Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar



Yüklə 267,6 Kb.
səhifə31/69
tarix02.06.2023
ölçüsü267,6 Kb.
#122051
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69
3336 26.11.2021 (1)

Oldingi tahrirga qarang.
17500 Hukumat hisobvaraqlari
(17500-pozitsiya O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
17515 Respublika budjeti — Maxsus xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Respublika budjeti hisobidan maxsus xarajatlar uchun ajratilgan mablag‘lar summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida Respublika budjeti hisobidan 23416 hisobvaraqdagi mablag‘lar qoldig‘i doirasida maxsus xarajatlar uchun ajratilgan to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Respublika budjeti hisobidan maxsus xarajatlar uchun ajratilgan mablag‘larning o‘rnini to‘ldirish uchun kelib tushgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Respublika budjeti hisobidan maxsus maqsadlar uchun mablag‘lar ajratilgan har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17700 Standart deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha zaxira (kontr-aktiv)
17701 Standart deb tasniflangan kreditlar, lizing va faktoring bo‘yicha zaxira (kontr-aktiv)
17703 Standart deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlariga yaratilgan zaxira (kontr-aktiv)
17705 Standart deb tasniflangan boshqa aktivlar bo‘yicha yaratilgan zaxira (kontr-aktiv)
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: Standart deb tasniflangan kreditlar, lizing va faktoring, aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari, boshqa aktivlar bo‘yicha yaratilgan zaxira (kontr-aktiv) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(17700, 17701, 17703 va 17705-pozitsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
19900 Boshqa aktivlar
19901 Mayda xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: o‘rnatilgan tartibda mayda xarajatlar uchun beriladigan hisobdorlik summalari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida mayda xarajatlar uchun hisobdorlik sifatida berilgan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida foydalanilmagan mablag‘larning qaytarilishi, shuningdek hisobdorlikdagi summalarning qoplanishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir hisobdor shaxs bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19903 Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning hisobvaraqlariga kirim qilinishi lozim bo‘lgan inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarning summasi hisobga olinadi. Kun oxirida ushbu hisobvaraqda qoldiq bo‘lmasligi kerak.
Hisobvaraqning debetida qayta hisoblanguncha mijozlarning hisobvaraqlariga yoki 29804 hisobvarag‘iga oldindan kirim qilinadigan inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarning summasi, shuningdek inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarning qayta hisoblashdan keyin aniqlangan ortiqcha mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta hisoblashdan keyin kassaga qabul qilingan pul tushumlari va cheklarning summasi, shuningdek qayta hisoblash vaqtida aniqlangan o‘z mijozlarining hisobvaraqlaridan yoki 29804 hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan kamomad summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
19905 Qaytarilgan cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan yaroqsiz (buzilgan) deb topilgan va aniqlanish jarayonidagi inkasso qilingan cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan yaroqsiz deb hisoblangan cheklar va boshqa to‘lov hujjatlarining summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida aniqlik kiritilgandan keyingi cheklar va boshqa to‘lov hujjatlarining summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob cheklar va to‘lov hujjatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19907 Xizmatlar uchun oldindan to‘langan xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: ko‘rsatilgan xizmatlar uchun oldindan to‘langan xarajatlar (pochta, telegraf, telefon aloqasi, Axborotlashtirish bosh markazi, suv, elektr energiyasi, gaz, ta’mirlash va boshqalar uchun avans) to‘lovlari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun oldindan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida xizmatlar haqiqatda bajarilganda summalar to‘lanadi va hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma va/yoki har bir xo‘jalik subyekti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19908 Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Bank xodimlari bilan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank xodimlariga xizmat safari xarajatlari uchun avanslar, ortiqcha hisoblangan ish haqi yoki mukofot (badal) tariqasida to‘langan mablag‘, javobgar shaxs tomonidan yetkazilgan zarar, shuningdek xodimlardan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida bank xodimlariga hisoblangan va to‘langan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan va to‘langan summalarni qoplash aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank xodimi uchun alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19909 Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar uchun
Hisobvaraqning ta’rifi: moddiy-tovar qimmatliklar (bu qoidaga muvofiq asosiy vositalar, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar uchun va boshqa moddiy-tovar qimmatliklar uchun avans to‘lovlaridir) uchun o‘tkaziladigan mablag‘lar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida moddiy-tovar qimmatliklar uchun o‘tkazilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida moddiy-tovar qimmatliklar omborga kirim qilinganda summalar to‘lanadi yoki hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma va/yoki har bir xo‘jalik subyekti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19910 Bankning mas’ul xodimlariga berilgan korporativ bank kartalaridan hisob-kitoblar uchun pul mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qonunchilik hujjatlarida belgilangan joriy to‘lovlari uchun mas’ul xodimlar orqali korporativ bank kartalaridan 29810 hisobvarag‘iga avans sifatida o‘tkazilgan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning qonunchilik hujjatlarida belgilangan joriy to‘lovlari uchun korporativ bank kartalaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mas’ul xodimlar orqali korporativ bank kartalaridan bankning xarajatlariga kiritilgan joriy to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bankning har bir mas’ul xodimi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19911 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmasligi mumkin bo‘lgan debitorlik qarzlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir debitor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19921 Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan olingan va omborda saqlanayotgan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar, shuningdek boshqa qimmatliklar, shu jumladan bankning bino va boshqa asosiy vositalarini ta’mirlash uchun mo‘ljallangan materiallar hisobi olib boriladi.
Hisobraqamning debetida sotib olingan va omborga kirim qilingan kam baholi va tez eskiruvchi predmetlar hamda boshqa qimmatliklarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobraqamning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki foydalanishga berilgan kam baholi va tez eskiruvchi predmetlar va boshqa qimmatliklarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob kam baholi va tez eskiruvchi predmetlar, shuningdek boshqa qimmatliklarning turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
19925 Oldindan to‘langan xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning kelgusi davr foydasi hisobiga oldindan to‘langan (1 yildan ortiq bo‘lmagan) xarajatlari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida bankning kelgusi davr foydasi hisobiga oldindan to‘langan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qaysi davrga taalluqli bo‘lsa, o‘sha davrning joriy xarajatlariga o‘tkazilgan, xarajatlarning amalda qoplangan summasi, shuningdek hisoblangan amortizatsiya summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob xarajatlar turi va har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19929 Boshqa muddati uzaytirilgan xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: joriy davrda oldindan to‘langan, lekin kelgusi (1 yildan ortiq) davr xarajatlari hisoblanadigan va qabul qilinadigan xarajatlar hisobga olinadi. Bunga ijara bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari, nashrlarga obuna to‘lovlari hamda mulk sug‘urtasi to‘lovlari va h.k. kiradi.
Hisobvaraqning debetida bankning oldindan to‘langan kelgusi davr xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida oldindan to‘langan mablag‘larning xarajatlar hisobvaraqlariga debetlash orqali amortizatsiya qilingan qismining summasi, shuningdek ularning qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob xarajatlar turi va har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19931 Muddati uzaytirilgan soliqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi budjetiga va budjetdan tashqari fondlariga oldindan bo‘nak tariqasida to‘langan soliqlar, yig‘imlar, ajratmalar hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraqda muddati uzaytirilgan soliq talablarining ham hisobi yuritiladi. Muddati uzaytirilgan soliq talablari bu — joriy davrning soliqqa tortiladigan daromadi(foydasi)ga kiritilib, vaqtinchalik farqlar mavjud bo‘lgani sababli kelgusi davrda qoplanadigan, lekin kelgusi davr soliqqa tortiladigan daromad(foyda)ni aniqlashda chegirib tashlanadigan daromad (foyda) solig‘idir. Bu — buxgalteriya balansidagi foyda bilan soliqqa tortiladigan foyda o‘rtasidagi farqdir.
Hisobvaraqning debetida oldindan to‘langan soliqlar va soliq talablari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida xarajatlarning mos hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob soliq, yig‘im, ajratmalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19933 Muddati uzaytirilgan soliqlar bo‘yicha baholangan zaxira (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: muddati uzaytirilgan soliq talablaridan olinadigan nafni to‘la o‘zlashtirish uchun mavjud soliqqa tortiladigan foyda yetarli bo‘lmagan hollarda, muddati kechiktirilgan soliq talablarini tiklash maqsadida qayta ko‘rib chiqish natijasida yaratiladigan zaxira hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida yaratilgan zaxira va/yoki zaxiraning ko‘paygan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan zaxira va/yoki zaxiraning kamaygan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob soliq, yig‘im, ajratmalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19934 Pul o‘tkazmalari bo‘yicha jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: xalqaro pul o‘tkazmalarining shartlari bo‘yicha jismoniy shaxslarga amalga oshirilgan to‘lovlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarga berilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida amalga oshirilgan o‘tkazmalar bo‘yicha qoplangan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob pul o‘tkazmalarining turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19935 Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan kamomad
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning hisobdor kassirlariga berilgan naqd pullarni qayta sanashda aniqlangan kamomadlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida kamomadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kamomadlarning kelib chiqish sabablari o‘rganilgandan keyin qoplangan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19939 Olinadigan dividendlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilgan xususiy kapitali yoki kreditlar bo‘yicha hisob-kitoblarda sotib olingan aksiyalari bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan dividendlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olinadigan hisoblangan dividendlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan olingan dividendlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob emitentlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19941 Tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi mablag‘lari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi mablag‘lari hisobidan yoki boshqa aktivlar bilan qoplangan tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklarning mablag‘lari summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19945 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi mablag‘lar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan, tugatilgan bank yoki tugatilayotgan banklardagi undirilmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan zaxira hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning bekor qilingan va/yoki kamayish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19949 Muzlatilgan aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklarda bo‘lgan, lekin ba’zi huquqiy va siyosiy sabablarga ko‘ra foydalanishga qisman yoki umuman ruxsat bo‘lmagan bank aktivlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklarda bo‘lgan, lekin ba’zi huquqiy va siyosiy sabablarga ko‘ra foydalanishga qisman yoki umuman ruxsat bo‘lmagan bank aktivlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankka qaytarilgan aktivlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir harakatsiz aktiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Yüklə 267,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin