Ўқитиш
шакллари
58
3-ilova
O‘quv ishlab chiqarish brigadalarida o‘qitish shakli
Maktab o‘quv ishlab chiqarish uyushmalari hozirga kunda keng tarqalgan. Bu
uyushmalarni maktab va xo‘jaliklar bilan kelishilgan holda tuziladi.Bu
uyushmalarga asosan 5-9 sinf o‘quvchilari kiradi. Jamoa xo‘jaliklari amaliy
ishlarini olib borish uchun tegishli er, bino, inventar ajratib beradi.Uyushmaning
o‘quv ishlab chiqarish faoliyatiga rahbarlik ho‘jalik agranomi bilan uyushmada
maktabning o‘qituvchilari tomonidan amalga oshiriladi.
4-ilova
O‘quvchilarni ish joylarida hamda o‘quv sexlaridagi amaliyoti.
Bu ham o‘qitishning bir shakli bo‘lib bunda o‘quvchi uchun maxsus o‘quv
uchastkalarida yoki sexda stanoklar ajratilgan bo‘lib o‘quvchilar shu korxona
uchun kerakli biror detal yoki uning qismini tayyorlaydilar. Bu davrda maktab
o‘qituvchilarining vazifasi o‘quvchilarning ishlarini kuzatib turish, berilgan
topshiriqlarni bajarishga erishishi va yoqozsizning oldini olishdir.
5-ilova
O‘quvchilarni ishchilar brigadalarida o‘rgatish.
O‘quvchilar uyushma tashkil qilish mumkin bo‘lmagan vaqtida maktab
o‘quvchilari ishchilar uyushmalarining shtatdan tashqari a’zolari sifatida ta’lim
olishlari mumkin.Bunday paytda bittadan, yoki uchtadan qilib ishchilar
uyushmalariga taqsim qilinadi va uyushmalarda ishlab chiqarish uyushmalarining
ko‘rsatmasi bilan ishlarini bajaradilar.
6-ilova
Malakali ishchiga biriktirib qo‘yish.
O‘quvchi asbob uskunani boshqarish va sozlashni ishchining rahbarligida
bojaradi. Ishlari asosan kuzatib turish va vaqti-vaqti bilan asbob uskunalarni
tartibga solib turish bilan bog‘liq bo‘lgan ximiklar, to‘qimachilar, navbatchi elektr
mantyorlar, avtomatik tizimlar operatorlari va shunga o‘xshash kasb egalarini shu
shaklda muvaffaqiyatli tayyorlamoqda.
Bu kasbdagi malakali ishchini o‘quvchiga yo‘l yo‘riq ko‘rsatish uchun etarli
darajada e’tibor qilmasligiga imkoni bor. SHuning uchun o‘quvchiga ta’lim berish
ishchining mehnat unumdorligini pasaytirmaydi aksincha ular dastlabki ko‘nikma
va malakalarni hosil qilishda o‘z ustilarida anchagina yordam ko‘rsata
boshlaydilar.
|