Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar



Yüklə 267,6 Kb.
səhifə43/69
tarix02.06.2023
ölçüsü267,6 Kb.
#122051
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   69
3336 26.11.2021 (1)

Oldingi tahrirga qarang.
23110 Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi xodimlari (kontingent)ning bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
(23110-pozitsiyaning birinchi xatyuoshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha o‘tkaziladigan hamda Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi xodimlari (kontingent)ning bank kartalariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
(23110-pozitsiyaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
Hisobvaraqning kreditida davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga yuqorida ko‘rsatilgan budjet tashkilotlarining 20203, 20204, 21506, 21508, 23400 hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning 22618 hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob yuqorida ko‘rsatilgan budjet tashkilotlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23112 Pensionerlarning pensiyalari bo‘yicha jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
(23112-pozitsiyaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga pensiyalar bo‘yicha belgilangan tartibda o‘tkaziladigan hamda pensionerlarning bank kartalariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
(23112-pozitsiyaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
Hisobvaraqning kreditida davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga pensiya fondi (ijtimoiy ta’minot) tegishli bo‘limining hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslar-pensionerning 22617 hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23114 Ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga ish joyiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarga ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha belgilangan tartibda o‘tkaziladigan hamda jismoniy shaxslarning bank kartalari hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar hamda davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga pensiya fondi (ijtimoiy ta’minot) tegishli bo‘limining hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning 22618 hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23116 Naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: topshirilgan naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazish uchun topshirilgan naqd pullar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning 22618 hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23118 Jismoniy shaxslarning depozit hisobvaraqlaridan jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazish uchun ularning depozit hisobvaraqlaridan o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazish uchun ularning depozit hisobvaraqlaridan o‘tkaziladigan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning 22618 hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23120 Jismoniy shaxslarning bank kartalariga naqd pulsiz o‘tkazilishi lozim bo‘lgan boshqa mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ko‘rsatilgan to‘lovlardan tashqari jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning bank kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlari va filiallarning hisobvaraqlaridan, 23400 davlat budjetining hisobvaraqlaridan o‘tkaziladigan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning 22618 hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23122 Xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxsning bank kartalaridan foydalangan holda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxslarning bank kartalaridan foydalangan holda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan naqd pullar summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 22618 yoki 22617 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir konversion operatsiyalar bo‘limi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlar bo‘yicha olib boriladi.
23200 Kliring tranzaksiyalari
23202 Kliring tranzaksiyalari
Hisobvaraqning ta’rifi: Hukumat va uning mahalliy organlari qarorlariga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro debitorlik va kreditorlik qarzlarini Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar yoki tijorat banklari kreditlari yoxud faktoring operatsiyalari hisobiga qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan o‘zaro hisoblashishlarning maqsadli sxemalari orqali qisqartirish bilan bog‘liq operatsiyalarining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar yoki tijorat banklari kreditlari yoxud faktoring operatsiyalari hisobiga maqsadli sxemalari orqali kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida maqsadli sxemalari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarda qatnashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘lar va/yoki Markaziy bankning ko‘rsatmasi bo‘yicha ushbu hisob-kitobda foydalanilmagan mablag‘lar qismining tegishli hisobvaraqqa o‘tkazilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qatnashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23206 Aniqlanish jarayonidagi tranzaksiyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: ayrim sabablarga (rekvizitlari noto‘g‘ri ko‘rsatilganda mijozga bu bankda boshqa xizmat ko‘rsatilmaganda, qo‘shimcha nazorat talab qiladigan operatsiyalar va shu kabi boshqa hollarda) ko‘ra mablag‘lar belgilangan maqsadi bo‘yicha o‘tkazishi mumkin bo‘lmagan tranzaksiyalar hisobga olinadi. Aniqlanish jarayonidagi hisobvaraqda mablag‘lar maqsadi bo‘yicha o‘tkazilishi yoki to‘lovchiga qaytarilishi lozim bo‘lgan o‘rnatilgan muddat davomidagina qoldirilishi mumkin.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan vaqtida belgilangan maqsadi bo‘yicha o‘tkazish mumkin bo‘lmagan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida belgilangan maqsadi bo‘yicha o‘tkazilgan yoki to‘lovchiga qaytarilgan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Yüklə 267,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin