Moliy a viy tahlil va audit


-chizma. Xom-ashyo va materiallarni tekshirish ketma-ketligi



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə8/28
tarix22.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#134211
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
4-chizma. Xom-ashyo va materiallarni tekshirish ketma-ketligi
Xom-ashyo va materiallarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish buxgalteriya hisobotida katta xatolarga yo‘l qo‘yish xavfini kamaytiradi. Shuning uchun, xom-ashyo va materiallarni tekshirishni boshlashdan oldin auditor eng ko‘p uchraydigan qoidabuzarliklarni aniqlashi va shuni hisobga olgan holda zarur tekshiruv amallarini tanlashi kerak.

5-chizma. Auditor fikrining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar
«Dunyo-M» korxonasi xom-ashyo va materiallar qoldiqlarini aks ettirish va sotilgan mahsulot tannarxini hisoblashning to‘g‘riligiga ta’sir qiluvchi muomalalar quyidagilar natijasida yuzaga keladi:
a) buxgalteriya hisobotining buzilishi:
oldingi davrlarda hisobdan o‘chirilgan, hamda foydalilik xususiyatlarini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan moddiy qiymatliklar inventarizatsiya ma’lumotlariga qo‘shilishi; yo‘ldagi yoki sotilib bo‘lingan ikki marta hisobga olish;
uchinchi shaxslar omborida saqlanayotgan ishlab chiqarish zahiralari qoldig‘ining oshirib ko‘rsatilishi; komissiyaga qabul qilingan ya’ni balansdan tashqari schotlarda hisobda turgan xom-ashyo va materiallarham inventarizatsiya ma’lumotlariga qo‘shilishi va shunga o‘xshash;
b) suiste’mol qilishlar:
korxonaning bir necha xodimlari hatti-harakati yoki saqlash ustidan yetarli nazorat o‘rnatilmaganligi oqibatida qiymatliklarning o‘g‘irlanishi;
olingan hujjatlarda ko‘rsatilganidan kam yoki sifatsiz bo‘lsa, ularni qabul qilish uchun mas’ul shaxslarning mol yetkazib beruvchilardan pora (pul yoki sovg‘a ko‘rinishidagi buyum) olish hollari;
haqiqatda yo‘q xaridorlarning rekvizitlarini ko‘rsatish yo‘li bilan jo‘natish hujjatlarini qalbakilashtirish.
Yuqorida ko‘rsatilganidek, hisobot davri davomida to‘liq yoki to‘g‘ri aks ettirilmaganligi sababli yil oxirida zahiralar oshirib yoki pasaytirib ko‘rsatilishi mumkin.
Xaridlar quyidagi ikkita holning bittasi sababli pasaytirib ko‘rsatilishi mumkin.
1) Muomalalarni hisobda aks ettirmaslik. Bunday muomalalar kreditor qarzlarni tekshirish chog‘ida aniqlanishi mumkin. Masalan, buxgalteriya hisobi registrlaridagi yozuvlarni taqdim qilingan, olingan moddiy qiymatliklar uchun mol yetkazib beruvchilarga to‘langanlikni isbotlovchi schotlar, shartnomalar, isbotlovchi pul hujjatlari ma’lumotlari bilan solishtirib, auditor ayrim schotlarning buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirilmay qolganligini aniqlashi mumkin.
2) Muomalalar noto‘g‘ri turkumlangan. Xom-ashyo va materiallarning sotib olish qiymati ularni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlardan iborat. Lekin, bunday sarflarning bir qismi yoki ayrim turlari (masalan, sotib olinayotgan xom ashyoning sifatini aniqlashga doir ekspert xizmati qiymati) xom-ashyo va materiallarqiymatiga qo‘shilmasdan, birdaniga sarflarga olib borilgan bo‘lishi mumkin.
Xaridlar hajmi qalbaki xaridlar yoki muomalalarni aks ettirish kabi xarajatlar noto‘g‘ri turkumlangan hollarda oshirib ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Bunday faktlarni aniqlash uchun xarajatlarni tanlab tekshirish va zarur analitik amallarni bajarish lozim.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin