Modul VI. Ta’lim sifatini nazorat va baholashni tashkillashtiris-fayllar.org
Talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda muayyan fan (kurs)ning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik oʻzlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
-ayrim nazariy mavzularni oʻquv adabiyotlari yordamida mustaqil oʻzlashtirish;
-berilgan mavzu boʻyicha axborot (referat) tayyorlash;
-seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik koʻrish;
-laboratoriya ishlariga tayyorgarlik koʻrish;
-hisob-grafik ishlarini bajarish;
-kurs ishi loyihasini bajarish;
-malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash;
-nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash;
-amaliyotdagi mavjud muammolarning yyechimini topish;
-ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash;
-berilgan mavzu boʻyicha elektron variantlarni tayyorlash;
- uy vazifalarini bajarish va boshqalar.
Oʻqitilayotgan fanning xususiyatidan kelib chikib, talaba mustaqil ishini tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanish mumkin.
Ayrim nazariy mavzularni oʻquv adabiyotlari yordamida mustaqil oʻzlashtirish fanning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi oʻquv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda oʻzlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini koʻrsatish lozim. Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda oʻquv adabiyotlaridan, ilmiy adabiyotlardan va internet ma’lumotlaridan foydalanib ushbu mavzuga tayorlanib keladilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda oʻqituvchidan maslahat oladilar. Talabalarning tayyorlab kelgan mavzulari boʻyicha fan oʻqituvchisi savol-javob tarzida og‘zaki, yozma va boshqa usullardan foydalangan holda talabalarning bilimini baholaydi.