Moliy a viy tahlil va audit


-rasm. Tovar-moddiy zaxiralarni boshqarish bosqichlari



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə6/28
tarix22.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#134211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
1-rasm. Tovar-moddiy zaxiralarni boshqarish bosqichlari17
Xom-ashyo yetkazib berish davridagi tebranishlardan himoya qilishni ta’minlash. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning samarali faoliyat yuritishi uchun puxta o‘ylab chiqilgan zaxiralarni boshqarishni ta’minlash lozim bo‘lib, u quyidagi bosqichlarni ko‘zda tutadi (1-rasm).

  • Ishlab chiqarish zaxiralarini tadqiq etishning dastlabki bosqichida ularning ma’lum bir davr uchun dinamikasi o‘rganiladi, joriy aktivlar hajmidagi salmog‘i hisoblab chiqiladi. mahsulotlarga bo‘lgan talabning o‘zgarishini hisobga olish zarurati (tayyor mahsulotning ma’lum zaxirasini saqlash);

  • ishlab chiqarish faoliyati moslashuvchanligini ta’minlash (mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash vaqtining ortishi, o‘z navbatida, kamroq xarajatlar bilan ko‘proq hajmdagi tayyor mahsulot ishlab chiqargan holda nisbatan bir maromdagi ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirish imkoniyatini ta’minlaydi);

Ikkinchi bosqichda bazaviy va hisobot davr ko‘rsatkichlarini taqqoslash yo‘li bilan tovar-moddiy zaxiralar tarkibi va strukturasi tahlil qilinadi. Struktura tahlili barcha zaxira turlarining ular umumiy qiymatidagi salmog‘ini, shuningdek, ularning joriy aktivlar tarkibidagi ulushini ko‘rsatadi. Aktivlar strukturasini o‘rganishda gorizontal va vertikal tahlildan foydalaniladi.
Uchinchi bosqichda tovar-moddiy zaxiralardan foydalanish samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari hisoblab chiqiladi. Bunday ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilar kiritiladi: zaxiralarning aylanuvchanligi, material qaytimi, material sig‘imi, korxonaning zaxiralar bilan ta’minlanganlik, zaxiralar rentabelligi va hokazo.
Tovar-moddiy zaxiralarni boshqarishning muhim qismi sanalgan omillar tahlili ishlab chiqarish zaxiralarining shakllanishi va harakatiga tashqi va ichki omillarning ta’sirini aniqlash imkonini beradi
Tashqi omillar qatoriga quyidagilarni kiritish lozim:
– mol yetkazib beruvchilar ta’siri. Bu materiallar yetkazib berish muddatiga rioya qilinmasligi, shartnoma shartlarining buzilishini o‘z ichiga oladi;
–xaridorlar ta’siri, bu talab hajmining o‘zgarishida o‘z ifodasini topadi.
Ichki omillar qatoriga tashkilotdagi ishlab chiqarish-xo‘jalik muhitining ta’sirini tavsiflaydigan omillar kiradi. Ushbu omillar guruhi kadrlar qo‘nimsizligi va kasbiy tayyorgarligi, moddiy resurslarga ehtiyojni noto‘g‘ri rejalashtirish, tovarlarni saqlash uchun zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash va h.k. kiradi.
Yakuniy bosqichda tovar-moddiy zaxiralar darajasini nazorat qilishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish zarur.
Tovar-moddiy zaxiralar auditini samarali tashkil qilish orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda mahsulot tannarxini kamaytirishga, foyda miqdorini oshirishga hamda moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga erishish mumkin. Shu boisdan tovar-moddiy zaxiralar auditini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish muhim hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab chiqarish faoliyatlarini amalga oshirish uchun ma’lum miqdorda tovar-moddiy zahiralariga ega bo‘lishi kerak. Tovar-moddiy zahiralari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish faoliyatini normal davom etishini ta’minlaydi. Ularning tarkibiga materiallar, xom-ashyo, ehtiyot qismlar va h.k lar kiradi.
Tovar-moddiy zahiralarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning maqsadi-ularning saqlanishi, tejamli va oqilona ishlatilishi, hisobga olishning to‘g‘ri tashkil etilishini aniqlashdan iborat. Shuningdek hisobot ko‘rsatkichlarining ishonchliligini va tovar-moddiy zahiralar bilan bog‘liq muomalalar hisobi va soliqqa tortish uslubining O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik hamda me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat. Ushbu maqsadga muomalalar mohiyatini, hamda nazorat tuzilmasi va buxgalteriya hisobi tizimini tekshiruvdan o‘tkazish va tavakkalchilik (risk)larni baholash orqali erishiladi. Zahiralarni tekshirish, ular hajmi katta bo‘lgan sub’ektlarda auditning asosiy qismi deb qaraladi. Tovar-moddiy zahiralar bo‘yicha hisobot ko‘rsatkichlarining haqqoniyligini tekshirishda boshqa audit ob’ektlaridagi kabi, dastavval, balansning «Ishlab chiqarish zahiralari» (150-satr), «Tugallanmagan ishlab chiqarish (160-satr)», «Tayyor mahsulot» (170-satr), «Tovarlar» (180-satr) moddalari, Bosh daftar, jurnal-orderlar va boshqa hisob registrlari orasidagi tenglikni aniqlash zarur Shu bilan birga, sintetik va analitik hisob ma’lumotlarining muvofiqligiga ishonch hosil qilish muhimdir.
Auditor tekshiruv mobaynida tekshiruvning ushbu sohasi bo‘yicha tanlangan hisob yuritish usullari va uslublari to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishi lozim. 4-sonli «Tovar-moddiy zahiralar» nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti talablariga muvofiq sub’ektning hisob yuritish siyosati to‘g‘risidagi buyrug‘ida tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga olishning uslubiy jihatlari, xususan quyidagilar haqidagi axborotlar aks ettirilishi lozim:
asosiy vositalar bilan inventar va xo‘jalik jihozlari o‘rtasidagi chegaralar;
tovar-moddiy qiymatliklarni sotib olish (tayyorlash) ni hisobga olish;
tovar-moddiy qiymatliklarni ularning turlari bo‘yicha hisobdan chiqarish natijasida baholash usullari.
Mijoz-sub’ekt rahbariyati, u yoki bu hisob yuritish prinsipi moliyaviy natijaga ta’sir qilishini bilsada, hisob siyosatiga kiritilgan ma’lumotlarning zarurligiga ko‘p hollarda yetarlicha ahamiyat bermaydi. Mana shuning oqibatida har xil qoidabuzarliklar kelib chiqadi. Ulardan eng ko‘p tarqalgani tanlangan hisob yuritish usullariga yoki ularni qo‘llashda izchillikka rioya qilinmasligi hisoblanadi.
Tovar-moddiy zahiralarni hisobga olishda ko‘llaniladigan dastlabki hujjatlar shakllari sub’ektdagi moddiy qiymatliklarning turlari va guruhlariga bog‘liq. Ko‘llaniladigan dastlabki hujjatlarda barcha zarur rekvizitlar bo‘lishi shart. Bunday dastlabki hujjatlarga quyidagilar kiradi: moddiy qiymatliklarni olish uchun ishonchnomalar, kirim orderlari, materiallar, inventar va xo‘jalik eihozlarini kirimga olish va hisobdan chiqarish dalolatnomalari, limit-zabor kartalari, talabnoma-yukxatilar, tovar-transport yukxatilari, ombor hisobi kartochkalari yoki daftari. Tashkiliy-huquqiy hujjatlar va boshqa ma’lumot manbalariga qo‘yidagilar kiradi:
sub’ekt rahbarining bo‘yrug‘i (yoki farmoyishi), direktor kengashi majlisining bayonnomalari, ta’sischilar va boshqa hay’at yig‘ilishi qarorlari. Agar sub’ekt ustav kapitalining miqdorini shakllantirish yoki o‘zgartirish mobaynida ulush sifatida materiallar, inventar va xo‘jalik jihozlari, tovarlar qo‘shilgan bo‘lsa, shuningdek agar dividendlar yoki daromadlar moddiy qiymatliklar bilan to‘lansa ushbu hujjatlarni o‘rganish auditor uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi;
sub’ektda o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvlari o‘tgan yillardagi hisobotlari;
tovarlar, materiallar, xom-ashyolar va hokazolarni yetkazib berish shartnomalari;
Auditorning sub’ekt xodimlari bilan rahbariyat tarkibidagi, buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi suhbatlari tekshiruv uchun zarur qo‘shimcha axborotlar berishi mumkin. Bunday o‘zgarishlarning natijalari ishchi hujjatlarda rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim.
Tovar-moddiy zahiralarni hisobga olishga doir buxgalteriya registrlari xilma-xil bo‘lishi mumkin. Ular sub’ektda qo‘lanilayotgan buxgalteriya hisobi shakli va usullariga, hamda mavjud tovar-moddiy zahiralarning turlari va guruhlariga bog‘liq. Ammo, har qanday holatda ham auditor 1010 «Xom-ashyo va materiallar», 1080 «Inventar va xo‘jalik jihozlari», 1510 «Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» va 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» schotlar bo‘yicha analitik va sintetik hisob registrlarini, aylanma qaydnomalari, omborxona hisobi kartochkalari, daftarlar, inventarizatsiya materiallarini hamda tugallanmagan ishlab chiqarishlar (2010, 2110, 2310 schetlar) bo‘yicha hisob registrlarini tahlil qilib chiqishi lozim.
Ishlab chiqarish va mehnat unumdorligi oshgan sari materiallarni xalq xo‘jaligidagi roli oshib borishiga mos holda, ularni tejab-tergab sarflash ustidan nazorat qilishning ahamiyati ham ortib boradi. Ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil etish va me’yorida amalga oshirish uchun ishlab chiqarish zahiralarining zarur turlari bilan o‘z vaqtida kerakli miqdorda ta’minlab turish kerak. Shuning uchun korxona moddiy texnika rejasining bajarilishi ustidan nazorat qilib borish va xodimlarni moddiy-texnika ta’minotida ro‘y berayotgan kamchiliklar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilib turish materiallar hisobining eng asosiy vazifalardan biridir. Ishlab chiqarish zahiralarini taxlili asosan korxonaning ular bilan qanchalik ta’minlanganligi, ularni sotib olish va saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni to‘g‘ri boshqarish va ulardan samarali foydalanish yo‘llariga hamda mahsulot tannarxida materiallar miqdorini ular sifatiga ta’sir etmagan holda kamaytirishga e’tibor beriladi.



Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin