Modul VI. Ta’lim sifatini nazorat va baholashni tashkillashtiris-fayllar.org
Boʻlimlarga: • oliy ta’lim tashkiloti ta’lim oluvchilari bilimlarining davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va oʻquv dasturlariga muvofiqligini oʻrganib borish va tahlil qilish;
• ta’lim sifati monitoringini yuritish;
• oliy ta’lim tashkilotida ichki baholash jarayonini tashkil etish va oʻtkazish;
• professor-oʻqituvchilarning faoliyati samaradorligi boʻyicha reytingini shakllantirib borish;
• ichki baholash natijalarini va ta’lim sifatiga ta’sir etgan omillar toʻg‘risidagi ma’lumotlarni oliy ta’lim tashkiloti rektoriga hamda Ta’lim inspeksiyasiga taqdim etish vazifalari yuklanadi.
Ta’lim inspeksiyasiga shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarga quyidagi xizmatlarni koʻrsatish huquqi berilsin:
• ta’limga oid hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
• ta’lim sifatini ichki baholash tizimi, shu jumladan sifat menejmenti tizimini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va joriy qilishga koʻmaklashish;
• ilmiy-metodik va axborot-konsalting xizmatlarini koʻrsatish;
• ularning xodimlarini ta’lim sifatini ta’minlash masalalari boʻyicha malakasini oshirish;
• namunaviy test topshiriqlari asosida ta’lim oluvchilar oʻrtasida diagnostik test sinovlari oʻtkazish;
• oʻquv va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, jurnallar, axborotnomalar hamda boshqa adabiyotlarni tayyorlash, nashr etish va realizatsiya qilishni tashkil etish;
• qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa xizmatlar.
Quyidagilar Ta’lim inspeksiyasining byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi oʻrinlarda – Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilanadi:
• maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalariga, katta, yetakchi va bosh oʻqituvchi lavozimlariga talabgorlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazishda toʻlanadigan yig‘imlardan tushadigan mablag‘ning 50 foizi;
• nodavlat ta’lim tashkilotlari, xorijiy ta’lim muassasalari, oʻzini oʻzi moliyalashtiradigan davlat ta’lim muassasalari va ularning filiallarini attestatsiyadan oʻtkazganlik uchun undiriladigan yig‘imlar;
• xorijiy davlatlarda olingan ta’lim toʻg‘risidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatganlik uchun undiriladigan yig‘imlarning 50 foizi;
• ta’lim va fan sohasi tashkilotlari tomonidan beriladigan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyganlik uchun undiriladigan yig‘imlarning 30 foizi;
• ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berganlik uchun undiriladigan davlat bojining 50 foizi;
• ta’lim toʻg‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda undiriladigan jarima mablag‘larining 50 foizi;
• jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
• xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlar grantlari;
• Jamg‘armaning vaqtincha boʻsh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
• shartnoma asosida xizmat koʻrsatishdan tushgan daromadlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.