Oldingi tahrirga qarang. 50614 Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
(50614-pozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son) 50616 Nodavlat notijorat tashkilotlarining jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50618 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50621 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50626 Boshqa mijozlarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51100 Muddatli depozitlar bo‘yicha foizli xarajatlar
51101 Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51103 Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51104 Mahalliy (tuman/shahar viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi) budjet hisobidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51105 Budjetdan tashqari fondlarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51106 Jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51108 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51111 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
Oldingi tahrirga qarang. 51114 Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
(51114-pozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son) 51116 Nodavlat notijorat tashkilotlarining muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51118 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51121 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51126 Boshqa mijozlarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyatiga ko‘ra bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning mijoz oldidagi o‘z (talab qilib olinguncha saqlanadigan, jamg‘arma, muddatli) depozit majburiyatlari bo‘yicha foizli xarajatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek bankning depozit majburiyatlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
51600 Markaziy bankning hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51601 Markaziy bankning vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha foizli xarajatlar — Vostro
51606 Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha foizli xarajatlar — Nostro, overdraft
51611 Markaziy bankning depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyatiga ko‘ra bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: Markaziy bankning hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar, shuningdek Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i — Nostro, overdraft hisobvaraqda vujudga kelgan overdraft bilan bog‘liq bo‘lgan foizli xarajatlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek Markaziy bankka to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
52100 Boshqa banklarning hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar
52101 Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar — Vostro
52106 Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar — Nostro, overdraft
52111 Boshqa banklarning depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyatiga ko‘ra bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklarning ushbu bankda ochgan hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar, shuningdek bankning boshqa bankdagi vakillik hisobvarag‘ida vujudga keladigan overdraft — Nostro, overdraft bilan bog‘liq bo‘lgan foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
52600 Bankning to‘lanmagan akseptlari bo‘yicha foizli xarajatlar
52601 To‘lanmagan akseptlar bo‘yicha foizli xarajatlar — Mahalliy
52606 To‘lanmagan akseptlar bo‘yicha foizli xarajatlar — Xorijiy
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning topshirig‘i bo‘yicha yoki bank tomonidan bajarilgan to‘lanmagan akseptlar bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek bankning to‘lanmagan akseptlari bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
53100 To‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53101 Markaziy bankdan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53106 Boshqa banklardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53111 Hukumatdan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53125 Budjetdan tashqari jamg‘armalardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53128 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53195 Boshqa kreditorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54100 To‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54101 Markaziy bankdan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54106 Boshqa banklardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54111 Hukumatdan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54115 Investitsion kreditlar uchun olingan resurslar bo‘yicha foizli xarajatlar
54125 Budjetdan tashqari jamg‘armalardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54128 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54195 Boshqa kreditorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlardan yoki boshqa banklardan olingan kreditlar (mohiyati bo‘yicha kreditlar deb ataladigan boshqa operatsiyalar) bo‘yicha bankning foizli xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek kreditlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
54198 Boshqa banklardan olingan lizing bo‘yicha foizli xarajatlar
54199 Boshqa lizing beruvchilardan olingan lizing bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: lizing bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida lizing jadvali bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
54200 Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54202 Chiqarilgan obligatsiyalar bo‘yicha foizli xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, diskont amortizatsiyasi summalari, shuningdek bankning chiqarilgan qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida obligatsiyalar bo‘yicha noto‘g‘ri hisoblangan foizlar summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summasi hisobdan chiqariladi.
54204 Chiqarilgan jamg‘arma sertifikatlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54206 Chiqarilgan depozit sertifikatlar bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan jamg‘arma va depozit sertifikatlari bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 balans hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
54208 Chiqarilgan veksellar bo‘yicha foizli xarajatlar
54210 Chiqarilgan boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar, diskont amortizatsiyasi summalari, shuningdek bankning chiqarilgan qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida obligatsiyalar bo‘yicha noto‘g‘ri hisoblangan foizlar summasi, shuningdek hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summasi hisobdan chiqariladi.
54222 Subordinar qarz bo‘yicha foizli xarajatlar
54300 Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli xarajatlar
54302 REPO bitimlari bo‘yicha Markaziy bankka sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54304 REPO bitimlari bo‘yicha boshqa banklarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54306 REPO bitimlari bo‘yicha hukumatga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54308 REPO bitimlari bo‘yicha jismoniy shaxslarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54310 REPO bitimlari bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar