105
1- rasim . CHizmakashlik stollari:
A) eng oddiy chizmakashlik stoli; B) qo‘llanmali chizmakashlik stoli
7-ilova
Tuzish-qurish jarayonida chizishdan tashqari turli
hisoblashlarni bajarishga,
spravochnik adabiyotlar bilan ishlashga, chizmalarni ko‘rish va hokazolarga ham
to‘g‘ri keladi. Buning uchun esa konstruktorning ish o‘rniga yozuv stoli qo‘yiladi.
Kichik tashkiliy texnika vositalarini: qalam uchini ochadigan elektr mashinka,
shtrixlovchi pribor, ellipsograf , murakkab egri chiziqlar chizish uchun andaza va
hakozolarni qo‘llash tufayli chizmachilik ishlarining unumdorligi ortadi.
Tuzish-
qurishga yordam sifatida yaratilgan moslamalar, asboblar va priborlar uning
tuzish-qurish hujjatlarini ishlab chiqishning turli
bosqichlaridagi ishini
engillashtiradi.
Tuzish -qurish hujjatlarining turlari
Konstruktorlik hujjatlariga grafika va matn shaklidagi hujjatlar kiradi. Ular alohida
holda yoki birgalikda buyumning tarkibi va tuzilishini belgilaydi, uni ishlab
chiqish yoki tayyorlash , nazorat, qabul, qo‘llashni va ta’mirlash qilish uchun zarur
ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Konstruktorlik hujjatlarining
quyidagi asosiy turlari
nazarda tutilgan:
1. Detal chizmasi – buyumning tasviri va uni yig‘ish, tayyorlash hamda
nazorat qilish uchun kerakli boshqa ma’lumotlardan iborat hujjat.
2. Yig‘ma chizma – buyumning tasviri, uni yig‘ish (tayyorlash)
va nazorat
qilish uchun kerakli boshqa ma’lumotlardan iborat hujjat.
3. Umumiy ko‘rinishdagi chizma – buyumning tuzish-qurishni, undagi asosiy
106
tarkibiy qismlarining o‘zaro ta’sirini belgilaydigan va buyumning ishlash
tamoyillarini oydinlashtiradigan hujat.
4. O‘lchamli chizma – buyumning o‘lcham, joylashgan(ustanovkali) va
biriktirish o‘lchamlari ifodalangan kontur (soddalashtirilgan) tasviridan iborat
hujjat.
5. Montaj chizmasi – buyumning kontur(soddalashtirilgan)
tasviridan,
shuningdek, uni tegishli joyga o‘rnatish (montaj ќilish) uchun kerakli
ma’lumotlardan iborat hujat.
6. CHizma - buyumning tarkibiy qismlari va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar
shartli tasvir yoki belgilar orqali ko‘rsatilgan hujjat.
7. Maxsuslashtirish-yig‘ish birligining tarkibini belgilaydigan, ya’ni chizmada
ifodalangan yig‘ish birligi tarkibiga kiradigan detallar ro‘yxatidan, ularning soni va
ba’zi texnologik ma’lumotlaridan iborat hujat.
8. Tushuntirish xati – tayyorlanayotgan buyumning tuzilishi va ishlash
tamoyillarining tavsifidan, shuningdek, uni ishlab chiqishda ќabul ќilingan
texnik
va texnik-iqtisodiy echimlarning dalillaridan iborat hujjat.
9. Jadval – o‘z vazifasiga ko‘ra jadval shakliga keltirilgan tegishli
ma’lumotlaridan iborat hujjat.
10. Mahsulot - sifatning texnik darajasi xaritasi – buyumlar sifatining texnik
darajasini hamda uning texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlari fan va texnika
yutuqlariga , shuningdek, xalq xo‘jaligi ehtiyojlariga muvofiqligini belgilaydigan
ma’lumotlardan iborat hujjat.
Dostları ilə paylaş: