Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar



Yüklə 267,6 Kb.
səhifə51/69
tarix02.06.2023
ölçüsü267,6 Kb.
#122051
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69
3336 26.11.2021 (1)

Oldingi tahrirga qarang.
44500 Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
(44500-pozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
Oldingi tahrirga qarang.
44501 Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
(44501-pozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
Oldingi tahrirga qarang.
44505 Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
(44505-pozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
44600 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44601 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44605 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44700 Sud yoki ijro ishi yuritish jarayonidagi kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44701 Sud yoki ijro ishi yuritish jarayonidagi kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarga va boshqa banklarga berilgan muddatli, muddati o‘tgan, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan hamda sud yoki ijro ishi yuritish jarayonidagi kreditlar bo‘yicha bankning foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlar bo‘yicha ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan foizlarning summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
44800 Amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44801 Davlat xazina veksellariga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44805 Davlat obligatsiyalariga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44809 Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44813 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44817 Yevroobligatsiyalarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44894 Boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlar (davlat xazina veksellari, davlat obligatsiyalari, Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari, korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari, yevroobligatsiyalar va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlar)ga qilingan investitsiyalar bo‘yicha bankning foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha ishlab topilgan foizlar va diskontning amortizatsiya summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan daromadlarning qaytarish, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar, mukofotning amortizatsiya qilingan va xarid qilish xarajatlari summasi aks ettiriladi.
44900 Boshqa foizli daromadlar
44901 Boshqa foizli daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan tasnif hisobvaraqlariga mos tushmaydigan mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha bankning foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlarning boshqa majburiyatlari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan daromadlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
44903 Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini investitsiya qilishdan marja
Hisobvaraqning ta’rifi: jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini investitsiya qilishdan olingan va miqdori qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan marja hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida ishlab topilgan daromad (marja) summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan daromadning qaytarilgan summasi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromad summasi aks ettiriladi.
44905 Bosh bank/filialga taqdim etilgan resurslar bo‘yicha foizli daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh bank/filialga taqdim etilgan resurslar bo‘yicha foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh bank/filialga taqdim etilgan resurslar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki to‘langan foizlarning qaytarilgan summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 hisobvarag‘iga yopiladigan daromad summasi aks ettiriladi.

Yüklə 267,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin