Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


-bob. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari



Yüklə 267,6 Kb.
səhifə62/69
tarix02.06.2023
ölçüsü267,6 Kb.
#122051
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   69
3336 26.11.2021 (1)

4-bob. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari
35. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning (bundan buyon matnda KBTEB deb yuritiladi) qiymatini oldindan to‘lab berish bilan sotib olish:
1) KBTEBni oldindan to‘liq yoki qisman to‘lanishi quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi:
Dt 19909 “Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar uchun”
Kt Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i (agar mol yetkazib beruvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga shu bankda xizmat ko‘rsatilsa);
2) KBTEB omborxonaga sotib olinganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar asosida kirim qilinib, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan rasmiylashtiriladi:
Dt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”
Kt 19909 “Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar uchun”.
36. Agar to‘lov KBTEB kelib tushgandan keyin amalga oshirilsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
1) KBTEB kelib tushganda:
Dt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”
Kt 29802 “To‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar uchun”;
2) KBTEB qiymati to‘langanda:
Dt 29802 “To‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar uchun”
Kt Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i (agar mol yetkazib beruvchining talab qilib olinguncha bo‘lgan depozit hisobvarag‘iga shu bankda xizmat ko‘rsatilsa).
37. KBTEB Bosh bank/filialdan filiallar/bosh bankka berilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 16104 “Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar”;
Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”.
38. KBTEB Bosh bankdan filialga qabul qilinganda boshlang‘ich hujjatlar (yuk xatlari) asosida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”;
Kt 22205 “Bosh ofis/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar”.
39. Omborga qabul qilingan KBTEBda biror bir nomuvofiqlik yoki nuqson topilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
1) Bankning da’vosi mol yetkazib beruvchi tomonidan qabul qilinganda yoki sud tomonidan tegishli qaror chiqarilganda, omborga kirim qilingan KBTEBni mol yetkazib beruvchiga qaytarish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan amalga oshiriladi:
Dt 19909 “Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar uchun”;
Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”;
2) Qaytarilgan mablag‘larni qayta yozuv bilan vakillik hisobvarag‘iga o‘tkazishda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt Bankning vakillik hisobvarag‘i;
Kt 19909 “Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar uchun”.
40. Banklar KBTEBni sof sotish qiymatigacha hisobdan chiqarishni quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan amalga oshiradilar:
Dt 56895 “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Boshqa aktivlar”;
Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”.
41. KBTEBni foydalanishga berish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan rasmiylashtiriladi:
Dt 56406 “Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari”;
Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”.
42. Bank ortiqcha KBTEBni sotganda (KBTEB shartnomada kelishilgan narxlarda sotiladi) quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
1) KBTEBni sotish summasiga:
Dt Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki sotib oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i, agar sotib oluvchiga shu bankda xizmat ko‘rsatilsa;
Kt 29802 “To‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar uchun”;
2) KBTEB bank uchun foyda yoki zararsiz sotilganda:
Dt 29802 “To‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar uchun” — sof tushum summasiga (Sof tushum deganda shartnoma bahosidan qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksizlarni ayirib tashlagandan keyingi summa nazarda tutiladi);
Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”;
3) KBTEB foyda bilan sotilganda:
Dt 29802 “To‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar uchun” — sof tushum summasiga;
Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”;
Kt 45913 “Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda” — sof tushum va balans qiymati o‘rtasidagi farq summasiga;
4) KBTEB zarar bilan sotilganda:
Dt 29802 “To‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar uchun” — sof tushum summasiga;
Dt 55906 “Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar” — sof tushum va balans qiymati o‘rtasidagi farq summasiga;
Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”.
43. Kamomad chiqqan, yaroqsiz holga kelgan (aybdor shaxslar aniqlanmagan holda), tekinga berilgan, shuningdek fors-major holatlarda KBTEBning qiymati, bank tomonidan belgilangan tartibda zararga chiqariladi va quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
Dt 56795 “Boshqa operatsion xarajatlar”;
Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”.
44. KBTEBning kamomadi, shuningdek aybdor shaxsning aybi bilan yaroqsiz holga kelgan (aybdor shaxs aniqlanganda) KBTEBning qiymati quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali rasmiylashtiriladi:
Dt 19908 “Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Bank xodimlari bilan hisob-kitoblar”;
Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”.
Aybdor xodimlarning ish haqidan undirib olinganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 29803 “To‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Xodimlar bilan hisob-kitoblar”;
Kt 19908 “Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Bank xodimlari bilan hisob-kitoblar”.
Belgilangan tartibda bank xodimidan kassa orqali undirib olinganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar”;
Kt 19908 “Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Bank xodimlari bilan hisob-kitoblar”.
45. Omborda hisobda bo‘lmagan buyumlar omborga kirim qilinganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”;
Kt 45994 “Boshqa foizsiz daromadlar”.

Yüklə 267,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin