Modul VI. Ta’lim sifatini nazorat va baholashni tashkillashtirish


Talabaning mustaqil ishi, muayyan fan ishchi dasturida ajratilgan soatlarga mos ravishda baholanadi



Yüklə 209,58 Kb.
səhifə20/26
tarix22.12.2023
ölçüsü209,58 Kb.
#189245
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Modul VI. Ta’lim sifatini nazorat va baholashni tashkillashtiris-fayllar.org

Talabaning mustaqil ishi, muayyan fan ishchi dasturida ajratilgan soatlarga mos ravishda baholanadi.
Har bir fan boʻyicha mustaqil ishning shakllari kafedra majlislarida muhokama etiladi va tasdiqlanadi. Talaba mustaqil ishini nazorat qilish turlari va uni baholash mezonlari har bir kafedrada muhokama etiladi va fakultet dekani tomonidan tasdiqlanadi. Mustaqil ishlarni baholash mezonlari talabalarga oʻquv yili (semestri) boshlanishi oldidan metodik materiallar bilan birgalikda tarqatiladi. Fanlar kesimida talabalarning mustaqil ishlari boʻyicha uzlashtirishi muntazam ravishda talabalar guruhlarida, kafedra yig‘ilishilarida muhokama qilib boriladi. Fanlardan mustaqil ishlar oʻquv mashg‘ulotlar (semestr)ning boshlanishida bajarilishi kerak boʻlgan mustaqil ishlar shakli, ajratilgan soat va topshiriqlar soni, ya’ni birinchi darsda talabalar ommasiga e’lon qilinadi.Talabalarning mustaqil ishi har bir kafedrada 6 oy mobaynida saqlanadi.
Ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishlar boʻyicha tahsil olayotgan bir talabaga toʻg‘ri keladigan mustaqil ta’lim me’yori




Mustaqil ish shakllari


Bajarilishi


Topshiriqlar


Mustaqil ta’lim soati

1

Ayrim nazariy mavzularni oʻquv adabiyotlari yordamida mustaqil oʻzlashtirish

Yozma (dars ishlanmasi)


6

30

2

Berilgan mavzu boʻyicha referat tayyorlash

Referat

4

30

3

Seminar mashg‘ulotlarga tayyorgarlik koʻrish


Yozma, og‘zaki


Har bir seminar mashg‘uloti uchun 1 ta


30

4

Mavzu boʻyicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash


Topshiriq shakliga qarab tanlanadi


5

30

5

Ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash

Yozma

1

30

6

Uy vazifalarini bajarish va boshqalar


Uy vazifasi shakliga qarab


Har bir mavzu boʻyicha


30

7

Koʻrgazmali vositalar tayyorlash


koʻrgazmali materiallar


4

30

8

Kurs ishi

himoya

1

Oʻquv kursi yakunida





Tabiiy va aniq yoʻnalishlar boʻyicha tahsil olayotgan bir talabaga toʻg‘ri keladigan mustaqil ta’lim me’yori




Mustaqil ish shakli


Bajarilishi
shakli


Topshiriqlar
soni


Mustaqil ta’lim
soati

1

Ayrim nazariy mavzularni oʻquv adabiyotlari yordamida mustaqil oʻzlashtirish

yozma(dars ishlanmasi)


6

30

2

Berilgan mavzu boʻyicha referat
tayyorlash

Referat

4

30

3

Seminar va amaliy mashg‘ulotlarga


tayyorgarlik

Yozma topshiriq,


og‘zaki savol javob

Har bir seminar


mashg‘uloti uchun

30

4

Laboratoriya ishlariga tayyorgarlik koʻrish


natijalar olib


hisobot tayyorlash

4

28

5

Hisob-grafik ishlarini bajarish

natijalar olib hisob-grafiklar


ishlar tayyorlash

4

28

6

Mavzu buyicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash

topshiriq shakliga


qarab tanlanadi

5

30

7

Ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash

yozma

1

30

8

Uy vazifalarini bajarish va


boshqalar

uy vazifasi


shakliga qarab

Har bir mavzu


boʻyicha 1 ta

30

9

Koʻrgazmali vositalar tayyorlash


koʻrgazmali


materiallar

4

30



TABIIY VA ANIQ FANLARM 0‘QITISHDA TALABALAR MUSTAQIL ISHINI TASHKIL ETISH VA BAJARISHGA OID USLUBIY TAVSIYALAR

Talabalarning mustaqil ishi - bu talabalarning auditoriyada yoki auditoriyadan tashqari maxsus ajratilgan vaqtda, oʻqi'tuvchi rahbarligida, ammo uning bevosita ishtirokisiz, koʻp qirrali kocrinishdagi yakka tartibda yoki jamoa bolib faoliyat olib borishidir. Bu ta'limning maxsus shakli boʻlib, oʻqituvchining topshiriqlarini bajarish jarayonida talabadan faol fikrlashni va yuksak tafakkurga intilishni talab qiladi.


Talabalar mustaqil ishining metodologik asosi - bu talabalarning an’anaviy va noan'anaviv masalalarnii yechishni uddalay bilishini, ya’ni haqiqatda mavjud holatlarda talabalar aniq bir fandan bilimlarini namoyish qila bilishini shakllantirishga yoʻnaltirilgan maqsadga serg‘ayratlik bilan yondashuvini tashkil qilishdir.
Talabalar mustaqil ishining uslubiy ta’minoti - bu mustaqil ishlar shakli va mavzulari roʻyxatini tuzish, ularning har biri uchun maqsad va muammolarni shakllantirish, ularga yoʻl-yocriq va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish, foydalanish uchun oʻquv uslubiy va ilmiy adabiyotlarni turli ma’lumotlar beradigan yordamchi adabiyotlarni va Internet saytlarini tanlashdan iborat.
Birinchi kurs talabalari bilan mustaqil ishni tashkil etish va uni bajarish yuzasidan albatta uslubiy seminar tashkil etish lozim.
Dastlab mustaqil ishni tashkil etishga oid ba ’zi tavsiyalar keltirilib о ‘tamiz.
Talabalarning mustaqil ishini bajarishiga rahbarlik: joriy suhbat va nazorat; maslahatlar; tahrirlash, tahlil qilish, taqrizlash, baholash; kesimlarda taqrizlash; diskussiya; natijalarni umumlashtirish va hokazo.
Talabalar mustaqil ishini modellashtirish: oʻtilgan nazariy ma’lumotlarni takrorlash; mavzuga oid asosiy savollarni qocyish; mavzu yuzasidan chuqur bilim olishni va uning tarkibini aniqlash; har bir mavzuning qisqa mazmunini tuzish; mashqlar va masalalami yechish; bajariladigan oʻquv faoliyat tahlili va oʻzini oczi baholay bilish; malaka va koʻnikmani shakllantirish; mavzu mazmuni bo£yicha savollar, krossvordlar va testlar tuza bilish.
Topshiriqlarni differensiallash. uslubiy, amaliy va ilmiy ishlar uchun ada-bivotlar tanlash; adabiyotlarni sharhlash; masalani yechish; muammoli vaziyatlar; talabaning ilmiy tadqiqot ishi; xulosada bilim test sinovi orqali nazorat qilish,
Talabalarning mustaqil ishi bosqichlari va ularni qabul qilish tartibi: tavsiya qilinadigan adabiyotlarni toʻplash; dars mavzusining rejasi va uslubiy ishlanmasi hamda mavzuga oid savollar bilan tanishish; mavzuga oid savollar ichidan oʻqiladiganlarini va konspektlashtirladiganlarini ajratib olish; ma’ruzalar matni, darslik, monografiya asosida kerakli sxema va jadvallar tuzib olish va hokazo.
Talabalarning mustaqil ishini tashkil etishning ba’zi korinish va shakllari (bunda oʻqituvchining rahbarligi): konspektlashtirish (saralab tekshirish); adabiyotlar va Internet ma’lumotlar sharhi (mavzularni ishlab chiqish va tekshirish); maqola va kitobga annotatsiya yozish (annotatsiyalar namunalari va tekshirish); izlanish-tadqiqot xarakteriga ega topshiriqlarni bajarish (topshiriqlarni ishlab chiqish, izlanish holatlarini yaratish, mavzular yuzasidan maxsus kurs va seminarlarga tayyorlash, mavzular kartotekasini tuzish); ilmiy-uslubiy adabiyotlarni chuqur tahlil qilish va kerakli eksperimentlar oʻtkazish (organib chiqilgan adabiyot boʻyicha suhbat uyushtirish, bundan keyingi ishlanmaning rejasini tuzish, axborot olishning uslubini ishlab shiqish); ma’ruzada: ma’ruza rejasini tuzish va unga amal qilish; ma’ruza konspektini qayta ishlab chiqish; konspektni qoʻshimcha adabiyotlar va Internet sahifalar manzillari bilan toʻldirib borish (tayyor rejani taklif etish yoki talabaga oʻzi reja tuzishga imkon berish, yakuniy holatni tekshirish); seminarda: seminarda chiqish qilish uchun konspekt, referat, mashqlar bajarishga tayyorgarlik (seminar rejasini tuzish, adabiyotlarni tavsiya etish, topshiriqlarni tekshirish); laboratoriya-amaliy mashgculotlarda: mos yoʻriqnoma, koʻrsatma va uslubiy tavsiyalarga asosan kerakli natijalarni olish (topshiriqlarni ishlab chiqish, uslubiy tavsiyalar va algoritmlar yaratish, erishiladigan natijaning darajasini koʻrsata bilish); ilmiy toʻgarakda: mustaqil ish, nazorat ishi, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlarning bajarilishini eshitib borish (ulaming mavzularini ishlab chiqish, maslahatlar tashkil etish va umumiy rahbarlik qilish); nazorat ishi yozma bajariladi (topshiriqlarni ishlab chiqish va tekshirish); amaliyot jarayonida kuzatilgan va yigʻilgan materiallar boʻyicha topshiriqlarni bajarish (topshiriqlarni ishlab chiqish va tekshirish). Talabalarning mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi tavsiyalarga amal qilish maqsadga muvofiq: ijodiy xarakterdagi, topshiriqlarni talabaga koʻp yuklab qoʻymaslik; talabaga aniq va toʻla yoʻriqnoma berish (topshiriqning maqsadi; bajarilish shartlari; hajm; namuna va hokazo); mavzularni va topshiriqlarni ishlab chiqish, kartoteka tuzish; mustaqil ishning uslubiy ta’minotini yaratish; talaba bilan suhbatda quyidagilarga jiddiy e'tibor qaratish: adabiyotlarni sharhlash, reja tuzish, annotatsiya tuzish, kerakli axborotni kutubxona va Internet dan izlab topish, tadqiqotning muammoli vaziyatlari bilan tanishtirish, kartoteka yuritish va boshqa; nazorat qilish va baholashning qoidalari bilan tanishtirish; joriy nazorat qilib borish (saralab tekshirish; baholash; taqrizlash; mustaqil va ijodiy ishdan egallagan koʻnikmasining darajasini koʻrsatish va hokazo).
Mustaqil ishni bajarish uchun quyidagi uslubiy tavsiyalarni keltiramiz.
Mustaqil ishni bajarish ishchi oʻquv dasturida ko£rsatilgan mavzular taqvimi asosida amalga oshiriladi. Mustaqil ish ma’ruza, amaliyot, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarida hamda darsdan tashqari paytda bajarilishi mumkin.
Fanni о‘zlashtirishda talaba quyidagilarga amal qilishi lozim: koʻrsatilgan manbadan nazariy ma’lumotlar e’tibor va sinchkovlik bilan oʻqiladi; parallel ravishda shu manbada koʻrsatilgan mavzuga oid kerakli koʻrsatmalar bilan yechilgan, yechish tavsiya qilingan misol va masalalar bilan tanishib chiqiladi, talabaning oʻzi ham shularga mos misol va masalalar tuzadi; shu misol va masalalarni talaba mustaqil yechadi (agar bu jarayonda tushunmovchiliklar, noaniqliklar, qiyinchiliklar yoki ba’zi qoʻshimcha ma’lumotlar zarurati tugilsa, talaba nazariy ma’lumotlami shu manbadan, ma’ruzadan, qoʻshimcha manbalardan, Internet ma’lumotlaridan qayta koʻnb chiqadi); mustaqil ravishda gipotezalar oʻylab topiladi, tadqiqotlar tashkil etiladi, oʻz ma’lumotlarini qayta ishlab chiqadi, natijalarning interpretatsiyasiga e’tibor qaratadi; kutilgan javob chiqariladi va qoʻyilgan savollarga javob topadi.
Adabiyot bilan ishlash usullari: koʻz yugirtirib chiqish (umumiy tasavvurga ega boʻlish va matnni koʻzdan kechirish, bunda titul varagʻi annotatsiyasi, mundarijasi, ba’zi abzatslar va ilovalar oʻqiladi); ba’zi boʻlim, bob yoki mavzular bilan tanishib chiqish (bu usul ba’zi savollarga javoblarni oydinlashtirish, taqqoslash, olingan ma’lumotlarni qiyoslash, savolga nisbatan oʻz fikri va xulosasini chiqarish maqsadida ishlatiladi); oʻrganish uchun oʻqib chiqish (bu faol oʻqish usuli boʻlib, topshirilgan materialni sinchiklab oʻrganish, matnning mag‘zini, maqsadini, mantiqiy tuzilmasini va hokazo tushinish uchun ishlatiladi, bunda oʻrganish ketma-ket ocqish bilan amalga oshiriladi) va hokazo;
Bundan tashqari tushunchalarning sxematik tuzilmasini hamda tushuncha va atamalarning lug‘atini tuzish, kalit soʻzlarga va adabiyotlar manbaiga e’tiborni qaratish foydali. Fan boʻyicha mustaqil ish natijalari haqida hisobot tayyorlab borish lozim, bu hisobot og'zaki yoki yozma ma’ruza, konspekt, referat, nisob-grafik ish, nazorat ish va hokazolar shaklida boʻlishi mumkin.
Fanni о'zlashtirishning mustaqil ish jarayonida talabaga tug‘iladigan qiyinchiliklar va ularni ijobiy hal qilish yoʻllari: tushuncha va atamalarning koʻpligi; fanni oʻrganishda psixologik va pedagogik tushunchalardan foydalana olish; foydalanilayotgan asosiy manbalarda kerakli barcha tushuncha va atamalar hamda foydali ishlanmalarning yoʻqiigi, chunki mavjud pedagogik, psixologik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarining tatbiqi zamon talabiga javob bermasligi mumkin; fanni mustaqil oʻzlashtira olmaslik haqidagi ishonchsizlik.
Shunga qaramasdan bunday qiyinchiliklami yengib borish uchun mavjud uslubiy va matematik asoslardan samarali foydalanish, oʻz oʻquv faoliyatini tashkil qila bilish lozim. Bunda aniq amaliy topshiriqlarni bajarib borish ana shunday qiyinchiliklami yengishga zamin yaratadi.



Yüklə 209,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin