Modul VI. Ta’lim sifatini nazorat va baholashni tashkillashtirish


Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etish



Yüklə 209,58 Kb.
səhifə19/26
tarix22.12.2023
ölçüsü209,58 Kb.
#189245
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Modul VI. Ta’lim sifatini nazorat va baholashni tashkillashtiris-fayllar.org



Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etish.



-talabalar mustaqil ishini tashkil qilishga tizimli yondashish;


-talabalar mustaqil ishini barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va uzviylashtirish;
- talabalar mustaqil ishini bajarilishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatish;
-talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirib borish.



Talabalar mustaqil ishini muvaffaqiyatli yakunlashi uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim.

-Maqsad bilimning (bilimni mustahkamlash, yangi bilimlarni oʻzlashtirish, ijodiy faollikni oshirish, amaliy koʻnikma va malakalarni shakllantirish va h.k.) aniq asoslanishi;


-vazifa va topshiriqlarning aniq-ravshan belgilanishi;
-topshiriqlarni bajarish algoritmi va uslublaridan talabalarning etarli darajada xabardor boʻlishi, maslahat va boshqa yordam turlarining tug‘ri belgilanishi;
-hisobot shakli va baxolash mezonini aniq belgilash;
-nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish.
Oʻquv fanlari boʻyicha namunaviy va ishchi dasturlarda talaba mustaqil ishining shakli, mazmuni va hajmi ifoda etadi. Talaba mustaqil ishi uchun ajratilgan vaqt byudjetiga mos ravishda har bir fan boʻyicha tegishli kafedralarda mustaqil ishning tashkiliy shakllari, topshiriqlar variantlari ishlab chiqiladi va fakultet dekani tomonidan tasdiqlanadi. Mustaqil ishni bajarish uchun fanlar boʻyicha talabalarga zaruriy uslubiy qoʻllanma, koʻrsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Talaba mustaqil ishini nazorat qilish

Talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish kafedrada tuziladigan maslahatlar jadvali asosida amalga oshiriladi. Talaba mustaqil ishini nazorat qilish oʻquv mashg‘ulotlarini bevosita olib boruvchi oʻqituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Talabaning mustaqil ishi har bir fan boʻyicha reyting qaydnomasi (4 kurs talabalari) joriy, oralik nazorat ballari va baholash qaydnomalarida (2,3-kurs talabalari va 2-kurs magistrantlari) oraliq nazorat baholari bilan birga qayd etilib boriladi, kafedra va dekanatda bu ma’lumotlar yig‘ilib umumlashtiriladi.



Yüklə 209,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin