Oldingi tahrirga qarang. Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 12901 va 12905 hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
(12909-pozitsiyaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son) Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12999 hisobvaraqdan hisobdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang. 12921 Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga davlat dasturlari bo‘yicha berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yil muddatgacha chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga davlat dasturlari bo‘yicha berilgan kreditlarning (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(12921-pozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son) Oldingi tahrirga qarang. 12999 Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
(12999-pozitsiyaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son) Oldingi tahrirga qarang. Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
(12999-pozitsiyaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son) Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13000 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
13001 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yil muddatgacha nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13005 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan muddatida qaytarilmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 13001, 13009, 15201, 15205 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan, kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 13099 hisobvaraqdan hisobdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13009 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 13001 hisobvaraqdan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 13099 hisobvaraqdan hisobdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13099 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13100 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
13101 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yil muddatgacha xususiy korxonalar, fermer va yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli va aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek yuqoridagi toifalarga mos kelmaydigan boshqa yuridik shaxslarga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13105 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: xususiy korxonalar, fermer va yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli va aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek yuqoridagi toifalarga mos kelmaydigan boshqa yuridik shaxslarga berilgan muddatida to‘lanmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (shu jumladan. mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida muddatida to‘lanmagan, qayta tasniflangan, 13101, 13109, 15501, 15505 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan xususiy korxonalar, shirkatlar va korporatsiyalarga berilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 13199 hisobvaraqdan chiqarilgan hamda qarzdorlar tomonidan to‘langan qarzlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13109 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan xususiy korxonalar, fermer va yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli va aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek yuqoridagi toifalarga mos kelmaydigan boshqa yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 13101 va 13105 hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobdan 13199 hisobvaraqdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13121 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yil muddatgacha xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan kreditlarning (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13199 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, xususiy korxonalar, fermer va yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli, aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek yuqoridagi toifalarga mos kelmaydigan boshqa yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan moliyaviy lizing, overdraft va boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13200 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
13201 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar