Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar



Yüklə 267,6 Kb.
səhifə24/69
tarix02.06.2023
ölçüsü267,6 Kb.
#122051
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69
3336 26.11.2021 (1)

Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yil muddatgacha bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalar (mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, lizing va sug‘urta kompaniyalari)ga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
(13201-pozitsiyaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 8-iyuldagi 14/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3377, 01.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2022-y., 10/22/3377/0696-son)
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13205 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqning ta’rifi: bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalar (mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, lizing va sug‘urta kompaniyalari)ga berilgan muddatida to‘lanmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
(13205-pozitsiyaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 8-iyuldagi 14/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3377, 01.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2022-y., 10/22/3377/0696-son)
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 13201, 13209, 15401, 15405 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 13299 hisobvaraqdan chiqarilgan hamda qarzdorlar tomonidan to‘langan qarzlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13209 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalar (mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, lizing va sug‘urta kompaniyalari)ga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
(13209-pozitsiyaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 8-iyuldagi 14/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3377, 01.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2022-y., 10/22/3377/0696-son)
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 13201 va 13205 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 13299 hisobvaraq hisobidan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13299 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” (kontr-aktiv)
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmasligi mumkin bo‘lgan, bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalar (mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, lizing va sug‘urta kompaniyalari)ga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
(13299-pozitsiyaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 8-iyuldagi 14/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3377, 01.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2022-y., 10/22/3377/0696-son)
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13300 Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar
13301 Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‘allani yetishtirish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar

Yüklə 267,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin