Modul VI. Ta’lim sifatini nazorat va baholashni tashkillashtirish


Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat



Yüklə 209,58 Kb.
səhifə12/26
tarix22.12.2023
ölçüsü209,58 Kb.
#189245
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Modul VI. Ta’lim sifatini nazorat va baholashni tashkillashtiris-fayllar.org

Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta oʻzlashtirish koʻnikmalariga ega boʻlishi;


  • kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlashi;


  • axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanishi;


  • an’anaviy oʻquv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy xujjatlar bilan ishlashi;


  • elektron oʻquv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlashi;


  • internet tarmog‘idan maqsadli foydalanishi;


  • berilgan topshiriq va vazifalarning ratsional yechimini topishi;


  • ma’lumotlar bazasini tahlil etishi;


  • ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta ishlashi;


  • topshiriq va vazifalarni bajarishda tizimli va ijodiy yondashishi;


  • ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g‘oyani asoslash va mutaxassislar jamoasida himoya qilish.




Talaba mustaqil ishini nazorat qilish tartibi
Talabalarning mustaqil ishini nazorat qilib borish kafedrada tuzilgan va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan maslahatlar jadvali asosida amalga oshiriladi. Talabalar mustaqil ishini nazorat qilish fan boʻyicha oʻquv mashg‘ulotlarini olib boruvchi professor-oʻqituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Talaba mustaqil ishi uchun oʻquv rejada ajratilgan vaqtga mos ravishda har bir fan boʻyicha tegishli kafedralarda mustaqil ishning tashkiliy shakllari, topshiriq variantlari ishlab chiqiladi va kafedra majlisida tasdiqlanadi. Mustaqil ishni bajarish uchun har bir fan boʻyicha talabalarga koʻrsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi hamda tarqatma material sifatida fan boʻyicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga etkaziladi
Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi jihatlarga e’tibor berish lozim:
    • oʻqish bosqichi, ya’ni talaba qaysi kursda oʻqiydi;


    • muayyan fanning oʻziga xos xususiyati va oʻzlashtirishdagi qiyinchilik darajasi;


    • talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi;


    • fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi;


    • talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi.


Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi oddiydan murakkabga qarab oʻzgarib borishi lozim. Ya’ni talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasi asta-sekin oshib borishi lozim.


Har bir fan boʻyicha talabaning mustaqil ishi soati oʻquv rejada koʻrsatilgan boʻlib, bu soatlar ishchi oʻquv dasturida mavzular boʻyicha taqsimlangan boʻlishi kerak. Agar biror bir fan bir necha semestr davom etsa, mustaqil ish soatlari ham semestr boʻyicha taqsimlanishi va bu oʻquv dasturida oʻz aksini topishi kerak.

Yüklə 209,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin