Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar



Yüklə 267,6 Kb.
səhifə60/69
tarix02.06.2023
ölçüsü267,6 Kb.
#122051
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   69
3336 26.11.2021 (1)

Oldingi tahrirga qarang.
92710 Hisob-kitobli forvard bitimi bo‘yicha sotish
Hisobvaraqning ta’rifi: kelishilgan kurs va sanada moliyaviy instrumentni hisob-kitobli sotishga asoslangan forvard shartnomalarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96366 balansdan tashqari hisobvarag‘i kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni hisob-kitobli sotishga asoslangan forvard shartnomalarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisob-kitobli forvard shartnomasi bo‘yicha sotilgan moliyaviy instrumentning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir hisob-kitobli forvard shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(92710-pozitsiya O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
92716 Forvard bitimi bo‘yicha sotib olish
Hisobvaraqning ta’rifi: kelishilgan kurs bo‘yicha moliyaviy instrumentni sotib olish, kelgusida kelishilgan sanada to‘lovlar va yetkazib berilishi amalga oshiriladigan forvard shartnomalarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96367 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni sotib olish bo‘yicha forvard shartnomasining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida forvard shartnomasi bo‘yicha sotib olingan moliyaviy instrumentning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir forvard shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
92717 Hisob-kitobli forvard bitimi bo‘yicha sotib olish
Hisobvaraqning ta’rifi: kelishilgan kurs va sanada moliyaviy instrumentni hisob-kitobli sotib olishga asoslangan forvard shartnomalarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96368 balansdan tashqari hisobvarag‘i kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni hisob-kitobli sotib olish bo‘yicha forvard shartnomasining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisob-kitobli forvard shartnomasi bo‘yicha sotib olingan moliyaviy instrumentning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir hisob-kitobli forvard shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(92717-pozitsiya O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
92724 Opsion bitimi bo‘yicha sotish
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy instrumentni sotish bo‘yicha opsion (opsion — bu shartnoma davri ichida moliyaviy instrumentning ma’lum qismini aniq belgilangan kursda sotish yoki sotib olish huquqini beruvchi shartnomadir) shartnomaning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96369 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni sotishga asoslangan opsion shartnomalarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida opsion shartnomalari bo‘yicha sotilgan moliyaviy instrumentning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir opsion shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
92728 Opsion bitimi bo‘yicha sotib olish
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy instrumentni sotib olish bo‘yicha opsion (opsion — bu shartnoma davri ichida moliyaviy instrumentning ma’lum qismini aniq belgilangan kursda sotish yoki sotib olish huquqini beruvchi shartnomadir) shartnomalarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96370 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni sotib olishga asoslangan opsion shartnomalarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida opsion shartnomalari bo‘yicha sotib olingan moliyaviy instrumentning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir opsion shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
92732 Svop shartlarida sotish
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy instrumentni sotish bo‘yicha svop (svop — bu shartli summada va kelishilgan indeksni qo‘llash asosida kelajakda to‘lovlarni almashtirish bo‘yicha kelishuvdir. Ikki namuna sifatida valyuta svopi va foizlar stavkasi bo‘yicha svop xizmat qiladi) shartnomaning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96371 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni sotishga asoslangan svop shartnomalarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida svop shartnomalari bo‘yicha moliyaviy instrumentning sotilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir svop shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
92736 Svop shartlarida sotib olish
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy instrumentni sotib olish bo‘yicha svop (Svop — bu shartli summada va kelishilgan indeksni qo‘llash asosida kelajakda to‘lovlarni almashtirish bo‘yicha kelishuvdir. Ikki namuna sifatida valyuta svopi va foizlar stavkasi bo‘yicha svop xizmat qiladi) shartnomaning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96373 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni sotib olishga asoslangan svop shartnomalarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida svop shartnomalari bo‘yicha moliyaviy instrumentning sotib olingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir svop shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
92800 Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha muddatli bitimlar
92802 Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar
Hisobvaraqning ta’rifi: o‘zaro tuzilgan muddatli bitimlarga binoan bank tomonidan sotib olinishi lozim bo‘lgan, shuningdek bank bilan kontragent o‘rtasida qayta sotib olish sharti bilan tuzilgan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimi to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarilishi bo‘yicha qayta sotib olinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96374 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida o‘zaro tuzilgan muddatli bitimlarga binoan bank tomonidan sotib olinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning summasi, shuningdek bank tomonidan sotilgan va qayta sotib olish sharti bilan tuzilgan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimi to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarilishi bo‘yicha qayta sotib olinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida o‘zaro tuzilgan muddatli bitimlarga binoan bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlarning summasi, shuningdek qimmatli qog‘ozlarni qayta sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimi to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarilishi bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob shartnoma va qimmatli qog‘ozlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
92806 Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar
Hisobvaraqning ta’rifi: o‘zaro tuzilgan muddatli bitimlarga binoan bank tomonidan yetkazib berilishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning, shuningdek bank bilan kontragent o‘rtasida qayta sotib olish sharti bilan tuzilgan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimi to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarilishi bo‘yicha sotilishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96376 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida o‘zaro tuzilgan muddatli bitimlarga binoan bank tomonidan sotuvga qo‘yilishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning summasi, shuningdek bank tomonidan sotib olingan va qayta sotib olish sharti bilan tuzilgan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimi to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarilishi bo‘yicha sotilishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida o‘zaro tuzilgan muddatli bitimlarga binoan bank tomonidan sotilgan qimmatli qog‘ozlarning summasi, shuningdek qimmatli qog‘ozlarni qayta sotib olish sharti bilan tuzilgan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimi to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarilishi qo‘shma bank tomonidan sotilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob shartnoma va qimmatli qog‘ozlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
93600 Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar
93609 Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar
Hisobvaraqning ta’rifi: saqlanayotgan qimmatliklar va hujjatlarning hisobi olib boriladi. Saqlanishga qabul qilingan qimmatliklar “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96379 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida shartli ravishda saqlanishga qabul qilingan qimmatbaho buyumlar va boshqa hujjatlarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida egalariga qaytarilgan yoki o‘rnatilgan tartibga muvofiq ravishda ushbu hisobvaraqdan hisobdan chiqarilgan qimmatbaho buyumlar va boshqa hujjatlarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatbaho buyumlar va hujjatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
93616 Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: saqlash uchun topshiriq, vositachilik yoki saqlash shartnomalariga asosan olingan obligatsiyalar va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96379 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida saqlashga qabul qilingan, shuningdek topshiriq va vositachilik shartnomalariga asosan sotish uchun olingan obligatsiyalar va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida topshiriq yoki vositachilik shartnomalari bo‘yicha sotilgan obligatsiyalarning va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlarining, sotilmagan va mijozlarga qaytarilgan, shuningdek saqlanish hisobidan chiqarilgan davlatning qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha ochiladigan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
93623 Shartli tarzda saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar/tijorat hujjatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: xususiy korxonalarning topshiriq, vositachilik yoki saqlash shartnomalariga asosan olingan qimmatli qog‘ozlarining, shuningdek saqlanayotgan tijorat hujjatlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96379 balans hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida saqlash uchun qabul qilingan qimmatli qog‘ozlar va tijorat hujjatlarining nominal qiymati, shuningdek topshiriq yoki vositachilik shartnomalariga asosan sotish uchun olingan xususiy korxonalarning qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida topshiriq yoki vositachilik shartnomalari bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlarning, sotilmagan va mijozlarga qaytarilgan, shuningdek saqlanish hisobidan chiqarilgan xususiy korxonalarning qimmatli qog‘ozlari va tijorat hujjatlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha ochiladigan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
93630 Depozitar yacheykalar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning depozitar yacheykalar saqlanayotgan qimmatliklar va hujjatlarning hisobi olib boriladi. Saqlanishga qabul qilingan qimmatliklar “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96379 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida shartli ravishda saqlanishga qabul qilingan qimmatliklar va boshqa hujjatlarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida egalariga qaytarilgan yoki o‘rnatilgan tartibga muvofiq ravishda ushbu hisobvaraqdan hisobdan chiqarilgan qimmatliklar va boshqa hujjatlarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatbaho buyumlar va hujjatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
94500 Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar
94501 Garov sifatida olingan qimmatli qog‘ozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan kreditlar va/yoki lizinglar ta’minoti sifatida qabul qilingan qimmatli qog‘ozlarning hisobi olib boriladi. Qimmatli qog‘ozlar qabul qilingan ta’minot summasida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96381 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar va/yoki lizinglarning ta’minoti sifatida olingan qimmatli qog‘ozlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlar qaytarilmaganda foydalanilgan ta’minot summasi, shuningdek kreditlar va/yoki lizinglar qaytarilgandan keyin va kredit va/yoki lizinglar shartnomalari yopilgandan keyin mijozlarga qaytarilgan qimmatli qog‘ozlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
94502 Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquq(talab)lar
Hisobvaraqning ta’rifi: kreditlar va/yoki lizinglarga va berilgan boshqa kreditlarga garov sifatida saqlanayotgan mulklar va mulkiy huquq(talab)larning hisobi olib boriladi. Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquq(talab)lar hisobvaraqqa garov bo‘yicha shartnoma tuzilgan vaqtdagi baholangan qiymati bo‘yicha kirim qilinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96381 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida garov ta’minoti sifatida qabul qilingan mulklar va mulkiy huquq(talab)larning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida garovga qabul qilingan foydalanilgan mulklar va mulkiy huquq(talab)larning summasi yoki kreditlar va/yoki lizinglar va ular bo‘yicha hisoblangan foizlar qoplangandan (to‘langandan) keyin qaytariladigan mulklar va mulkiy huquq(talab)larning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit va/yoki lizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
94503 Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan kreditlar va/yoki lizinglarning ta’minoti sifatida qabul qilingan kafolat va kafilliklarning, shuningdek sug‘urta polislarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96381 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar va/yoki lizinglarning ta’minoti sifatida qabul qilingan kafolat va kafilliklarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlar va/yoki lizinglar qaytarilmaganda foydalanilgan ta’minot summasi, shuningdek kreditlar qaytarilgandan keyin va kredit shartnomalari yopilgandan keyin kafolatlar va kafilliklarning muddati o‘tishi bilan o‘rnatilgan tartibda foydalanilmagan va bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
94504 Olingan kreditlar va lizinglar bo‘yicha garov sifatida berilgan qimmatli qog‘ozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan olingan kreditlar va/yoki lizinglar bo‘yicha garov sifatida berilgan qimmatli qog‘ozlarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96381 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida olingan kreditlar va/yoki lizinglar ta’minoti sifatida qarzdor-bank tomonidan berilgan qimmatli qog‘ozlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kredit qaytarilmaganda kreditor tomonidan foydalanilgan ta’minot summasi, shuningdek kreditlar va/yoki lizinglar qaytarilgandan keyin va kredit va/yoki lizinglar shartnomalari yopilgandan keyin qarzdor-bankka qaytarilgan qimmatli qog‘ozlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Yüklə 267,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin