Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar



Yüklə 267,6 Kb.
səhifə35/69
tarix02.06.2023
ölçüsü267,6 Kb.
#122051
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69
3336 26.11.2021 (1)

Oldingi tahrirga qarang.
(20405-pozitsiya O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
20406 Jismoniy shaxslarning jamg‘arma depozitlari
20408 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning jamg‘arma depozitlari
20410 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining jamg‘arma depozitlari
20412 Nodavlat notijorat tashkilotlarning jamg‘arma depozitlari
Oldingi tahrirga qarang.
20414 Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning jamg‘arma depozitlari
(20214-pozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
20416 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning jamg‘arma depozitlari
20418 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning jamg‘arma depozitlari
20496 Boshqa mijozlarning jamg‘arma depozitlari
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bank mijozlarning ma’lum maqsadlar uchun jamg‘ariladigan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank mijozlarining jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank mijozlarining jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20600 Muddatli depozitlar
20602 Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatli depozitlari
20603 Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatli depozitlari
20604 Mahalliy (tuman/shahar viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi) budjet hisobidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatli depozitlari
20605 Budjetdan tashqari fondlarning muddatli depozitlari
20606 Jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari
20608 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning muddatli depozitlari
20610 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining muddatli depozitlari
20612 Nodavlat notijorat tashkilotlarining muddatli depozitlari
Oldingi tahrirga qarang.
20614 Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning muddatli depozitlari
(20614-pozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
20616 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning muddatli depozitlari
20618 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddatli depozitlari
20696 Boshqa mijozlarning muddatli depozitlari
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bank mijozlarning qat’iy kelishilgan muddatga foizlar hisoblanish sharti bilan qo‘yilgan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank mijozlarining muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank mijozlarining muddatli depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsni hisobvaraqlarda olib boriladi.
20800 Markaziy bankka to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
20802 Markaziy bankning vakillik hisobvarag‘iga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Vostro
Hisobvaraqning ta’rifi: Markaziy bankning tijorat banklarida ochilgan vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bank vakillik hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bank vakillik hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
20806 Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘iga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro, overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: ilgari mavjud bo‘lgan debet saldodan to‘lovni amalga oshirishdagi summaning oshib ketishi natijasida aktiv 10301 hisobvarag‘ida paydo bo‘lgan kredit qoldiq hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida 10301 hisobvaraqda paydo bo‘lgan kredit qoldiq summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 10301 hisobvaraqqa mablag‘lar kelib tushganda kredit qoldiqni qoplash summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.

Yüklə 267,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin