Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar



Yüklə 267,6 Kb.
səhifə29/69
tarix02.06.2023
ölçüsü267,6 Kb.
#122051
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69
3336 26.11.2021 (1)

Oldingi tahrirga qarang.
15609 Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga berilgan lizing
(15609-pozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
15611 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan lizing
15613 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan lizing
15615 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan lizing
Yuqorida ko‘rsatilgan hisobvaraqlar o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan berilgan lizing hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida lizing bo‘yicha sof investitsiya summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida asosiy qarz so‘ndirilganda kelib tushgan pul mablag‘lari, shuningdek 15617 va 15619 hisobvaraqlariga hamda Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa hisobvaraqlarga o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir lizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15617 Muddati o‘tgan lizing
Hisobvaraqning ta’rifi: lizing bo‘yicha muddati o‘tgan qarz hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 15601, 15603, 15605, 15607, 15609, 15611, 15613 va 15615 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan lizing bo‘yicha asosiy qarz summasi bo‘yicha vujudga kelgan muddati o‘tgan qarz summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida lizing oluvchi yoki uchinchi shaxs tomonidan to‘langan qarz summasi, qayta tasniflangan, boshqa toifaga o‘tkazilgan va/yoki 15699 hisobvaraqni debetlash orqali hisobdan chiqarilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir lizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15619 Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan lizing
Hisobvaraqning ta’rifi: lizing shartnomasi va unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan lizing hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 15601, 15605, 15607, 15609, 15611, 15613 va 15615 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan lizing summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida lizing bo‘yicha to‘langan qarz summasi, qayta tasniflangan/yoki 15699 hisobvaraqni debetlash orqali hisobdan chiqarilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir lizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15699 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Lizing
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan lizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir lizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15700 Sud yoki ijro ishi yuritish jarayonidagi kreditlar va lizing
15701 Sud yoki ijro ishi yuritish jarayonidagi yuridik shaxslarga berilgan kreditlar
15703 Sud yoki ijro ishi yuritish jarayonidagi jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar
15705 Sud yoki ijro ishi yuritish jarayonidagi lizing
15707 Sud yoki ijro ishi yuritish jarayonidagi yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan kreditlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: sudga da’vo kiritilgan, ijro ishi yuritish jarayonida bo‘lgan kredit va lizing (shu jumladan, overdraft va mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, sud yoki ijro ishi yuritish jarayonida bo‘lganligi sababli asosiy kredit va lizing hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan kreditlar va lizing summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida undirib olingan va/yoki 15799 hisobvaraqdagi zaxiralar hisobidan qoplangan kreditlar va lizing summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit va lizing shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15799 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Sud yoki ijro ishi yuritish jarayonidagi kreditlar va lizing (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, sudga da’vo kiritilgan, ijro ishi yuritish jarayonida bo‘lgan kredit va lizing (shu jumladan overdraft va mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxira hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflanib ko‘rib chiqilayotgan kreditlar va lizing bo‘yicha ehtimoliy zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan tegishli zaxira hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘larning va/yoki zaxiraning o‘sish summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit va lizing shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15800 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, birgalikdagi korxonalarga va shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar
15801 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar — Moliyaviy institutlar
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy institut bo‘lgan qaram xo‘jalik jamiyatlarining xususiy kapitaliga, shu jumladan ulushli qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiya qiymatining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiyaning, uni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini qo‘shgan holdagi summasi va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar qiymati hamda bankning qaram xo‘jalik jamiyati foydasidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining oshish summasi va investitsiya obyekti bilan o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini ko‘paytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan investitsiya summasi, shuningdek bankning qaram xo‘jalik jamiyati zararidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining kamayish va olinishi lozim bo‘lgan dividendlar summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini kamaytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Moliyaviy institut hisoblangan har bir qaram xo‘jalik jamiyati bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
15805 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar — Boshqalar
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy institut bo‘lmagan qaram xo‘jalik jamiyatlarining xususiy kapitaliga, shu jumladan ulushli qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiya qiymati hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiyaning, uni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qo‘shgan holda summasi va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraq o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar qiymati hamda bankning qaram xo‘jalik jamiyati foydasidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining oshish summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini ko‘paytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan investitsiya summasi, shuningdek bankning qaram xo‘jalik jamiyati zararidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining kamayish va olinishi lozim bo‘lgan dividendlar summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini kamaytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob moliyaviy institut bo‘lmagan har bir qaram xo‘jalik jamiyati bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
15809 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiya — Moliyaviy institutlar
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy institut bo‘lgan, birgalikda nazorat qilinuvchi faoliyatga, birgalikda boshqariladigan xo‘jalik jamiyatlarining aktivlariga yoki xususiy kapitaliga qilingan investitsiya qiymati hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiyaning, uni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini qo‘shgan holda summasi va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar qiymati hamda bankning birgalikda boshqariladigan xo‘jalik jamiyati foydasidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining oshish summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini ko‘paytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan investitsiya summasi, shuningdek bankning birgalikda boshqariladigan xo‘jalik jamiyati zararidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyaning kamayish va olinishi lozim bo‘lgan dividendlar summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini kamaytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob moliyaviy institut hisoblangan birgalikda boshqariluvchi xo‘jalik jamiyatlarining har biri bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
15813 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiyalar — Boshqalar
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy institut bo‘lmagan, birgalikda nazorat qilinuvchi faoliyatga, birgalikda boshqariluvchi xo‘jalik jamiyatlarining aktivlariga yoki xususiy kapitaliga qilingan investitsiya qiymati hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiyaning, uni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini qo‘shgan holda summasi va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar qiymati hamda bankning birgalikda boshqariladigan xo‘jalik jamiyati foydasidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining oshish summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini ko‘paytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan investitsiya summasi, shuningdek bankning birgalikda boshqariladigan xo‘jalik jamiyati zararidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining kamayish va olinishi lozim bo‘lgan dividendlar summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini kamaytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob moliyaviy institut hisoblanmagan birgalikda boshqariluvchi xo‘jalik jamiyatlarining har biri bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
15817 Shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar — Moliyaviy institutlar
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy institut bo‘lgan shu’ba xo‘jalik jamiyatlarining xususiy kapitaliga, shu jumladan ulushli qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiya qiymati hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiya qilingan mablag‘larning, uni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini qo‘shgan holda summasi (investorning sof aktivlardagi ulushining haqiqiy qiymatidan oshmagan summaga) va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan investitsiya summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob moliyaviy institut bo‘lgan har bir shu’ba xo‘jalik jamiyati bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
15821 Shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar — Boshqalar
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy institut bo‘lmagan shu’ba xo‘jalik jamiyatlarining xususiy kapitaliga, shu jumladan ulushli qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiya qiymati hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiya qilingan mablag‘larning, uni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini qo‘shgan holda summasi (investorning sof aktivlardagi ulushining haqiqiy qiymatidan oshmagan holda) va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan investitsiya summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob moliyaviy institut bo‘lmagan har bir shu’ba xo‘jalik jamiyati bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
15827 Tijorat banklari tomonidan strategik investorlarga korxonalarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotish
Hisobvaraqning ta’rifi: tijorat banklari tomonidan sotiladigan korxonalar, ularning ustav fondlaridagi ulushlar, avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlari negizida yangidan tashkil etilgan korxonalar bo‘yicha sotib olish to‘lovlarini salohiyatli investorlar tomonidan bir yo‘la yoki sotib olish summasining qoldig‘iga foizlar hisoblamasdan bo‘lib-bo‘lib to‘lash, shuningdek sotib olish to‘lovlari to‘liq to‘langunga qadar tasarruf etish huquqisiz amalga oshirishning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bo‘lib-bo‘lib to‘lashga realizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan korxonalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bo‘lib-bo‘lib to‘lashga realizatsiya qilinayotgan korxonaning to‘langan qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bo‘lib-bo‘lib to‘lashga realizatsiya qilish jarayonida turgan har bir korxona turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15899 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, birgalikdagi korxonalarga va shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar (kontr-aktiv)
Hisobvaraq ta’rifi: investitsiya qadrsizlanishi natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplashga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraq kreditida yaratilgan zaxira mablag‘larining va/yoki zaxiraning o‘sish summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xo‘jalik jamiyati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
15900 Amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar
15901 Davlat xazina veksellari
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan chiqarilgan, amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida xarid qilingan xazina veksellari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan xazina veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan xazina veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob xazina veksellarining turlari va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
15905 Davlat obligatsiyalari
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan chiqarilgan, amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida sotib olingan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlari (uzoq muddatli) hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlarining nominal qiymati va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan davlat obligatsiyalarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan davlat obligatsiyalarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlarining turlari va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
15909 Markaziy bankning obligatsiya va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida xarid qilingan Markaziy bankning obligatsiya va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan Markaziy bankning obligatsiya va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan yoki Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlari turlari va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
15911 Yevroobligatsiyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida xarid qilingan yevroobligatsiyalar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan, shuningdek Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan yevroobligatsiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan yoki Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan yevroobligatsiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob yevroobligatsiyalarning turlari, muddati va emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
15913 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida xarid qilingan korxona (tashkilot)ning qarz qimmatli qog‘ozlari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan korxona qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan qarz qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob korxona(tashkilot)larning obligatsiyalari va boshqa qarz majburiyatlarining turlari, muddati va emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
15923 Tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: tijorat banklarining amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan va qat’iy belgilangan daromad olish maqsadida xarid qilingan obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida tijorat banklarining xarid qilingan obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati, shuningdek Markaziy bankning normativ-huquqiy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan, tegishli hisobvaraqlardan mazkur hisobvaraqqa o‘tkazilgan qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida chiqib ketgan yoki Markaziy bankning normativ-huquqiy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan, tegishli hisobvaraqlarga o‘tkazilgan qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlarining turlari va muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15979 Boshqa qarz qimmatli qog‘ozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkumga mos tushmaydigan, amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida xarid qilingan boshqa qarz qimmatli qog‘ozlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan va Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan, boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati aks ettiriladi
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati bo‘yicha hamda emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15989 Amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish bo‘yicha xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: qarz qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlar (agent, maslahatchi, diler va brokerlarga to‘lanadigan mukofot va vositachilik haqi, nazorat organlari va fond birjalarining yig‘imlari hamda mablag‘ o‘tkazganlik uchun soliq va yig‘imlar va h.k.) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarning xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarning xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarining amortizatsiya qilingan summasi hamda sotilgan, qayta tasniflangan, o‘tkazilgan yoki hisobdan chiqarilgan qarz qimmatli qog‘ozlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15991 Amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarning xarid qiymati (sotib olish xarajatlari va agar mavjud bo‘lsa, sotib olingan foizlardan tashqari) bilan nominal qiymati o‘rtasidagi salbiy farq hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida diskont amortizatsiyasi hamda qimmatli qog‘ozlar sotilganda va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilganda diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarz qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan past bahoda xarid qilishdagi diskont summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15993 Amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot
Hisobvaraqning ta’rifi: amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarning xarid qiymati (sotib olish xarajatlari va agar mavjud bo‘lsa, sotib olingan foizlardan tashqari) bilan nominal qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan yuqori bahoda xarid qilishdagi mukofot summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mukofot amortizatsiyasi summasi hamda qimmatli qog‘ozlar sotilganda, qayta tasniflanganda va o‘tkazilganda va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilganda mukofot summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15999 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: ushbu hisobvaraqda qimmatli qog‘ozlarning qadrsizlanishi natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxira summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi hamda emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16100 Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar
16101 Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bosh bank va filiallar o‘rtasida yoki bir bank filiallari o‘rtasida bo‘ladigan naqd pul bilan bog‘liq operatsiyalarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22202 hisobvaraq o‘zaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida Bosh ofis/filiallarga naqd pul uchun berilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis/filiallarga to‘langan qarzlar, noto‘g‘ri o‘tkazilish natijasida qaytarilgan mablag‘lar summasi, shuningdek Bosh ofisda yopiladigan barcha o‘tkazmalar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Bosh ofis/filiallar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16102 Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Naqdsiz mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bosh bank va filiallar o‘rtasida yoki bir bank filiallari o‘rtasida bo‘ladigan naqdsiz pul bilan bog‘liq operatsiyalarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22203 hisobvaraq o‘zaro mos hisobvaraqdir.
Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida Bosh ofis/filiallarga berilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis/filiallarga to‘langan qarzlar, noto‘g‘ri o‘tkazilish natijasida qaytarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Bosh ofis/filiallar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16103 Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: banklar filiallarining filiallar va banklararo hisob-kitoblar uchun foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22204 hisobvaraq o‘zaro mos hisobvaraqdir.
Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16104 Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank filiallari va ularning Bosh ofis/filiallari o‘rtasida tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar bo‘yicha operatsiyalar hamda bir bankning Bosh ofis/filialiga ko‘rsatilgan xizmatlar va berilgan tovar-moddiy qimmatliklar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22205 hisobvaraq o‘zaro mos hisobvaraqdir.
Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiqlari teng bo‘lishi lozim. Jamlanma balansda ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida omborga topshirilgan tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis/filiallarga belgilangan muddatlarda vakillik hisobvarag‘i orqali to‘lanadigan qarzlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16105 Chet eldagi Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh ofis/filiallari va uning chet eldagi filiallari o‘rtasidagi operatsiyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22206 hisobvaraq o‘zaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart. Hisobvaraqning debetida Bosh ofis/filiallarga berilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis/filiallarga to‘langan qarzlar, noto‘g‘ri o‘tkazilish natijasida qaytarilgan mablag‘lar summasi, shuningdek Bosh bankda yopiladigan barcha o‘tkazmalar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Bosh ofis/filiallar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16107 Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar — Overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: 22204 hisobvaraqning mavjud kredit qoldiq summasidan ortiq summaga to‘lovlar amalga oshgan holatda vujudga kelgan debet qoldig‘ining hisobi yuritiladi. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida 22204 hisobvarag‘ida vujudga kelgan debet qoldig‘ining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida 22204 hisobvarag‘iga mablag‘lar kelib tushganda mavjud debet qoldig‘ining qoplanish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir filial bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16109 Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Float
Hisobvaraqning ta’rifi: Bankning Bosh ofisi va uning filiallari o‘rtasidagi yoki bitta bank filiallararo o‘tkazilgan, belgilangan muddat davomida solishtirilib tartibga solinmagan tranzaksiyalar hisobi olib boriladi. Hisobni bosh tranzaksiyani amalga oshirgan bank filiali yuritadi va uch kun ichida qoldiq qoplanishi lozim.
Hisobvaraqning debetida belgilangan muddat davomida to‘lanmagan, qayta tasniflangan, 16101, 16102, 16103, 16104, 16105 va 16107 hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tartiblashtirilgan summa hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob Bosh ofis/filiallar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16111 Bosh ofis/filialdan jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh ofis/filiallarning jismoniy shaxslar bank kartalaridan berilgan naqd pullari bo‘yicha Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida Bosh ofis/filiallarning jismoniy shaxslar bank kartalaridan berilgan naqd pullari bo‘yicha boshqa bank/filiallardan olinadigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis/filiallarning jismoniy shaxslar bank kartalari bo‘yicha berilgan naqd pullar bo‘yicha Bosh ofis/filiallardan qoplangan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16113 Bosh ofis/filialdan bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh ofis/filiallarning jismoniy shaxslar bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida Bosh ofis/filiallarning jismoniy shaxslar bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis/filiallarning jismoniy shaxslar bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha Bosh ofis/filiallardan qoplangan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16115 Bosh bank/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Davlat dasturlari bo‘yicha resurslar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh ofis/filiallarning davlat dasturlari bo‘yicha Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16123 Bosh ofis/filiallardan Tezkor to‘lovlar tizimida hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: banklar filiallarining tezkor to‘lovlar tizimida hisob-kitoblar uchun foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22224 hisobvaraq o‘zaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16125 Bosh ofis/filiallardan Markaziy bankning Kliring tizimi hisob-kitoblari bo‘yicha olinadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: banklar filiallarining Markaziy bankning Kliring tizimi hisob-kitoblari uchun foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22226 hisobvaraq o‘zaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16300 Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
16301 Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan hisoblab yozilgan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblab yozilgan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi hamda 16377 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16303 Boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi hamda 16377 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16304 Bosh ofis/filialdan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh ofis/filialdan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi hamda 16377 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda bank/har bir filial bo‘yicha olib boriladi.
16305 Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlar xarid bahosiga kiritilgan va olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16307 Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar investitsiyasi bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlar xarid bahosiga kiritilgan va olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida haqiqatda olingan yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16309 Kreditlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kreditlar bo‘yicha hisoblangan (shuningdek mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar bo‘yicha hisoblangan), lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16311 Amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlar xarid bahosiga kiritilgan va olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16315 Sotib olingan veksellar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: sotib olingan veksellar bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida veksellar xarid bahosiga kiritilgan va olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksellarning turi va muddati bo‘yicha hamda to‘lovchilar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16319 Mijozlarning akkreditiv va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan tratta majburiyatlari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning akkreditiv va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan majburiyatlari bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16321 Bankning to‘lanmagan akseptlari bo‘yicha mijoz majburiyatlari yuzasidan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning to‘lanmagan akseptlari bo‘yicha mijoz majburiyatlari yuzasidan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksel/trattalarning muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16323 Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: lizing bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Yüklə 267,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin