Talabaga biron mavzu boʻyicha ilmiy (referativ) xarakterdagi maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba oʻquv adabiyotlari, ilmiy-tatqiqot ishlari, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar toʻplaydi, tahlil qiladi va oʻz fikrlarini bayon qiladi. Bunda talaba oʻqituvchi bilan hamkorlikda ishlaydi.
Amaliyotdagi mavjud muammolar yechimini topish
Amaliyotdagi mavjud muammolar yechimini topishda: noorganik kimyo, umumiy va noorganik kimyo, kimyo fanlari fanlaridan amaliy mashg‘ulot turidan bajariladigan mustaqil ta’lim topshiriqlari amaliy mashg‘ulot olib boruvchi oʻqituvchi tomonidan ma’ruzachi fikrlarini inobatga olgan holda tuziladi hamda kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Talabaga berilgan topshiriqda mustaqil ishni bajarish boʻyicha dastlabki koʻrsatma va tavsiyalar qayd etiladi. Amaliyot oʻqituvchisi har bir mavzu doirasida har bir talaba uchun alohida topshiriqlar tuzadi. Mustaqil ta’lim topshiriqlarini topshirish muddati kafedra tomonidan semestr jadvalida belgilab qoʻyiladi. Variantlar soni va har bir topshiriqqa kiritilgan vazifalar soni talabaning guruh jurnalidagi tartib raqamiga mos holda tuziladi. Umumiy kimyo fanidan masalalar yechish chuqur nazariy bilim va mushohada qila olishni talab qiladigan juda murakkab, ijodiy jarayon hisoblanadi. Masala yechishning yagona yoʻli yoki usuli yoʻq. Har bir masala oʻziga xos boʻlgan usul bilan yechiladi va u tugallangan kichik bir ijodiy ish boʻlib hisoblanadi. Aytilganlarga koʻra quyida talabalar masala yechishida koʻmak berishi mumkin boʻlgan tavsiyalar ketma-ketligini keltiramiz:
-masalani yechishga kirishishdan avval masala shartining ma’nosini toʻg‘ri tushunib olish va uning asosida qanday fizik hodisa yoki qonuniyat yotganligin aniqlab olish lozim;
-masala shartida keltirilgan barcha kimyoviy kattaliklarni ustun shaklda yozib olib, ularning oʻlchov birliklarini Xalqaro birliklar tizimi (XBT)ga keltirish kerak;
-masala shartiga asoslanib, zarur hollarda masala mohiyatini ochishga yordam beruvchi hodisaning chizmasini, sxemasini yoki rasmini chizib olish lozim;
-aniqlanishi kerak boʻlgan kimyoviy kattalikning masala shartida berilgan kattaliklar orqali ifodalangan formulasini keltirib chiqarish kerak;
-qidirilayotgan kattalikning masala shartida berilgan kattaliklar orqali ifodalangan formulasidan foydalanib, uning oʻlchov birligini tekshirib koʻrish kerak. Oʻlchov birligining toʻg‘riligi masala toʻg‘ri yechilganligini koʻrsatuvchi belgilardan biridir;
-kattaliklarning masala shartida keltirilgan qiymatlarini topilgan yakuniy formulaga qoʻyib, qidirilayotgan kattalikning son qiymatini hisoblash kerak;
-masalaning yyechimidan kelib chiqqan holda kimyoviy xulosa chiqarish kerak;
Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbai sifatida darslik va oʻquv qoʻllanmalar, metodik qoʻllanma va koʻrsatmalar, ma’lumotlar toʻplami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, internet tarmog‘idagi tegishli ma’lumotlar, berilgan mavzu boʻyicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |