Oldingi tahrirga qarang. 21604 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Jamg‘armalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
(21604-pozitsiyaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son) Oldingi tahrirga qarang. Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan olingan kreditlarning hisobi olib boriladi.
(21604-pozitsiyaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son) Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21605 Budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha budjetdan tashqari fondlardan olingan kreditlar (shuningdek mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)ning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21606 Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha boshqa banklardan olingan kredit (shuningdek mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21610 Hukumatga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha O‘zbekiston Respublikasi hukumatidan, uning vakolatli yoki ijroiya organlaridan olingan kredit (shuningdek mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlarning summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21612 Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun Markaziy bankka to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun Markaziy bankdan olingan, taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kredit summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qoplangan kredit summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21613 Davlat dasturlari bo‘yicha berilgan ipoteka kreditlarini moliyalashtirish uchun Markaziy bankka to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat dasturlari bo‘yicha berilgan ipoteka kreditlarini moliyalashtirish uchun Markaziy bankdan olingan, taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kredit summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qoplangan kredit summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21624 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar