Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar



Yüklə 267,6 Kb.
səhifə32/69
tarix02.06.2023
ölçüsü267,6 Kb.
#122051
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   69
3336 26.11.2021 (1)

Oldingi tahrirga qarang.
19951 Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasi Valyuta birjasi bilan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning O‘zbekiston Respublikasi Valyuta birjasidan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning O‘zbekiston Respublikasi Valyuta birjasidan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning O‘zbekiston Respublikasi Valyuta birjasidan kelib tushgan mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(19951-pozitsiya O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
19995 Sud jarayonidagi boshqa aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning sud jarayonidagi aktivlari hisobi olib boriladi (bankning javobgar shaxsi tomonidan yetkazilgan moddiy zararlar, mijozlarning hisobvaraqlaridan noqonuniy berilgan pul mablag‘lari natijasidagi overdraftlar va boshqalar).
Hisobvaraqning debetida sud jarayoni sababli qayta tasniflangan, tegishli asosiy hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan aktivlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida undirilgan va/yoki zararlarni qoplash zaxirasi hisobiga 19999 hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan aktivlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aktiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19997 Boshqa aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan tasnifga mos tushmaydigan aktivlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida aktivlar qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan, sotilgan yoki dispozitsiya qilingan aktivlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob aktivlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19999 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa aktivlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: alohida “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘i ko‘zda tutilmagan aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning bekor qilingan va/yoki kamayish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aktiv turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Yüklə 267,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin