Modul VI. Ta’lim sifatini nazorat va baholashni tashkillashtirish


Test shakllari va ulardan foydalanish



Yüklə 209,58 Kb.
səhifə9/26
tarix22.12.2023
ölçüsü209,58 Kb.
#189245
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Modul VI. Ta’lim sifatini nazorat va baholashni tashkillashtiris-fayllar.org

Test shakllari va ulardan foydalanish.
Testning rivojlanish tarixi va uning ijobiy tomonlari Test (ingl. - sinov) birinchi marta 1864 yilda Buyuk Britaniyada J.Fisher tomonidan talabalarning bilim darajasini tekshirish uchun qoʻllanilgan. Test sinovlarining nazariy asoslarini keyinchalik ingliz psixologi F.Gamelton ishlab chiqdi. Test sinovlari dastlab psixologiya fani doirasida rivojlandi. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yoʻnalishlar bir-biridan mustaqil ajrala boshladi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta amerikalik psixolog e. Torndayk tomonidan yaratilgan. Psixologiya va pedagogikada test sinovlarining rivojlanishi matematik uslublar ham qoʻllashni taqozo qildi. Bunday uslublar oʻz navbatida testlarni ishlab chiqishga ijobiy ta`sir koʻrsatdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida test sinovlariga talabalarning oʻquv qobiliyatlarini baholash vositasi sifatida qarash ancha kuchaydi. Aynan shu davrdan boshlab test sinovlari ikki asosiy yoʻnalish: aqliy (intellektual) rivojlanish darajasini aniqlash testlarini yaratish va qoʻllash hamda talabalarning oʻqish qobiliyatlarini va bilimlarini baholashga moʻljallangan pedagogik testlarni yaratish va ulardan foydalanish sohalari rivojlana boshladi. Test tuzuvchilar turli odamlarda ta`sirga javob berish vaqti bir xil emasligini aniqladilar, bu esa odamlarning aqliy qobiliyatlarini oʻrganish zarurligi va turli darajadagi testlar yaratish usuli boʻyicha amaliy ishlar olib borish lozimligiga olib keladi.

Test sinovlarining asosiy maqsadi: ham oʻtilgan darslarni oʻzlashtirish darajasi toʻgʻrisida, ham navbatda oʻrganilishi lozim boʻlgan dars hajmi toʻgʻrisida oʻqituvchiga axborot berish; oʻqituvchiga oʻqitish uslubini tanlashda yordam berishdan iborat deb hisoblangan.




Talabalar bilimlarini baholashning turli usullarini tahlil etib, testlarni guruxlarga ajratishga ham urinib koʻrilgan. Ch.Grin (1926) oʻzining «Test novogo tipa» (Yangi turdagi test) nomli monografiyasida ilgari yaratilgan va ishlatib koʻrilgan testlarning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib quyidagi tavsiyalarni berdi [6]: test sinovlari uchun moʻljallangan material hajmini aniq belgilash va uning tarkibidagi eng muhim qismlarini ajratib olish; mazkur material uchun test sinovlarining eng maqbul shaklini tajriba yoʻli bilan aniqlash;talabalarning test sinovlari vaqtida javob berishlari oʻrtacha tezligi toʻgʻrisidagi amaliy ma`lumotlarni e`tiborga olgan holda, test sinovlarining davom etish vaqtini belgilash;test sinovlardagi fikrlarni bayon qilinish tilining toʻgʻri-ligini va mantiqqa muvofiqligini tekshirish topshiriqlarni murakkabligi ortib borish tartibida joylashtirish, toʻgʻri va notoʻgʻri javoblarning doim bir navbatda almashinishiga yoʻl qoʻymaslik.Ch.Rassel test sinovlarining natijalarini oʻrganishni davom ettirib, test sinovlarining maqsadi toʻgʻrisidagi savolga javob berishga erishdi. Rasselning fikricha, test sinovlarining maqsadi talabalarning bilimlarini baholash yoki ularning aqliy rivojlanishi darajasini aniqlash bilan cheklanmaydi va testlarni quyidagi hollarda: qaysi materialdan boshlab oʻrganish zarurligini ta`minlashda; talabalarni guruhlarga taqsimlashda; oʻqitish jarayonida sodir boʻladigan qiyinchiliklarni oldindan aniqlashda; shuningdek, mamlakatning turli hududlaridagi oʻquv yurtlarida muayyan yosh davridagi yoshdagi talabalarning yutuqlarini taqqoslashda qoʻllash mumkin.Shuni ta`kidlash lozimki, Amerika maktab direktorlari Assotsiatsiyasining test sinovi oʻtkazmasdan ta`lim berish mantiqsizlikdir, faqat testni qoʻllash natijasidagina nazoratdan ta`limga yoʻnaltirilgan qaytuvchan aloqa haqida fikr yuritish va soʻngra qanday yoʻnalishda harakat qilishni bilish mumkin, degan fikrlari ma`lumdir. Fransiya parlamenti 1989 yilda ta`limni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari haqida qonun qabul qildi. Unda xususan, talabalar bilimini xolisona baholash usuli boʻyicha oʻqituvchilar majburiy suratda tayyorgarlikdan oʻtishlari koʻzda tutiladi: Busiz 1992 yildan boshlab Fransiyada oʻqituvchilik qilishga ruxsat etilmaydi. Shunisi qiziqki, Fransiya toʻqson yillik test an`analariga ega boʻlgan davlatdir. Oʻtgan asrning 70-yillari oxirida Piterburgdagi Karnegi-Melon universitetining bir guruh sotsial-psixologlari AQShda test oʻtkazishning zamonaviy ahvolini oʻrganishga bagʻishlangan maxsus tadqiqot olib bordilar. Aslida, tadqiqotchilarning maqsadi oʻquv yurtlaridagi testlarni keng miqyosda qoʻllash sabablarini aniqlash edi. Bu tadqiqot natijasida quyidagilar aniqlandi: test sinovi Amerika hayotida chuqur ildiz otgan, hech kim Amerika ta’lim muassasalarida turli xildagi standartlashtirilgan test boʻyicha sinovdan oʻtmasdan, boshqacha yoʻl bilan bilim olishni davom ettira olmaydi, ishga joylashish, keyinchalik esa yuqori lavozimga koʻtarilish yoki malaka oshirish test bilan chambarchas bogʻlanib ketganligi alohida qayd qilindi. Tadqiqotda amerikaliklarni testlarga bu qadar moyilliklarining uchta sabablari keltirildi: a) inson omilidan imkon boricha samarali tarzda xizmat manfaatlari nuqtai nazaridan foydalanish; b) ijtimoiy kelib chiqishidan qat`iy nazar iste`dodlarni taqdirlashga intilish; v) amerikaliklarni milliy ta`lim standartlarni joriy etish uchun intilishlari. Inson erishgan yutuqlarni xolisona baholash uchun testlashtirishdan ommaviy suratda foydalanish, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda test sanoati va testlar bozorini vujudga keltirdi. AQShda toʻrt yuzdan ortiq markaz oʻzaro raqobat ostida turli-tuman testlarni ishlab chiqmoqdalar. Shuningdek, testlarni tuzish va ularni qoʻllash boʻyicha yaxshi mutaxassisliklar yuqori darajada qadr topganlar. 1992 yilda ular AQSHdagi eng nufuzli 20 ta faoliyat yoʻnalishlari roʻyxatida 8-oʻrinni egallaganlar. Oʻta qadrlanadigan tizimlar boʻyicha tahlil, marketing, sogʻliqni saqlash, ekologiya, oziq-ovqat maxsulotlarini taqsimlash va komp’yuter texnologiyasi ixtisosliklari esa, tegishli tarzda 15-20-oʻrinlarga joylashtirilgan. Sobiq Ittifoq davrida testlarga asoslangan fan pedalogiya deb yuritildi va testlardan foydalanishning dastlabki davrida jiddiy xatoliklarga hamda buzilishlarga yoʻl qoʻyildi.
Mustaqil Oʻzbekistonda MDH davlatlari ichida birinchi boʻlib, 1993 yildan testshunoslikdan foydalanishga keng yoʻl ochib berildi. Pedagogik testlar keng miqyosda, dastlab oʻrta ma`lumot yakunida, oliy oʻquv yurtiga kiruvchilarni qabul qilishda qoʻllanila boshlandi. Pedagogik testlarning zamonaviy nazariyasi pedagogika, psixologiya, mantiq, oʻlchovlar nazariyasi, matematik statistika, matematika, axborot nazariyasi; kibernetika va bir qator fanlarning tutash chegaralarida rivojlanmoqda. Shuningdek, testlar ilmiy asoslangan, eng ishonchli pedagogik oʻlchovlar quroli sifatida etirof etilmoqda. edagogik testlar insoniyat tafakkuri erishgan muvaffaqiyatlardan biri boʻlib, ta`lim jarayonining samaradorligini oshiradi. Shuning uchun ham kelajak avlod psixologik, pedagogik va kasbiy testlar me`yor boʻlib qolgan davrda yashab, faoliyat koʻrsatadilar. Pedagogik testlar bilimlarga baho berishning istiqbolli usuli hisoblanadi. Uning afzalliklari quyidagilardan iborat: test topshiriqlari oʻquv fanining asosiy mazmunini qamrab oladi (imtihon bileti oʻzida nazorat qilinadigan oʻquv materialining 4-5 foizini qamraydi xolos); hamma talabalar testning bir xil savollariga javob beradilar, bu ularning bilimlarini taqqoslashga imkon beradi; talabalar bilimiga haqqoniy baho berish mezoni oshadi; test nazoratida oldindan yaratilgan, hamma uchun bir xil boʻlgan shkala yordamida, talabalar bilimiga bir muncha aniq va tabaqalashgan baho qoʻyishga imkon beradi (reyting); oʻqituvchi talabalar bilimini nazorat qilishga kam vaqt sarflaydi; boshlangʻich darajasini va har qanday vaqt oraligʻida bilimlarni oshirish imkoniyatini oʻlchashga sharoit yaratiladi; test nazorati komp’terlashtirishga (avtomatlashtirishga) qulay. Bu pedagogik testlashning asosiy afzalliklaridan biridir. Oʻquv jarayonining takrorlanuvchanligi ham aynan shunda oʻz ifodasini topadi. Umuman olganda, test usuli birmuncha texnologik hisoblanadi. U bilimlarni oʻzlashtirish sifatini nazorat qilishda professor-oʻqituvchilar mehnat unumdorligini oshiradi va oʻquv dasturini chuqur va har tomonlama oʻzlashtirilishini ta`minlaydi. Pedagogik testlashning bu afzalliklari AQShda munosib baholangan. Abiturient (talabgor)larni universitet va kollejlarga test sinovi bilan qabul qilinadi. Pedagogik testlarni keng qoʻllash boʻyicha AQSh tajribasi Kanada, Yaponiya, Turkiya va boshqa koʻpgina mamlakatlarga yoyilgan.
Sifatli test topshiriqlarini tuzishning qiyinligi, testni keng joriy etishni murakkablashtiradi. Bu ish yuqori pedagogik malaka va tajriba talab etadi. SHuning uchun ham, AQShda testning yuqori sifatini ta`minlash uchun pedagogik testlashning maxsus xizmati (PTX) tashkil kilingan [2; 3.] Bu tashkilot test oʻtkazish amaliyotini umumlashtirish va ommalashtirish, standartlashtirilgan testlar yaratish, test oʻtkazishning yagona qoidalari va test ishlab chiqish usullarini takomillashtirish masalalari bilan shugʻullanadi.

Yüklə 209,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin