Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar



Yüklə 267,6 Kb.
səhifə47/69
tarix02.06.2023
ölçüsü267,6 Kb.
#122051
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   69
3336 26.11.2021 (1)

Oldingi tahrirga qarang.
29807 Standart balansdan tashqari hisobvaraqlardagi moddalar bo‘yicha zaxira
Hisobvaraqning ta’rifi: standart balansdan tashqari hisobvaraqlardagi moddalar bo‘yicha yaratilgan zaxira hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida standart balansdan tashqari hisobvaraqlardagi moddalar bo‘yicha yaratilgan zaxira summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan, qaytarilgan standart balansdan tashqari hisobvaraqlardagi moddalar bo‘yicha yaratilgan zaxira summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob standart balansdan tashqari hisobvaraqlardagi moddalar bo‘yicha yaratilgan zaxira turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(29807-pozitsiya O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
29808 Litsenziya uchun davlat boji va yig‘imlar bo‘yicha hisoblangan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: hisoblangan, lekin to‘lanmagan litsenziya uchun davlat boji va yig‘imlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan litsenziya uchun davlat boji va yig‘imlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan va/yoki noto‘g‘ri hisoblangan litsenziya uchun davlat boji va yig‘imlar bo‘yicha qaytarilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir litsenziya uchun davlat boji va yig‘imlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29810 Bankning mas’ul xodimlariga berilgan korporativ bank kartalar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qonunchilik hujjatlarida belgilangan joriy to‘lovlari uchun mas’ul xodimlar orqali korporativ bank kartalaridan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qonunchilik hujjatlarida belgilangan joriy to‘lovlari uchun mas’ul xodimlar orqali 19910 hisobvarag‘idan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mas’ul xodimlar tomonidan korporativ bank kartalaridan foydalangan holda bankning qonunchilik hujjatlarida belgilangan joriy to‘lovlari uchun o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bankning har bir mas’ul xodimi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29816 Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan ortiqchalar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning hisobdor kassirlaridagi naqd pullarni qayta sanashda aniqlangan ortiqcha naqd pullarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ortiqcha naqd pullar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ortiqcha naqd pullar paydo bo‘lishining haqiqiy sabablari aniqlangandan keyin hisobdan chiqarilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29822 To‘lanishi lozim bo‘lgan dividendlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan e’lon qilingan, lekin hali to‘lanmagan dividendlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning krediti to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan dividendlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan to‘langan dividendlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob aksiyalarning turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29824 Naqd pul mablag‘lari bo‘yicha jismoniy shaxslarning maqsadli hisob-kitoblari
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning qabul qilingan naqd pul mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga bir martalik maqsadli to‘lovlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida maqsadli to‘lovlarni amalga oshirish uchun jismoniy shaxslardan qabul qilingan naqd pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida o‘tkazilgan maqsadli to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob o‘tkazmalarning maqsadlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29826 Aksiyalar uchun obuna mablag‘ini to‘lash — Xususiy kapitalni investitsiya qilish
Hisobvaraqning ta’rifi: investitsiya qilingan korxonalarning aksiyalariga obuna mablag‘larini to‘lanmagan qismi hisobga olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida obuna mablag‘larining to‘lanmagan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida obuna mablag‘larining to‘langan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob investitsiya qilingan korxonalar bo‘yicha, shuningdek aksiyalar turi va tipi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29830 Aksiyalar uchun obuna mablag‘ini to‘lash bo‘yicha depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: aksiyadorlarning bank ustav kapitalini oshirish maqsadida aksiyalarga obuna mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank aksiyadorlarining yangi chiqarilgan aksiyalarga obuna bo‘lish mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida aksiyadorlarga aksiyalar sertifikatini berishdagi summalar hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29834 Jismoniy shaxslarning pul o‘tkazmalari bo‘yicha majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha o‘tkazish uchun jismoniy shaxslardan qabul qilingan va to‘lash uchun kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha jo‘natilgan/to‘langan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob pul o‘tkazmalari va operatsiyalarning turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Yüklə 267,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin