Tovar-moddiy zaxiralar auditini o‘tkazish rejalashtirish jarayonidan boshlanadi. Tovar-moddiy zaxiralar auditini rejalashtirish auditorlik tekshiruvining muhim yo‘nalishlarini aniqlash imkonini beradi. Auditorlik tekshiruvini o‘tkazishga ilmiy yondashuv tovar-moddiy zaxiralar auditini o‘tkazish uchun asosiy yondashuvlar va bosqichlar ketma-ketligini tanlashga imkon beradi.
Tovar-moddiy zaxiralar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Aktivlarning mazkur toifasi ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxida muhim salmoqni tashkil etadi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlarning tannarxini pasaytirishda tovar-moddiy zaxiralar hisobi va auditini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida materiallar, inventarlar va xo‘jalik buyumlari hisobi hamda auditining me’yoriy asoslarini quyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar ta’minlaydi:
Tijorat banklari faoliyatini uzoq muddatli kredit qo‘yilmalari ulushining o‘sishi va buning uchun ichki manbalarni jalb etish nuqtai nazaridan baholash zarurligi. Mamlakatimizning raqobatdoshligini oshirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish jarayonlarini chuqurlashtirish siyosatini davom ettirish. Iqtisodiyotimizni tarkibiy o‘zgartirish va diversifikasiya qilish bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlar. Qabul qilingan tarmoq dasturlarini qayta ko‘rib chiqish, ularga tuzatishlar kiritish va jadal amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rishda e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan jihatlar. Asosiy etakchi sohalarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikasiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borish – ustuvor vazifa. Dunyodagi mashhur va nufuzli kompaniyalar, moliya institutlari, investitsiya fondlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi hamkorligi. Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi savdo oqimining ma’lum qismini mamlakatimizdagi tranzit yo‘nalishlariga burish orqali transport va tranzit xizmati hajmini oshirish, mavjud infratuzilma negizida logistika markazlarini tashkil etish Lekin boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga oshirish uchun nafaqat resurslarga ega bo‘lish va ularning sarflanish me’ѐriy darajasini to‘g‘ri belgilash, balki mahsulotni ishlab chiqarish uchun resurslarni eng qulay va oqilona nisbatini belgilash, ya’ni mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun sarflarning tarkibiy tuzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bilish juda zarurdir.
Bundan xulosa qilish mumkinki, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladigan xarajatlar iqtisodiy mazmuniga muvofiq quyidagi xarajat elementlariga bo‘linadi:
ishlab chiqarish moddiy xarajatlari;
ishlab chiqarish tusidagi mehnatga haq to‘lash xarajatlari;
ishlab chiqarishga oid ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;
ishlab chiqarish ahamiyatidagi asosiy vositalar va nomoddiy aktivid amartizatsiya ajratmalari;
ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar.
Bulardan tashqari xarajatlarni baholash usullari to‘g‘risida ham tushuncha hosil qilish lozim.
Tegishli tasdiqlangan me’ѐrlarga asosan ro‘ѐbga chivqadigan sarflarni boholash me’ѐriy sarflar tizimi deyiladi. Ushbu tizimni tadbiq qilishning boshlang‘ich bosqichida tegishli sarflarni baholash uchun, ular avvalo to‘g‘ri va egri, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan xarajatlarga bo‘linar edi. Mavjud baholash tizimi «Standart-kost» usuli deb yuritiladi va shu tartibda xarajatlarning hisobi yuritilganda haqiqatdan ishlab chiqarish jaraѐnida aniqlangan farqlar me’ѐrdan bevosita ortiqcha sarf va bahoning o‘zgarishi deb baholanar edi. Hozirgi davrdagi xarajatlarni baholash usuli to‘g‘ri sarflar uchun standartlarni va egri xarajatlar uchun esa smetani nazarda tutadi. Ushbu tizimning imkoniyatlari kengaytirilsa, kutilaѐtgan me’ѐriy xarajatlarni haqiqatdagi mavjud ishlab chiqarish quvvatiga taqqoslash usuli bilan usullarni baholash imkoniyatini yaratadi.
Shu bilan bir vaqtda bilvosita sarflarni o‘zi doimiy va o‘zgaruvchi qismlardan tashkil topgan. Natijada bilvosita xarajatlarni haqiqatdagi ishlab chiqarish hajmiga taqqoslab hisoblash imkoniyatini yaratadi.
Ushbu me’ѐrlarni asosan xarjatlarni baholash tizimi sub’ektning resurslardan foydalanish darajasini ѐritadi va boshqaruv qarorlarini qabul qilishni yengillashtiradi.
«Qisman xarajatlar bo‘yicha tannarxni baholash tartibi sarflangan to‘g‘ri xarajatlarni qoplash uchun mo‘ljallangan. Ushbu tizimning mohiyati quyidagicha: to‘g‘ri sarflar tayѐr mahsulotning tannarxiga qo‘shiladi va egri xarajatlar esa qaysi davrda sarflangan bo‘lsa, o‘sha davrning yalpi foydasi hisobidan qoplanadi. Agarda sotilgan tayѐr mahsulotdan olingan daromad summasidan ushbu mahsulotga sarflangan o‘zgaruvchan xarajatlar chegirilsa qolgan summani yalpi foyda deyiladi»21.
Mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan jamiki xarajatlardan tashkil topgan xarajatlarni hisobga oluvchi ob’ektlarga sarflangan to‘g‘ri xarajatlar va ushbu ob’ektga olib beriladigan egri xarajatlarni tegishli ulushidan tashkil topgan to‘liq tannarx hisoblanadi. Ushbu egri xarajatlar ikki bosqichda: javobgarlik markazlari va tayѐr mahsulotlarga oldindan tanlangan asoslar va hisoblangan koeffitsentlarga asoslangan holda tasdiqlanadi.
Ushbu taqsimot ishlab chiqarishning hajmi va uning tugallangan va tugallanmagan qismiga bo‘linib amalga oshiriladi.
Ikki xil taqsimot va tugallanmagan ishlab chiqarishning hajmi va uni baholash bilan bog‘liq xarajatlarni shartli hisoblash tannarxini noto‘g‘ri hisoblashga olib keladi. Ushbu tartibda xarajatlarni baholash qarorlarini to‘g‘ri qabul qilishga ѐrdam bermaydi. Chunki, to‘liq tannarx sarflarni baholash uchun ishlatiladigan asosiy ko‘rsatkichdir.
To‘liq tannarx bo‘yicha baholash tizimini takomillashtirish muqobil xarajatlarning miqdorini baholash tartibidir. Ushbu usulning farqli tomonlari muqobil baho oldining foydalanishi hisoblanadi. Chunki, ushbu o‘rtacha va o‘zgarmas baholar mahsulot tannarxining asosini tashkil qiladigan xom-ashѐ va materiallar, texnologik ѐnilg‘i, energiya va hisoblangan bilvosita xarajatlarning rejadagi baqaror darajasi bo‘lgan bilvosita xarajatlarning rejadagi yillik summasi va ishlab chiqarishning rejadagi hajmi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
Boshqaruvni takomillashtirish va xarajatlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtidagi buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, shuningdek moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish ustidan qattiq nazoratni tashkil etish, ishlab chiqarishga taalluqli bo‘lmagan xarajatlarni har tomonlama kamaytirish mahsulot tannarxini pasaytirishning eng muhim yo‘llaridan biri hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari to‘g‘risidagi axborotni shakllantirishning yagona prinsiplarini ta’minlash uchun davlat tomonidan mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni belgilash, daromad va xarajatlarni guruhlarga ajratish, korxonalar faoliyati turi, mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qati nazar ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishning umumiy tartibi belgilangan.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiritiladi.
Ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shiladigan xarajatlar – bular ishlab chiqarish ѐki mahsulot (ishlar va xizmatlar)ni qaytadan ishlash jaraѐnida foydalaniladigan tabiiy resurslar, xom ashѐlar, materiallar, ѐqilg‘ilar, energiyalar, asosiy vositalar, mehnat resurslari, shuningdek ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarning qiymat bahosidir.
Bularga bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar kiradi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi:
-ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);
-ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari;
-ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;
-asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
-ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Shunday qilib, ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. Bu o‘z navbatida, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobi bo‘yicha quyidagi vazifalarni hal etish imkoniyatini beradi: ishlab chiqarishga qilingan haqiqiy xarajatlarni o‘z vaqtida, to‘liq va ishonchli aks ettirish, har bir mahsulot va xizmatlar haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilish, shuningdek moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni tejash va oqilona foydalanish ustidan nazorat qilish.
Shu vazifalar munosabati bilan va ichki xo‘jalik hisobini tashkil etish va nazorat qilish maqsadida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
tannarxga nisbatan to‘g‘ri va ustama (bilvosita);
mahsulot, ishlar va xizmatlar turlari bo‘yicha;
xarajatlarni vujudga kelish joylari (ishlab chiqarishlar, sexlar, uchastka va sh.k.) bo‘yicha;
xarajat turlari (elementlari va moddalari) bo‘yicha.
Dastlabki hujjatlarga asosan ma’lum bir mahsulot (ish, xizmat) larga o‘tkazish mumkin bo‘lgan xarajatlar (materiallar, ishchilarning ish haqlari va b.) to‘g‘ri xarajatlar hisoblanadi. Ustama, yoki egri (bilvosita) xarajatlar (ѐritish, isitish, mashina va uskunalarning ishlari va boshqalar) bir vaqtning o‘zida barcha ishlar, xizmatlar va mahsulotlarga tegishlidir. Ular ishlar, xizmatlar va mahsulotlarga oy oxirida ma’lum ko‘rsatkichlarga mutanosib taqsimlab o‘tkaziladi.
Iqtisodiy elementlari bo‘yicha xarajatlarga moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymatini chiqarib tashlagan holda), mehnatga haq to‘lash xarajatlari, ijtimoiy sug‘urta va pensiya fondiga ajratmalar, asosiy fondlar amortizatsiyasi va boshqa xarajatlar kiradi. Bu elementlarning har biri bo‘yicha xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda) to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli schѐtlarda guruhlanadi. Chunonchi, materiallar 10 «Materiallar» schѐti bo‘yicha ochilgan tegishli schѐtlar (1010 – 1090- schѐtlar) ning kreditida aks ettirilib, tegishli schѐtlar debetlanadi.
Bu sarflangan materiallarni xo‘jalik jaraѐnlari o‘rtasida taqsimlash imkoniyatini beradi, mehnat haqi xarajatlari esa korrespondentlanuvchi schѐtlar bo‘yicha 6710 «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob - kitoblar» schѐtining kreditida aks ettiriladi. Ijtimoiy sug‘urta va pensiya fondiga qilingan ajratmalar summasi 6520 «Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar» schѐtining kreditida ko‘rsatiladi, asosiy vositalarning eskirishi esa – asosiy vositalarning turlariga qarab 02- schѐt bo‘yicha ochilgan tegishli schѐtlar (0211 - 0299schѐtlar)ning kreditida aks ettiriladi va korrespondentlanuvchi schѐtlar bo‘yicha xo‘jalik jaraѐnlari o‘rtasida taqsimlanadi; boshqa xarajatlar summasi 5010- «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari», 5110- «Hisob - kitob schѐti», 6010- «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schѐtlar», 4400 «Xodimlarga berilgan bo‘naklar hisobi» schѐti bo‘yicha ochilgan tegishli (4410 - 4490) schѐtlar va boshqa schѐtlarning kredit oborotlari ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobining schѐtlar tizimi barcha xarajatlarni iqtisodiy elementlari bo‘yicha hisobga olish va ularni xo‘jalik jaraѐnlari orasida taqsimlashni ta’minlaydi. Lekin xarajatlar sodir bo‘lgan joylari bo‘yicha xarajatlar tarkibi ustidan nazorat qilish va mahsulot tannarxini hisoblash uchun ishlab chiqarish jaraѐnida faqat nima sarflanganini emas, balki bu xarajatlar qanday maqsadlarga (qaerga, nimaga) qilinganligini bilish zarur, ya’ni xarajatlarni yo‘nalishi bo‘yicha, ularni texnologiya jaraѐnlari bo‘yicha hisobga olish zarur.
Xarajatlarni bunday hisobga olish tannarxni tarkibiy qismlari bo‘yicha va mahsulotning ayrim turlari bo‘yicha tahlil qilish imkoniyatini beradi.