Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


-bob. Moliyaviy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari



Yüklə 267,6 Kb.
səhifə63/69
tarix02.06.2023
ölçüsü267,6 Kb.
#122051
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   69
3336 26.11.2021 (1)

5-bob. Moliyaviy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari
46. Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarning haqqoniy qiymat o‘sishini aks ettirish uchun quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10795 “Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlari haqqoniy qiymatining o‘zgarishi (aktiv-passiv)”;
Kt 45609 “Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarining haqqoniy qiymatining o‘zgarishi natijasida olingan foyda” yoki
Kt 45611 “Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlari haqqoniy qiymatining o‘zgarishi natijasida olingan foyda”.
47. Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarning haqqoniy qiymati pasayishini aks ettirish uchun quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 55610 “Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarning haqiqiy qiymatining o‘zgarishi natijasida ko‘rilgan zararlar” yoki
Dt 55614 “Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlari haqiqiy qiymatining o‘zgarishi natijasida ko‘rilgan zararlar”;
Kt 10795 “Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlari haqqoniy qiymatining o‘zgarishi (aktiv-passiv)”.
48. Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalarning haqqoniy qiymati o‘sishini aks ettirish uchun quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10895 “Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar haqiqiy qiymatining o‘zgarishi (aktiv-passiv)”;
Kt 30907 “Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarning haqqoniy qiymatining o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan o‘zlashtirilmagan foyda yoki zararlar (aktiv-passiv)”.
49. Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalarning haqqoniy qiymati kamayishini aks ettirish uchun quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 30907 “Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarning haqqoniy qiymatining o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan o‘zlashtirilmagan foyda yoki zararlar (aktiv-passiv)”;
Kt 10895 “Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar haqiqiy qiymatining o‘zgarishi (aktiv-passiv)”.
50. Amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan moliyaviy aktivlar va ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasini tashkil etish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan amalga oshiriladi:
Dt 56826 “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar”;
Kt 15999 “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar (kontr-aktiv)”.
51. Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan moliyaviy aktiv qadrsizlanganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
1) Haqqoniy qiymatni to‘g‘rilash summasini bekor qilish uchun:
Dt 10895 “Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar haqiqiy qiymatining o‘zgarishi (aktiv-passiv)”;
Kt 30907 “Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarning haqqoniy qiymatining o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan o‘zlashtirilmagan foyda yoki zararlar (aktiv-passiv)”;
2) Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasini tashkil etish uchun:
Dt 56808 “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar”;
Kt 10899 “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar (kontr-aktiv)”.
52. Agar ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zarar summasi ilgari kapitalda tan olingan haqiqiy qiymatning salbiy (manfiy) to‘g‘rilash summasidan oshib ketadigan bo‘lsa, u holda banklar qo‘shimcha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash summasini quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali aks ettiradi:
Dt 56808 “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar”;
Kt 10899 “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar (kontr-aktiv)”.
53. Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasini tashkil etishda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 56806 “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar”;
Kt 10799 “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar (kontr-aktiv)”.

Yüklə 267,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin