Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar



Yüklə 267,6 Kb.
səhifə42/69
tarix02.06.2023
ölçüsü267,6 Kb.
#122051
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   69
3336 26.11.2021 (1)

Oldingi tahrirga qarang.
22646 Mijozlarning investitsiya mablag‘lari bo‘yicha majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning investitsiya mablag‘lari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlarga tegishli bo‘lgan investitsiya mablag‘larining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan/qaytarilgan investitsiya mablag‘larining summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22648 Mijozlarning “yashil energiya” loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning “yashil energiya” loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha mablag‘lari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlarning hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan/qaytarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(22646, 22648-pozitsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
22696 Mijozlarning boshqa depozitlari bo‘yicha majburiyatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan operatsiyalari uchun belgilangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozning depozit majburiyatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida belgilangan maqsadi bo‘yicha o‘tkazilgan mablag‘lar hamda foydalanmaganligi natijasida mijozning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘iga qaytarilishi, mablag‘larning kamaytirilishi yoki bekor qilingan shartnoma mablag‘lari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir depozit majburiyati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22800 Hosilaviy instrumentlarning revalvatsiyasi natijasida amalga oshmagan zararlar va boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar
22802 Revalvatsiya natijasida amalga oshmagan zararlar — Forvard shartnomalari
Hisobvaraqning ta’rifi: forvard bitimlari bo‘yicha o‘zlashtirilmagan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida forvard bitimlari bo‘yicha o‘zlashtirilmagan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida forvard bitimlari bo‘yicha o‘zlashtirilmagan va/yoki ushbu pozitsiya ro‘yxatdan o‘tgunicha ko‘rilgan zararlarni qoplashdagi hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir forvard bitimlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22806 Revalvatsiya natijasida amalga oshmagan zararlar — Opsionlar
Hisobvaraqning ta’rifi: opsionlar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida opsionlar bo‘yicha ko‘rilgan o‘zlashtirilmagan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida opsionlar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan va/yoki ushbu pozitsiya ro‘yxatdan o‘tgunicha ko‘rilgan zararlarni qoplashdagi hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir opsion bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22810 Revalvatsiya natijasida amalga oshmagan zararlar — Fyucherslar
Hisobvaraqning ta’rifi: fyuchers shartnomalari bo‘yicha o‘zlashtirilmagan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida fyuchers shartnomalari bo‘yicha ko‘rilgan o‘zlashtirilmagan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida fyuchers bitimlari bo‘yicha o‘zlashtirilmagan va/yoki ushbu pozitsiya ro‘yxatdan o‘tgunicha ko‘rilgan zararlarni qoplashdagi hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir fyuchers bitimlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22811 Revalvatsiya natijasida amalga oshmagan zararlar — Svoplar
Hisobvaraqning ta’rifi: svoplar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida svoplar bo‘yicha ko‘rilgan o‘zlashtirilmagan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida svoplar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan va/yoki ushbu pozitsiya ro‘yxatdan o‘tgunicha ko‘rilgan zararlarni qoplashdagi hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir opsion bitimi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22812 Kelgusi davr foizli daromadlari
Hisobvaraqning ta’rifi: oldindan olingan va ularning amalda ishlab topilganligiga qarab davriy ravishda daromadga o‘tkaziladigan, foizlar/diskontlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan foizlar/diskontlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ishlab topilgan foizlar /diskontlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob daromadlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22815 Revalvatsiya natijasida amalga oshmagan zararlar — boshqa hosilaviy instrumentlar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa hosilaviy instrumentlar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa hosilaviy instrumentlar bo‘yicha ko‘rilgan o‘zlashtirilmagan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa hosilaviy instrumentlar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan va/yoki ushbu pozitsiya ro‘yxatdan o‘tgunicha ko‘rilgan zararlarni qoplashdagi hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir opsion bitimi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22896 Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan, ularning amalda ishlab topilganligiga qarab davriy ravishda daromadga o‘tkaziladigan, oldindan undirib olingan summalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan oldindan undirilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ishlab topilgan daromadlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23100 Mijozlarning bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari
23102 Yuridik shaxslarning korporativ bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari
Hisobvaraqning ta’rifi: yuridik shaxslarning korporativ bank kartalari hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yuridik shaxslarning asosiy hisobvaraqlari va filiallarning hisobvaraqlaridan kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida yuridik shaxslarning korporativ bank kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir yuridik shaxs bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23104 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ bank kartalari hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yakka tartibdagi tadbirkorlarning asosiy hisobvaraqlaridan kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ bank kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir yakka tartibdagi tadbirkor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23106 Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlarining bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari
Hisobvaraqning ta’rifi: xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z xodimlarining bank kartalariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobvaraqlari yoki filiallarning hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning 22618 hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23108 Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha budjet tashkilotlari xodimlarining bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha o‘tkaziladigan hamda budjet tashkilotlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning muassasalari va tashkilotlari xodimlarining bank kartalari hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga budjet tashkilotlarining 20203, 20204, 21506, 21508, 23400 hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning 22618 hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob budjet tashkilotlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Yüklə 267,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin