Modul VI. Ta’lim sifatini nazorat va baholashni tashkillashtirish


Strengths — kuchli tomoni Uglerod –



Yüklə 209,58 Kb.
səhifə22/26
tarix22.12.2023
ölçüsü209,58 Kb.
#189245
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Modul VI. Ta’lim sifatini nazorat va baholashni tashkillashtiris-fayllar.org

Strengths kuchli tomoni
Uglerod – tirik tabiat, oʻsimlik va hayvonot olamining asosini tashkil qiladi. Uglerodning organik birikmalarisiz inson hayotini tasavvur qilish qiyin. Eng muhimlari uglevodorodlardir.


Weakness kuchsiz tomoni
Uglerodning vodorodli birikmalari kislota xossasini ham asos xossasini ham namoyon qilmaydi. H2CO3 – karbonat kislota kuchsiz kislota hisoblanib, faqat suvli birikmalarda mavjud boʻla oladi.


Opportunities imkoniyatlari
Uglerod erkin holda grafit va olmos shaklida uchraydi. Olmosning tiniq kristallari qayta ishlanib qimmatbaho zargarlik buyumlari tayyorlashda ishlatiladi. Grafitdan elektrodlar, qalamlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.


Threats foydalanishdagi xavflar, qiyinchiliklar, muammolar
Uglerod (II)-oksid –oʻta zaharli gaz. Is gazi qon tarkibidagi gomoglobin bilan kislorodga qaraganda oson birikadi va organizmning kislorod bilan ta’minlanishi qiyinlashadi. Bunday holatda uzoq vaqt nafas olinsa, oʻlimga olib kelishi mumkin.


Oʻquv topshirig‘i:
IV guruh asosiy guruhcha elementlari” mavzusiga oid keyslar tuzing.
1-keys. Muammoli vaziyat: Zelinskiy birinchi jahon urushi yillarida kimyoviy moddalarga qarshi aktivlashtirilgan koʻmirdan foydalanib, protivogazni ixtiro qildi. Zelinskiyning bu kashfiyoti yuz minglab jangchilar hayotini saqlab qoldi. Pista koʻmir qanday xossaga ega. Bu muammoning yechimini toping.
Muammoning yechimi: Pista koʻmir yuqori adsorbsiyalovchi xossaga ega. Adsorbsiya qobiliyati yuza maydoniga bog‘liq boʻladi. Koʻmirning adsorbentlik xossasini kuchaytirish uchun uni oʻta qizigan suv bug‘i bilan faollashtiriladi. Bunda koʻmirning g‘ovak boʻshliqlarini toʻldirib turgan moddalar chiqarib yuborilib, yutish yuzasi orttiriladi. Faollashtirilgan koʻmir havodagi va gazlar aralashmasidagi uchuvchan zaharli moddalarni yutishda ishlatiladi.

Yüklə 209,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin