyatga 
ko‘nikishiga ko‘maklashuvchi va bu ko‘nikish sodir etiladigan guruh va 
tashkilotlarning xususiyatlariga mos keluvchi sharoitlar yaratuvchi insonning 
ongli rivojlanishi. Bu ta’rifni ham to‘liq va butunlay to‘g‘ri, deb bo‘lmaydi. 
Unda muallifning nuqtai nazari o‘z aksini topgan. Tarbiya ijtimoiy omillarni 
insonga ta’sir ko‘rsatishining tarkibiy qismi bo‘lish bilan birga, o‘z 
xususiyatlariga ham ega. Bu jarayon boshqalaridan farkdi ravishda, doimo bir 
maqsad sari yo‘naltirilgan va bu faoliyat maxsus tayyorlangan odamlar 


542 
tomonidan amalga oshiriladi. Tarbiya jarayonida bola ijtimoiylashuviga ta’sir 
qiluvchi boshqa omillar: muhit, OAVlari, madaniyatlar inobatga olinadi. Biroq 
shuni esda tutish lozimki, tarbiya boshqa ijtimoiy omillar ichida o‘z o‘rniga 
ega bo‘lib, boshqa omillarningo‘rnini na to‘liqto‘ldira oladi, na bekor qila 
oladi.
Tarbiyaning bola rivojlanishiga ta’siri vaqt o‘tgan sari o‘zgaradi. Bola 
qanchalik kichik bo‘lsa, tarbiya uning shakllanishiga shunchalik ko‘p ta’sir 
ko‘rsatadi. Vaqt o‘tgani sayin tarbiyaning bola shakllanishidagi hissasi 
kamayib boradi. Bu vaqtda bolaning u yoki bu ijtimoiy qadriyatni tanlashdagi 
mustaqilligi ortadi. Borgan sari tashqi tarbiyaviy omillarning ta’siri kamayadi. 
Biroq boshqa bir jarayon – o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni rivojlana boshlaydi. 
Bolaning uz shaxsini mukammallashtirish, o‘z-o‘zini rivojlantirish bo‘yicha 
mustaqil faoliyatini anglashi ortadi. Ma’lumki, o‘z-o‘zini tarbiyalashga eqtiyoj 
shaxs rivojining eng yuksak shakli hisoblanadi. Bizning modelga binoan, 
insonning o‘z-o‘zini tarbiyalashi ehrom bunyod etish bilan barobardir. 
Shuning uchun o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni bir umrga cho‘ziladi. Tarbiya, 
o‘z-o‘zini tarbiyalash va boshqa ijtimoiy omillarning (madaniy, diniy, tarixiy 
an’analar, OAVlari, maktab jamoasi, do‘stlar, bolalar bog‘chasi va boshqalar) 
o‘zaro ijobiy ta’siri natij asida bolaning jamiyatga integrasiyalashuvining 
tabiiy jarayoni sodir bo‘ladi. Ijtimoiy muhitning ta’siri qanchalik ahamiyatli va 
sermazmun bo‘lsa, bola unda shuncha erkin va mustaqil bo‘ladi.
Bolaning ijtimoiylashuvi uning jismoniy va ruhiy rivojlanishining 
xususiyatlari sababli murakkablashishi, yoki ijtimoiy me’yor va qadriyatlarni 
bola tom onidan o‘zlashtirilishida qandaydir sabablar tufayli muhitning salbiy 
ta’siri oqibatida noto‘g‘ri yo‘nalishda borishi mumkin. Buning natijasida bola 
me’yoriy ijtimoiy munosabatlardan chetda qolib, maxsus yordamga muhtoj 
bo‘lib qoladi. Bunday bolalarning ijtimoiylashuv jarayoni, avvalo, tarbiya 
orqali amalga oshiriladi. Biroq buning uchun har bir toifadagi bolalarning 
ijobiy jihatlarini faollashtiruvchi tarbiya metodlari va texnologiyalarini ishlab 
chiqish lozim. Umuman olganda, tarbiyachi va mutaxassislarning vazifasi 
qiyin vaziyatlarda turgan bolaning ijtimoiy moslashuviga qaratilgan bo‘lib, u 
jamiyatda qabul qilingan qonun va me’yorlarga faol ko‘nikishi yoki salbiy 
omillarning oqibatlarini yengishi kerak buladi. Agar ijtimoiy muhit 
sifatlarining shakllanmaganligi darajasi bolaga ijtimoiy muhitga ko‘nikishga 


543 
xalaqit beradigan darajada yuqori bo‘lsa, bolaning ijtimoiy moslasha olmaslik 
holati sodir bo‘ladi. Bunday qollarda bola tomonidan yo‘qotilgan ijtimoiy 
aloqalar va munosabatlarni tiklashga qaratilgan maxsus chora-tadbirlarni 
qo‘llash tavsiya etiladi. Shunday qilib, bolaning jamiyatda o‘sishi va 
rivojlanishi jarayonida uning ijtimoiylashuvi sodir buladi. Agar bu jarayon 
sodir bo‘lmasa, uning aksi – dezadaptasiya ro‘y beradi. Bunday qolatda esa 
bolaning ijtimoiy reabilitasiyasiga ehtiyoj tutiladi.
Odam bolasining rivojlanishi – bu muhim jarayon hisoblanadi. Shaxsning 
kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta’sir kuchi 
xamisha bir xil bo‘lavermaydi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri aniqlash va 
bexato baholash uchun uni turli munosabatlar doirasida, turli vaziyatlarda 
kuzatib ko‘rish lozim.
Pedagogikada "shaxs" tushunchasi "inson" tushunchasidan farqli o‘laroq, u 
insonning ijtimoiy xususiyatlarini anglatadi. Yangi jamiyat boshqa odamlar 
bilan muomalada bo‘lishi, munosabat o‘rnatish natijasida shakllanib boradigan 
sifatlarni bildiradi. Inson ruhiy xususiyatlarini rivojlanishi (aql, iroda, diqqat, 
harakat va hokazo), hayotda o‘z o‘rnini topa olishi, uning Vatan, xalqning 
ravnaqi yo‘lida og‘ishmay, e’tiqod bilan xizmat qilish, iymonli bo‘lishi, 
insonni shaxs darajasiga ko‘taradi. Bunday sifatlarning ro‘yobga chiqishi 
tarbiyaga bog‘liq bo‘ladi.
Fan faoliyatining bir sohasi u yangi obyektiv bilim va ko‘nikmalarni yaratadi. 
Inson rivojlanishi juda qiyin prosess. Rivojlanishi har qanday tirik organizmga 
shu jumladan insonga ham xosdir. Rivojlanish tashqi va ichki faktorlar ta’siri 
ostida bo‘ladi.
Tashqi faktorlarga: Insonni o‘rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit kiradi. 
Bolalarda ma’lum shaxsiy jihatlarni shakllashtirishga qaratilgan maqsadli 
yo‘naltirilgan faoliyat kiradi.
Ichki faktorlar: biologik faktorlar kiradi. Inson rivojlanishga ta’sir qiladigan 
faktorlar boshqariladigan va boshqarilmaydigan bo‘ladi. Bolaning rivojlanishi 
prosessida turli faoliyatlarga duch keladi: o‘yin, o‘qish, mehnat, sport va 
boshqalar, turli kishilar bilan muloqotda bo‘ladi ota-onasi, aka-ukasi, 
qarindoshlari do‘stlari va boshqalar bilan.


544 
Turli faoliyatlarda turli insonlar bilan muloqotga kirishish natijasida turli 
ijtimoiy ko‘nikmalar hosil bo‘la boshlaydi. Bolaning normal rivojlanishi 
uchun muloqotning ahamiyati juda kattadir. Bolaga global o‘y, ekologik 
faktorlar: suv, xavo ifloslanishi hozirgi kunga kelib ko‘r, soqov ya’ni nuqsonli 
bolalarning ko‘payishi kuzatilmoqda. Ekologik faktorlar natijasida tayanch 
apparat buzilishini, shizofreniya kon kasalliklari kabi kasalliklarga olib 
kelmoqda.
Lekin bolani ijtimoiylashtirishda prosessida bularni hammasini hisobga olish 
kerak ijtimoiiy faktorlarga: Mikro faktorlar, makro faktorlar, mezon faktorlar 
kiradi.
Bolaning rivojlanishida sosiumning ahamiyati juda kattadir. Bolaga eng 
yaqin bo‘lgan sosiumlar bular-oila turli xil guruhlar turli xil to‘garaklardir. 
Bola bir sosiumdan ikkinchisiga o‘tib yurishi mumkin. U faqatgina bu 
sosiumdan o‘ziga mos keladigan qulay sharoitni qidiradi va shu qidirish 
natijasida o‘ziga ijtimoiy malaka yetishtirib boradi, bu orttirgan malaka salbiy 
yoki ijobiy bo‘lishi mumkin.
Bolaning sosiumda rivojlanishiga ijtimoiy maqom shaxsining ta’siri juda 
katta bo‘ladi. Ijtimoiy maqom tug‘ma, orttirilgan bo‘ladi.
Tarbiya tarixiy vujudga kelgan ijtimoiy hodisa bo‘lib, keyin xulqni 
boshqarish va belgilash bir-birini talab etadigan va belgilaydigan tarkibiy 
qismlar - axloqiy ong, axloqiy faoliyat va axloqiy munosabatlarning murakkab 
yig‘indisidir. Individning sosiumga kirishi murakkab jarayon hisoblanadi. Bir 
tomondan, individga hamjamiyatlar a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatish imkonini 
beradigan muayyan qadriyatlar tizimini (normalar, namunalar, bilimlar, 
tasavvurlarni) o‘zlashtirib olishni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi tomandan, 
shaxsning o‘z ijtimoiy tajribasini orttirishi va o‘zini faol qaror toptirishini o‘z
ichiga oladi. 
Ijtimoiylashuvining samaradorligini (odamning ijtimoiy jarayonlarga to‘la-
to‘kis qo‘shilganligini) bildiruvchi eng muhim ko‘rsatkichlar ijtimoiy faollik 
va harakatchanlikdir. 
Ijtimoiy faollik –shaxsning ijtimoiy jarayonlarda ongli ravishda 
qatnashishi, ularga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatining muvjudligidir. 


545 
Totalitartizim sharoitida ijtimoiy tizimning har qanday joyida odam ijtimoiy 
jarayonlarga ta’sir ko‘rsata olmas, ularni o‘zgartirish yo‘lida ijtimoiy faollik 
ko‘rsata olmas edi. Bu hol odamning jamiyatdagi o‘z o‘rnini belgilab olishi 
jarayoni ko‘pincha uning real istaklari va intellektual qobiliyatlariga bog‘liq 
bo‘lmasligigaolib borar edi. Binobarin, shaxsning sosial roli uning ijtimoiy 
jarayonlar hamda ularni o‘zgartirish imkoniyatlari haqidagi tasavvurlariga 
adekvat emas edi. 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin