2-chizma. Material xarajatlari holati va ulardan foydalanish tahlilining o‘tkazilish ketma-ketligi. Shu ma’noda ishlab chiqarish zahiralari tahlili oldiga ham o‘ta muhim vazifalar qo‘yiladi:
-korxona, birlashmalarning zaruriy material resurslari bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash;
-moddiy resurslarni korxonaga yetkazib berish hajmini, kompleksligini, sifatliligini, navliligini hamda maromiyligining darajasini belgilash;
-moddiy resurslarni yetkazib berish borasida korxonalararo tuziladigan shartnomalarning o‘z vaqtida tuzilganligini aniqlash;
-moddiy-texnika ta’minoti belgilangan rejasining haqiqatga yaqinligini tekshirish;
-ishlab chiqarish zahiralari aylanuvchanligini o‘rganish;
-ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularni mahsulot hajmiga uning tannarxiga ta’sirini miqdor jihatdan hisoblash;
-muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari va ularning o‘zgarishini omilli tahlil qilish;
-xom-ashyo, yoqilg‘i va materiallardan foydalanilmagan ichki imkoniyatlarini aniqlash va boshqalar.
Xo‘jalik sub’ektlari ishlab chiqarish uchun zarur ishlab chiqarish zahiralarni tashkil qiladi va uni rejali ravishda to‘ldirib boradi. Sanoatda ishlab chiqarish hajmining o‘sib borishi bilan ishlab chiqarish zahiralarning saqlanishini ratsional tashkil etish va ulardan unumli foydalanishni to‘la ta’minlash muhim ahamiyatga egadir. Bu vazifalarning hal etilishida har bir xo‘jalikda zarur nazorat ishlarini omilkorlik bilan tashkil qilish orqali erishish mumkin.
«Dunyo-M» AJda xom-ashyo va materiallarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish ularning saqlanishi, tejamli va oqilona ishlatilishi, hisobga olishning to‘g‘ri tashkil etilishini aniqlashdan iborat. Shuningdek, hisobot ko‘rsatkichlarining ishonchliligini va xom-ashyo va materiallar bilan bog‘liq muomalalar hisobi va soliqqa tortish uslubining O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik hamda me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash lozim18. Ushbu maqsadga muomalalar mohiyatini, hamda nazorat tuzulmasi va buxgalteriya hisobi tizimini tekshiruvdan o‘tkazish va risklarni baholash orqali erishiladi. Zahiralarni tekshirish, ular hajmi katta bo‘lgan korxonalarda auditning asosiy qismi deb qaraladi.
«Dunyo-M» AJda xom-ashyo va materiallar bo‘yicha hisobot ko‘rsatkichlarining haqqoniyligini tekshirishda boshqa audit ob’ektlaridagi kabi, dastavval, balansning «Ishlab chiqarish zahiralari»(120-satr), moddalari, Bosh daftar, jurnal-orderlar va boshqa hisob registrlari orasidagi tenglikni aniqlash zarur. Tekshiruv jarayonida auditor quyidagilarni aniqlashi lozim:
zahiralarning haqiqatda mavjudligi;
zahiralar bilan bog‘liq barcha muomalalarning buxgalteriya hisobi schotlarida to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilganligi;
barcha zahiralar korxona mulki ekanligi ya’ni ularga mulkiy huquq mavjudligi, qarz sifatida aks ettirilgan summalar esa majburiyat ekanligi;
zahiralarni va ular bilan bog‘liq majburiyatlarni baholashning to‘g‘riligi;
Xom-ashyo va materiallarni hisobga olish tamoyillari to‘g‘ri tanlanilganligi va qo‘llanilishining to‘g‘riligi.
«Dunyo-M» AJda xom-ashyo va materiallarni tekshirishda quyidagi ma’lumot manbalaridan foydalaniladi:
moddiy boyliklarni qabul qilish, hisobga olish, saqlash va berishga aloqador me’yoriy hujjatlar;
hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruq;
xom-ashyo va materiallar bilan bog‘liq muomalalarni rasmiylashtirishga doir dastlabki hujjatlar;
tashkiliy-huquqiy hujjatlar va materiallar;
xom-ashyo va materiallarni hisobga olishga doir buxgalteriya hisobi registrlari va buxgalteriya hisobotlari.
Auditor tekshiruvga kirishish chog‘ida tekshiruvning ushbu so-hasi bo‘yicha tanlangan hisob yuritish usullari va uslublari to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishi lozim. 4- sonli BXMS talablariga muvofiq korxonaning hisob yuritish siyosati to‘g‘risidagi buyrug‘ida moddiy boyliklarni hisobga olishning uslubiy jihatlari, xususan quyidagilar haqidagi axborotlar aks ettirilishi lozim19 ( 3-chizmaga qarang).
3-chizma. Xom-ashyo va materiallarni hisobga olishning uslubiy jihati Mijoz-korxona rahbariyati, u yoki bu hisob yuritish tamoili moliyaviy natijaga ta’sir qilishini bilsada, hisob siyosatiga kiritilgan ma’lumotlarning zarurligiga ko‘p hollarda yetarli ahamiyat bermaydi. Mana shuning oqibatida har xil qoidabuzarliklar kelib chiqadi. Ulardan eng ko‘p tarqalgani tanlangan hisob yuritish usullariga yoki ularni qo‘llashda izchillikka rioya qilinmasligi hisoblanadi.
Tashkiliy-huquqiy hujjatlar va boshqa ma’lumot manbalariga quyidagilar kiradi20:
korxona rahbarining buyrug‘i (yoki farmoyishi) direktor kengashi majlisining bayonnomalari, ta’sischilar va boshqa komissiyalar yig‘ilish qarorlari. Agar korxona ustav kapitalining miqdorini shakllantirish yoki o‘zgartirish chog‘ida ulush sifatida materiallar, inventar va xo‘jalik ashyolari, qo‘shilgan bo‘lsa, shuningdek agar dividendlar yoki daromadlar moddiy qiymatliklar bilan to‘lansa ushbu hujjatlarni o‘rganish auditor uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi;
korxonada o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvlari o‘tgan yillardagi hisobotlari;
materiallar, xom ashyolar va hokazolarni yetkazib berish shartnomalari;
moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnomalar.
Auditorning korxona xodimlari bilan rahbariyat tarkibidagi, buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi suhbatlari tekshiruv uchun zarur qo‘shimcha axborotlar berishi mumkin. Bunday o‘zgarishlarning natijalari ishchi hujjatlarda rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim.
Xom-ashyo va materiallar bilan bog‘liq muomalalarni tekshirishda foydalaniladigan axborotlar korxonaning buxgalteriya hisobotlari va hisob registrlarida aks ettiriladi. Bulardan «Buxgalteriya balansi» (1-shakl)da - xom-ashyo va materiallarto‘g‘risidagi ma’lumotlar balans aktivining II-«Aylanma mablag‘lar» bo‘limida joylashgan «Ishlab chiqarish zahiralari»moddasi (120 satr) va moddasining ma’lumotlari tekshiriladi.
Xom-ashyo va materiallarni hisobga olishga doir buxgalteriya registrlari xilma-xil bo‘lishi mumkin. Ular korxonada qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi shakli va usullariga, hamda mavjud Xom-ashyo va materiallarning turlari va guruhlariga bog‘liq. Ammo, har qanday holatda ham auditor 1010-1090, 1080, 1510 va 1610 schotlar bo‘yicha analitik va sintetik hisob registrlarini, saldo qaydnomaslari, omborxona hisobi kartochkalari, daftarlar, inventarizatsiya materiallarini hamda tugallanmagan ishlab chiqarishlar (2010, 2110, 2310-schetlar) bo‘yicha hisob registrlarini tahlil qilib chiqishi lozim.
«Dunyo-M» xom-ashyo va materiallar bilan bog‘liq xo‘jalik muomalalarini auditorlik tekshiruvidan quyidagi ketma-ketlikda o‘tkazish maqsadga muvofiq (4-chizmaga qarang).