Oldingi tahrirga qarang. 29840 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkaziladigan talab qilib olinmagan depozitlar
(29840-pozitsiyaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son) Hisobvaraqning ta’rifi: 10 yil davomida talab qilib olinmagan depozitlar va kreditlarning ular bo‘yicha hisoblangan foizlarini ham hisobga olgan holda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida talab qilib olinmagan depozitlar va kreditlarning ular bo‘yicha hisoblangan foizlarini ham hisobga olgan holdagi summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjet daromadiga o‘tkazilgan yoki o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq boshqalarga to‘langan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29842 Harakatsiz depozit majburiyatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning qonunchilikda o‘rnatilgan muddat davomida harakatda bo‘lmagan depozit hisobvaraqlaridagi qoldiqlari, shuningdek o‘rnatilgan muddatda talab qilinmagan boshqa hisobvaraqlarning qoldiqlari (cheklar, veksellar va boshqalar) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlarning “harakatsiz depozitlar” turkumiga o‘tkazilgan mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mijozlarga to‘langan, boshqa hisobvaraqlarga o‘tkazilgan yoki qayta tasniflangan, 29840 hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29844 Boshqa banklarning mijozlari bilan naqd pulli hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda mijozlar bilan naqd hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun o‘z kassasiga ega bo‘lmagan boshqa banklar tomonidan Markaziy bankning ruxsati bilan o‘tkazilgan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklardan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan, shuningdek qaytarilgan naqd pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29846 Boshqa kreditlar — Talab qilib olinmagan qoldiqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning qonunchilikda o‘rnatilgan muddat davomida talab qilib olinmagan kreditlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlar tomonidan talab qilib olinmagan kreditlarning, ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni ham hisobga olgan holdagi summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 29840 hisobvaraqqa o‘tkazilgan va/yoki mijozlar tomonidan talab qilib olingan kreditlarning, ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni ham hisobga olgan holdagi summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29848 Ijtimoiy nafaqalar to‘lovlari bo‘yicha jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: AT “Xalq banki” filiallari tomonidan jismoniy shaxslarga nafaqalar (14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam hamda un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pulli kompensatsiya) to‘lanishining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida moliyalashtirilgan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida maqsadli berilgan to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob ijtimoiy nafaqalar to‘lovlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29849 Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘linmalari tomonidan moliyalashtiriladigan, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar uchun boshqa banklardan olingan naqd pul bilan beriladigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘linmalari tomonidan moliyalashtiriladigan, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar uchun boshqa banklardan olingan naqd pul bilan beriladigan mablag‘larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning krediti bo‘yicha naqd pul bilan beriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun boshqa banklardan kelib tushgan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debeti bo‘yicha naqd pul bilan beriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarning haqiqatda to‘langan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lov turlari bo‘yicha alohida yuritiladi.
29896 Boshqa majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan operatsiyalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mablag‘lar kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mablag‘larni hisobdan chiqarish aks ettiriladi.
Tahliliy hisob operatsiyalar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30000 XUSUSIY KAPITAL
30300 Ustav kapitali
30303 Aksiyalar uchun obuna bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Imtiyozli (kontr-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: ustav kapitalining imtiyozli aksiyalariga obuna mablag‘ining to‘lanmagan qismi (aksiyador bank uchun), shuningdek ustav kapitalining to‘lanmagan ulushi (aksiyador bo‘lmagan bank uchun) hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida aksiyalarga obuna mablag‘ining to‘lanmagan qismining/ustav kapitali ulushining olinishi lozim bo‘lgan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida aksiyalarga obuna mablag‘ining qolgan qismining/ustav kapitali ulushining olingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) uchun alohida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30306 Aksiyalar uchun obuna bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Oddiy (kontr-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: ustav kapitalining oddiy aksiyalariga obuna mablag‘ining to‘lanmagan qismi (aksiyador bank uchun), shuningdek ustav kapitalining to‘lanmagan ulushi (aksiyador bo‘lmagan bank uchun) hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida aksiyalarga obuna mablag‘ining to‘lanmagan qismining/ustav kapitali ulushining olinishi lozim bo‘lgan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida aksiyalarga obuna mablag‘ining qolgan qismining/ustav kapitali ulushining olingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) uchun alohida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30309 Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali — Imtiyozli
Hisobvaraqning ta’rifi: obuna uchun qisman to‘langan, yoki, agar to‘liq to‘langan bo‘lsa, hali tegishli sertifikat berilmagan imtiyozli aksiyalar (aksiyador bank uchun)ning, shuningdek ro‘yxatga olingan, lekin hali to‘liq to‘lanmagan ustav kapitali ulushi(noaksiyador bank uchun)ning summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida obuna bo‘lgan aksiyalarning qisman yoki to‘liq to‘langan, shuningdek ro‘yxatga olingan, lekin ustav kapitali ulushining to‘liq to‘lanmagan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida obuna bo‘lgan aksiyalarning to‘liq to‘langan va tegishli sertifikatlar berilgan, shuningdek ro‘yxatga olingan va to‘liq to‘langan ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) uchun alohida ochilgan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30312 Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali — Oddiy
Hisobvaraqning ta’rifi: obuna uchun qisman to‘langan, yoki, agar to‘liq to‘langan bo‘lsa, hali tegishli sertifikat berilmagan oddiy aksiyalar (aksiyador bank uchun)ning, shuningdek ro‘yxatga olingan, lekin hali to‘liq to‘lanmagan ustav kapitali ulushi (noaksiyador bank uchun)ning summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida obuna bo‘lgan aksiyalarning qisman yoki to‘liq to‘langan, shuningdek ro‘yxatga olingan, lekin ustav kapitali ulushining to‘liq to‘lanmagan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida obuna bo‘lgan aksiyalarning to‘liq to‘langan va tegishli sertifikatlar berilgan, shuningdek ro‘yxatga olingan va to‘liq to‘langan ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) uchun alohida ochilgan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30315 Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘liq to‘langan, tegishli sertifikatlar berilgan imtiyozli aksiyalar (aksiyador bank uchun)ning nominal qiymati, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ustav kapitali ulushi (noaksiyador bank uchun)ning to‘liq to‘langan summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida ustav kapitalining shakllanishi uchun chiqarilgan imtiyozli aksiyalarning, shuningdek to‘liq to‘langan ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ustav kapitalining kamayish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) uchun alohida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30318 Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘liq to‘langan, tegishli sertifikatlar berilgan oddiy aksiyalar (aksiyador bank uchun)ning nominal qiymati, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ustav kapitali ulushi (noaksiyador bank uchun)ning to‘liq to‘langan summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida ustav kapitalining shakllanishi uchun chiqarilgan oddiy aksiyalarning nominal qiymati, shuningdek to‘liq to‘langan ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ustav kapitalining kamayish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) uchun alohida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30321 Aksiyadorlardan qayta sotib olingan o‘z aksiyalari — Imtiyozli (kontr-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank qayta sotish yoki bekor qilish maqsadida o‘z aksiyadorlaridan sotib olgan imtiyozli aksiyalari (aksiyadorlik bank uchun), shuningdek qayta sotib olingan ustav kapitalining ulushi (noaksiyadorlik bank uchun) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida aksiyadorlardan qayta sotib olingan bankning imtiyozli aksiyalari/ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qayta sotgan yoki bekor qilingan imtiyozli aksiyalari/ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
30324 Aksiyadorlardan qayta sotib olingan o‘z aksiyalari — Oddiy (kontr-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank qayta sotish yoki bekor qilish maqsadida o‘z aksiyadorlaridan sotib olgan oddiy aksiyalari (aksiyador bank uchun), shuningdek qayta sotib olingan ustav kapitalining ulushi (noaksiyadorlik bank uchun) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida aksiyadorlardan qayta sotib olingan bankning oddiy aksiyalari/ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qayta sotgan yoki bekor qilingan oddiy aksiyalari/ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
30600 Qo‘shilgan kapital
30603 Qo‘shilgan kapital — Imtiyozli
Hisobvaraqning ta’rifi: birlamchi joylashtirishda aksiyalarning nominal qiymatidan oshadigan narx bo‘yicha imtiyozli xususiy aksiyalar realizatsiyasidan olingan emissiya daromadining hisobi, shuningdek bankning imtiyozli xususiy aksiyalarini sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farqning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida birlamchi joylashtirishda aksiyalarning realizatsiya qiymati bilan ular nominal qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq, bankning imtiyozli xususiy aksiyalarini sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank ustav kapitalini oshirishga va Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda boshqa maqsadlarga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasi, shuningdek imtiyozli xususiy aksiyalarni sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi (ko‘rsatilgan hisobvaraqning kredit qoldig‘i chegarasida) o‘rtasidagi salbiy farq aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir emissiya bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30606 Qo‘shilgan kapital — Oddiy
Hisobvaraqning ta’rifi: birlamchi joylashtirishda aksiyalarning nominal qiymatidan oshuvchi narx bo‘yicha oddiy xususiy aksiyalar realizatsiyasidan olingan emissiya daromadining hisobi, shuningdek bankning oddiy xususiy aksiyalarini sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farqning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida birlamchi joylashtirishda aksiyalarning realizatsiya qiymati bilan ular nominal qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq, bankning oddiy xususiy aksiyalarini sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank ustav kapitalini oshirishga va Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda boshqa maqsadlarga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasi, shuningdek oddiy xususiy aksiyalarni sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi (ko‘rsatilgan hisobvaraqning kredit qoldig‘i chegarasida) o‘rtasidagi salbiy farq aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir emissiya bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30900 Zaxira kapitali
30903 Umumiy zaxira fondi
Hisobvaraqning ta’rifi: o‘rnatilgan tartibga muvofiq umumiy maqsadlar uchun bankning taqsimlanmagan foydasi hisobidan ajratilgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida umumiy zaxira fondiga o‘tkazilgan mablag‘larning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida umumiy zaxira fondidan ma’lum maqsadlar uchun hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir maqsad uchun alohida shaxsiy hisobvaraqlar yuritiladi.
30905 Tekinga olingan mulklar
Hisobvaraqning ta’rifi: aksiyadorlardan bank mulkiga tekinga olingan mulklar qiymati olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida aksiyadorlardan tekinga olingan mulklar qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida o‘rnatilgan tartibga muvofiq taqsimlanmagan foyda hisobiga o‘tkazilgan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
30906 Devalvatsiya uchun zaxira
Hisobvaraqning ta’rifi: sezilarli darajada milliy valyutaning qadrsizlanishida (devalvatsiya) bankning o‘z majburiyatlarini qoplash uchun taqsimlanmagan foyda hisobidan ajratilgan mablag‘larining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida taqsimlanmagan foyda hisobidan o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxira fondidan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
30907 Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarning haqqoniy qiymatining o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan o‘zlashtirilmagan foyda yoki zararlar (aktiv-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyaning haqiqiy qiymatining o‘zgarishi natijasida vujudga keladigan foyda yoki zararlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida investitsiyalarning haqiqiy qiymatini o‘sgan summasi, shuningdek ular hisobdan chiqarilganda, qayta tasniflanganda va/yoki qadrsizlanganda ushbu hisobvaraqning debetida oldin aks ettirilgan zararlarni hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiyalarning haqiqiy qiymatini kamaygan summasi, shuningdek ular hisobdan chiqarilganda, qayta tasniflanganda va/yoki qadrsizlanganda ushbu hisobvaraqning kreditida oldin aks ettirilgan foydani hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddatlari hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30908 Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari bozor qiymatining sezilarli o‘sishi natijasida boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qiymatining oshgan miqdori hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari qiymatining balans qiymatiga nisbatan oshgan miqdori aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida baholanayotgan asosiy vosita va nomoddiy aktiv sotilganda yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilganda, ular qiymatining oshgan miqdori, shuningdek bankning asosiy vositasi va nomoddiy aktivi qiymatining balans qiymatiga nisbatan pasayib ketishi va o‘rnatilgan tartibga muvofiq, taqsimlanmagan foyda hisobiga o‘tkazilgan summalar hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir baholangan asosiy vosita va nomoddiy aktiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30909 Pul oqimlarini xedjirlash natijasida hosil bo‘lgan foyda yoki zarar
Hisobvaraqning ta’rifi: pul oqimlarini xedjirlash uchun mo‘ljallangan hosilaviy instrumentlar (masalan: qat’iy majburiyatlarni xedjirlaydigan xorijiy valyutadagi so‘ndirilmagan kontraktlar)ni qayta baholash natijasida vujudga keladigan foyda yoki zararlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida xedjirlash samara beradigan darajagacha pul oqimlarini xedjirlash uchun mo‘ljallangan hosilaviy instrumentlar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan foyda summasi aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraqning krediti bo‘yicha, qat’iy majburiyat yoki rejalashtirilgan operatsiya aktiv yoki majburiyat sifatida aks ettiriladigan holatlarda (balansdan tashqari hisobvaraqlar bundan mustasno) oldingi debet qoldig‘i ham hisobdan chiqariladi.
Hisobvaraqning debetida xedjirlash samara beradigan darajagacha pul oqimlarini xedjirlash uchun mo‘ljallangan hosilaviy instrumentlar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan zarar summasi aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraqning debeti bo‘yicha, qat’iy majburiyat yoki rejalashtirilgan operatsiya aktiv yoki majburiyat sifatida aks ettiriladigan holatlarda (balansdan tashqari hisobvaraqlar bundan mustasno) oldingi kredit qoldig‘i ham hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kontrakt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30910 Respublika korxonalariga berilgan investitsion kreditlardan olingan foyda hisobidan xususiy kapitalni oshirishga mo‘ljallangan zaxira fondi
Hisobvaraqning ta’rifi: respublika korxonalariga 3 yildan ortiq muddatga berilgan investitsiya kreditlaridan olingan, banklarni daromad solig‘idan ozod qilinishi munosabati bilan bankning xususiy kapitalini oshirishga yo‘naltirilgan mablag‘lari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning xususiy kapitalini oshirishga mo‘ljallangan zaxira fondiga mablag‘larning kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning xususiy kapitalini oshirishga mo‘ljallangan zaxira fondidan mablag‘larning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.