109
Ishlab chiqarish sharoitidagi texnik modellashtirishning asosiy vazifasi
yaratiladigan mashina ishlab chiqarishga yaroqliligini tekshirish uchun modelni
sinab ko‘rishdir. SHu sababli texnik modellashtirishning
dastlabki ikkita
bosqichi uchinchisiga nisbatan yordamchi bosqichlar hisoblanadi.
Maktabda yoki pedagogika institutining o‘quv ustaxonasidagi texnik
modellashtirish bosqichlarining o‘zaro
munosabati boshqachadir.Texnik
ijodkorlikni o‘rgatishda texnik hujjatlarni tayyorlash va model yasash ham uni
sinab ko‘rish kabi muhim ahamiyatga egadir. Ba’zi hollarda esa dastlabki ikkita
bosqich ta’lim jarayonidagi ahamiyatiga ko‘ra asosiy bosqichlar hisoblanadi.
Pedagogika oliy o‘quv yurtidagi texnik modellashtirishni tinglovchilarning:
turli buyumlar tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan;
ularning zamonaviy ishlab
chiqarish asoslari haqidagi tushunchasini kengaytiradigan; ularda konstruktorlik
qobiliyatlarini
rivojlantiradigan
texnik
bilimlarni
chuqurlashtiradigan;
materiallarga ishlov berish ko‘nikma va malakalarini mustahkamlaydigan
faoliyati deb tushunish kerak.
SHunday qilib, ishning obekti emas, balki
uni tayyorlash jarayonida
tinglovchilar oldiga qo‘yiladigan vazifalar hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Tinglovchilarga konstruksiyalash va modellashtirishni o‘rgatish jarayonini
quyidagi asosiy bosqichlarga bo‘lish mumkin:
1.
Obektlarni mukammal texnik hujjatlar bo‘yicha tayyorlash.
2.
Obektlarni qisqargan texnik hujjatlar bo‘yicha tayyorlash.
3.
Obektni texnik shartlar bo‘yicha yoki o‘z ixtiyoricha tayyorlash.