Modul VI. Ta’lim sifatini nazorat va baholashni tashkillashtirish



Yüklə 209,58 Kb.
səhifə23/26
tarix22.12.2023
ölçüsü209,58 Kb.
#189245
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Modul VI. Ta’lim sifatini nazorat va baholashni tashkillashtiris-fayllar.org

2-keys. Muammoli vaziyat: Tabiatda shunday g‘orlar borki, ularni “it g‘ori” deb atash mumkin. Chunki g‘orga odam kirsa hech narsa boʻlmaydi, ammo it kirsa yuqoriga sakrab-sakrab oʻlib qoladi. Nega? Bu muammoning yechimini toping.
Muammoning yechimi: Ma’lumki, qadimiy koʻp g‘orlarning pastki qismlarida uglerod (IV) oksid yig‘ilib qoladi. U zaharsiz gaz boʻlsa ham nafas olish uchun yaroqsiz gaz hisoblanadi, undan nafas olgan organizm – kislorod yetishmaslik sababli nobud boʻladi.
Italiyadagi bu g‘orning ostonasi g‘orning pastki yer qismidan baland ekan.
CO2 gazi havodan 1,5 marta og‘ir boʻlgani uchun g‘orning pastki - yer qismidagi havo oʻrnida yig‘iladi, ya’ni g‘or ostonasiga qadar qismi karbonat angidrid gazi bilan egallanadi. Bu gaz ostonadan yuqorida uchramaydi, chunki ortiqchasi tashqariga chiqib ketadi. Shu sababli, boʻyi g‘or ostonasidan past boʻlgan itlar g‘orda uzoqroq tursa nobud boʻladilar, ostonadan baland boʻyli odam kirsa bemalol yuraveradi.
3 – keys. Muammoli vaziyat: Yopiq binolarda odam oʻzini boʻg‘ilib ketayotgandek yomon his qiladi. Bunga nima sabab boʻlishi mumkin va bu muammoni yopiq binodan chiqmay turib qanday hal qilsa boʻladi?
a) kislorod yetishmasligi.,b) ortiqcha miqdordagi suv bug‘lari, c) ortiqcha miqdordagi is gazi, d) SO2 ning yetishmasligi, g) NaHCO3 eritmasini ichish..
Muammoning yechimi: Yopiq binolardagi boʻg‘ilishga sabab nafaqat kislorodning yetishmasligi, balki karbonat angidridning ortib ketganligi ham boʻlishi mumkin. Genri qonuniga muvofiq atmosferada SO2 ning ortib ketishi qon tarkibida karbonat angidrinning qoʻshimcha erishiga olib keladi va qonning pH kamayishiga sabab boʻladi, Boʻg‘ilganda NaHCO3 eritmasini ichish tavsiya qilinadi, bu qonning pH ini normaga olib kelishiga yordam beradi va odamning ahvoli yaxshilanadi.
Suv bug‘ining binoda ortib ketishi boʻg‘ilishga sabab boʻla olmaydi.

Yüklə 209,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin