Moliy a viy tahlil va audit


Tadqiqotning maqsadi va vazifalari



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə4/28
tarix22.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#134211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28

3. 1.2. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari


Tovar-moddiy zaxiralar auditini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat:
aksiyadorlik jamiyatlari moliya-xo‘jalik jarayonlarida tovar-moddiy zaxiralarning mohiyati va ahamiyatini tadqiq etish;
tovar-moddiy zaxiralarni tan olish, baholash va ularga oid axborotlarni moliyaviy hisobotlarda ochib berish jarayonini tadqiq etish;
tovar-moddiy zaxiralarning tahliliy hisobini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
tovar-moddiy zaxiralarning omborda, ishlab chiqarishda va boshqa xo‘jalik jarayonlaridagi holatiga to‘g‘ri baho berish maqsadida inventarizatsiyani o‘tkazishni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
tovar moddiy zaxiralar auditida dalillarining ishonchliligi va mosligini baholash mezonlarini ishlab chiqish;
tovar-moddiy zaxiralar auditini o‘tkazish jarayonini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
tovar-moddiy zaxiralar auditi bo‘yicha ichki nazorat savolnomasini takomillashtirish yuzasidan takliflar berish.

4. 1.3. Tadqiqotning asosiy muammolari va savollari


Dissertatsiya mavzusi doirasida quyidagi savollarga aniq javoblar olish uchun tadqiqot olib boriladi:

  • Tovar –moddiy zaxiralari auditining tashkiliy va uslubiy asoslari

  • Tovar- moddiy zaxiralari auditini o‘tkazishning uslubiy jihatlarini takomillashtirish;

  • Xujalik sub’yektlarining tovar –moddiy boyliklarini auditini amalga oshirish masalalari.

5. 1.4. Tadqiqot ob’ekti va predmeti


Sifatida «O‘zdonmahsulot» AK tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati olingan. Tadqiqotning predmeti aksiyadorlik jamiyatlarida tovar-moddiy zaxiralar auditini takomillashtirish jarayonida vujudga keladigan moliyaviy munosabatlar majmui hisoblanadi.

6. 1.5. Tadqiqot natijalarining ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati


Tovar-moddiy zaxiralar hisobini xalqaro standartlar talablariga moslashtirish maqsadida buxgalteriya hisobida 1091-«Bir yillik o‘simliklar» ishchi schotini kiritish zarurligi ilmiy asoslangan;
2840-«Xaridorlardan qaytgan tayyor mahsulotlar» va 2991-«Xaridorlardan qaytgan tovarlar» ishchi schotlarini hisob siyosatiga kiritish taklif etilgan;
tovar-moddiy zaxiralar auditi bo‘yicha ichki nazorat savolnomasini tuzishda COSO modelini qo‘llash zarurligi ilmiy asoslangan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati ishlab chiqilgan takliflar aksiyadorlik jamiyatlarida tovar-moddiy zaxiralar auditining nazariy va tashkiliy–uslubiy jihatlarini xalqaro amaliyot tajribalaridan kelib chiqqan holda takomillashtirishga xizmat qilishi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan aksiyadorlik jamiyatlarida tovar-moddiy zaxiralar auditi jarayonida qo‘llaniladigan usullarni tizimlashtirish va asoslashda, tovar-moddiy zaxiralar xususidagi axborotlarni hisobotda ishonchli aks ettirishda, moliyaviy hisobot ma’lumotlarini shakllantirishda tovar-moddiy zaxiralar auditini o‘tkazishda yo‘riqnoma sifatida xizmat qilishi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tovar-moddiy zaxiralar auditini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida ijobiy baholandi.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
tovar-moddiy zaxiralarga doir axborotlarni moliyaviy hisobotda ochib berish yo‘nalishlari taklif etilgan;
tovar-moddiy zaxiralarning omborda, ishlab chiqarishda va boshqa xo‘jalik jarayonlarida saqlash va foydalanish holatiga to‘g‘ri baho berish maqsadida inventarizatsiyaning samarali usullari taklif etilgan;
auditorlik tekshiruvlarini tizimli tashkil etish maqsadida tovar-moddiy zaxiralar auditini o‘tkazishning to‘rtta bosqichi taklif etilgan;
tovar moddiy zaxiralar auditida dalillarining ishonchliligi va mosligini baholash mezonlari taklif etilgan.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin