90000 BALANSDAN TAShQARI HISOBVARAQLAR 90100 To‘lovga yaroqsiz va ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar
90141 Ekspertizaga qabul qilingan banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar
Hisobvaraqning ta’rifi: Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq bank kassirlari tomonidan mijozlarning arizalari asosida ekspertizaga qabul qilingan banknotlar, tangalar va boshqa boyliklarning hisobi olib boriladi. Ekspertizaga qabul qilingan banknotlar va tangalar nominal bo‘yicha, boshqa boyliklar esa “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun Ushbu hisobvaraq uchun 96303 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida ekspertizaga qabul qilingan banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankning bosh ofisi/hududiy bosh boshqarmalariga jo‘natilgan, ekspertizaga qabul qilingan banknotlar, tangalar va boshqa boyliklarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90143 Ekspertizaga qabul qilingan yo‘ldagi banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar
Hisobvaraqning ta’rifi: Markaziy bankning bosh ofisi/hududiy bosh boshqarmalariga jo‘natilgan, ekspertizaga qabul qilingan yo‘ldagi banknotlar, tangalar va boshqa boyliklarning hisobi olib boriladi. Ekspertizaga qabul qilingan yo‘ldagi banknotlar va tangalar nominal bo‘yicha, boshqa boyliklar esa “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96303 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bankning bosh ofisi/hududiy boshqarmalariga jo‘natilgan, ekspertizaga qabul qilingan yo‘ldagi banknotlar, tangalar va boshqa boyliklarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankning bosh ofisi/hududiy bosh boshqarmalari tomonidan ekspertizaga qabul qilingan, ekspertizaga qabul qilish tasdiqlanganidan so‘ng hisobdan chiqarilgan banknotlar, tangalar va boshqa boyliklarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90145 To‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar
Hisobvaraqning ta’rifi: Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq bank kassirlari tomonidan to‘lovga yaroqsiz deb topilgan banknot va tangalarning hisobi olib boriladi. To‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisoblanadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96303 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvarakning debetida bank kassirlari tomonidan to‘lovga yaroqsiz deb topilgan banknot va tangalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasiga jo‘natilgan to‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
90147 Yo‘ldagi to‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar
Hisobvaraqning ta’rifi: Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga yo‘q qilish uchun jo‘natilgan, yo‘ldagi to‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96303 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasiga yo‘q qilish uchun jo‘natilgan, yo‘ldagi to‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasi tomonidan qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlarga asosan to‘lovga yaroqsiz banknot va tangalarning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
90300 Hujjatli qimmatli qog‘ozlar blankalari va hujjatsiz qimmatli qog‘ozlar
90303 Davlatning qimmatli qog‘ozlari blankalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan tarqatish (birinchi egalariga sotish) uchun olingan obligatsiyalar va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlarining blankalari hisobi hamda emitentlarning topshirig‘i bo‘yicha bank tomonidan to‘langan va yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan yoki emitentlarga berib yuboriladigan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar blankalarining hisobi olib boriladi. Tarqatish (sotish) uchun olingan qimmatli qog‘ozlar blankalari nominal qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. To‘langan qimmatli qog‘ozlar blankalari “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisoblanadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96305 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan sotish (tarqatish) uchun olingan, shuningdek emitentlar topshirig‘i bo‘yicha to‘langan obligatsiyalar va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlar blankalarining qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan (tarqatilgan) yoki emitentlarga qaytarilgan, shuningdek hisobdorlik tarzda berilgan obligatsiyalar va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlari blankalarining qiymati aks ettiriladi. Bundan tashqari ushbu hisobvaraq yo‘q qilingan yoki to‘langan qimmatli qog‘ozlarning emitentlarga berib yuborilgan blankalarning summasiga kreditlanadi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning va emitentlarning turlari bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90305 Markaziy bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan tarqatish (birinchi egalariga sotish) uchun olingan Markaziy bankning obligatsiyalari va qimmatli qog‘ozlarining blankalari hisobi hamda emitentlarning topshirig‘i bo‘yicha bank tomonidan to‘langan va yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan yoki emitentlarga berib yuboriladigan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar blankalarining hisobi olib boriladi. Tarqatish (sotish) uchun olingan qimmatli qog‘ozlar blankalari nominal qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. To‘langan qimmatli qog‘ozlar blankalari “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisoblanadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96307 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan sotish (tarqatish) uchun olingan, shuningdek emitentlar topshirig‘i bo‘yicha to‘langan Markaziy bankning obligatsiyalari va qimmatli qog‘ozlarining blankalari qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan (tarqatilgan) yoki emitentlarga qaytarilgan, shuningdek hisobdorlik asosida berilgan Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari blankalarining qiymati aks ettiriladi. Bundan tashqari ushbu hisobvaraq yo‘q qilingan yoki to‘langan qimmatli qog‘ozlarning emitentlarga berib yuborilgan blankalari summasiga kreditlanadi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning va emitentlarning turlari bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90317 Boshqa tashkilot va muassasalarning qimmatli qog‘ozlari blankalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan tarqatish (birinchi egasiga sotish) uchun olingan nodavlat tashkilotlarining qimmatli qog‘ozlari (shu bilan birgalikda lotereya biletlari) blankalarining, shuningdek emitentlarning topshirig‘i bo‘yicha bank tomonidan to‘langan va yo‘q qilishga tegishli bo‘lgan yoki emitentlarga berib yuboriladigan nodavlat tashkilotlarning qimmatli qog‘ozlari blankalarining hisobi olib boriladi. Sotish uchun olingan qimmatli qog‘ozlarning blankalari nominal qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. To‘langan qimmatli qog‘ozlar blankalari “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisoblanadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96315 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan sotish (tarqatish) uchun olingan, shuningdek emitentlar topshirig‘i bo‘yicha bank tomonidan to‘lab berilgan nodavlat tashkilotlarining qimmatli qog‘ozlarining blankalari qiymatlari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan (tarqatilgan) yoki emitentlarga qaytarilgan, shuningdek hisobdorlik tarzda berilgan nodavlat tashkilotlarining boshqa qimmatli qog‘ozlari blankalarining qiymati aks ettiriladi. Bundan tashqari ushbu hisobvaraq yo‘q qilingan yoki to‘lab berilgan qimmatli qog‘ozlarning emitentlarga berib yuborilgan blankalarining summasiga kreditlanadi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning va emitentlarning turlari bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90327 Bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning muomalaga chiqarilguncha saqlanayotgan, shuningdek qoplash (to‘lash) yoki muomaladan chiqarish maqsadida qayta sotib olingan qimmatli qog‘ozlarining hisobi yuritiladi. Bundan tashqari ushbu hisobvaraqda foydalanish uchun yaroqsiz holda bo‘lgan va yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan xususiy qimmatli qog‘ozlar blankalari hisobi olib boriladi. Bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari, shuningdek qoplash (to‘lash) yoki muomaladan chiqarish maqsadida qayta sotib olingan qimmatli qog‘ozlari blankalari “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96314 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bosmaxonadan yoki bosh ofisdan olingan, yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar blankalari qiymati, shuningdek qoplash (to‘lash) uchun yoki muomaladan chiqarish uchun bank tomonidan qayta sotib olingan qimmatli qog‘ozlar qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan (tarqatilgan), shuningdek hisobdorlik tarzda berilgan qimmatli qog‘ozlar blankalarining qiymati aks ettiriladi Bundan tashqari ushbu hisobvaraq yo‘q qilingan qimmatli qog‘ozlarning blankalari summasiga kreditlanadi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90329 Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning muomalaga chiqarilguncha saqlanayotgan, shuningdek qoplash(to‘lash) yoki muomaladan chiqarish maqsadida qayta sotib olingan xususiy hujjatsiz qimmatli qog‘ozlarini hisobi yuritiladi. Bankning qoplash(to‘lash) yoki muomaladan chiqarish maqsadida qayta sotib olingan xususiy hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96314 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bankning muomalaga chiqarilguncha saqlanayotgan, chiqarilgan hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari qiymati, shuningdek qoplash(to‘lash) yoki muomaladan chiqarish uchun bank tomonidan qayta sotib olingan hujjatsiz qimmatli qog‘ozlar “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning sotilgan (tarqatilgan) hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari qiymati aks ettiriladi. Bundan tashqari ushbu hisobvaraq qoplangan(to‘langan) yoki muomaladan chiqarilgan hujjatsiz qimmatli qog‘ozlarning “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahosiga kreditlanadi.
Tahliliy hisob hujjatsiz qimmatli qog‘ozlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90337 Bankning sotib olingan qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: qoplash (to‘lash) muddati kelguncha yana qayta sotish maqsadida bank tomonidan sotib olingan xususiy qimmatli qog‘ozlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96314 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan qayta sotib olingan o‘z qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan qayta sotilgan o‘z qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90400 Bankning bank kartalari, terminallari, bankomatlari va infokiosklari
90402 Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan jismoniy shaxslarning bank kartalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan muomalaga chiqarilgan jismoniy shaxslarning bank kartalari hisobi olib boriladi. Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan jismoniy shaxslarning bank kartalari “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96311 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan muomalaga chiqarilgan jismoniy shaxslar bank kartalarining “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan muomaladan olib qo‘yilgan yoki belgilangan tartibda yo‘q qilib tashlangan jismoniy shaxslar bank kartalarining “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
90404 Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yuridik shaxslarning korporativ bank kartalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yuridik shaxslarning korporativ bank kartalari hisobi olib boriladi. Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yuridik shaxslarning korporativ bank kartalari “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96311 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yuridik shaxslar korporativ bank kartalarining “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan muomaladan olib qo‘yilgan yoki belgilangan tartibda yo‘q qilib tashlangan yuridik shaxslar korporativ bank kartalarining “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi. Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
90406 Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ bank kartalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ bank kartalari hisobi olib boriladi. Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ bank kartalari “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96311 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar korporativ bank kartalarining “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan muomaladan olib qo‘yilgan yoki belgilangan tartibda yo‘q qilib tashlangan yakka tartibdagi tadbirkorlar korporativ bank kartalarining “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
90410 Bank tomonidan o‘rnatilgan terminallar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan o‘rnatilgan terminallar hisobi olib boriladi. Bank tomonidan o‘rnatilgan terminallar “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96313 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan o‘rnatilgan terminallarning “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan muomaladan olib qo‘yilgan yoki belgilangan tartibda yo‘q qilib tashlangan terminallarning “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
90412 Bank tomonidan o‘rnatilgan bankomatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan o‘rnatilgan bankomatlar hisobi olib boriladi. Bank tomonidan o‘rnatilgan bankomatlar “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96313 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan o‘rnatilgan bankomatlarning “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan muomaladan olib qo‘yilgan yoki belgilangan tartibda yo‘q qilib tashlangan bankomatlarning “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
90414 Bank tomonidan o‘rnatilgan infokiosklar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan o‘rnatilgan infokiosklar hisobi olib boriladi. Bank tomonidan o‘rnatilgan infokiosklar “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96313 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan o‘rnatilgan infokiosklarning “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan muomaladan olib qo‘yilgan yoki belgilangan tartibda yo‘q qilib tashlangan infokiosklarning “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
90900 Savdoga oid moliyalashlar
90908 To‘lovchi tomonidan banklarda ochilgan qoplangan akkreditiv
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘lovchining shaxsiy mablag‘laridan yoki unga berilgan kredit hisobidan mahsulot yetkazib beruvchining banki tasarrufiga mablag‘larni bank-emitentning majburiyatlari butun amal qilish muddati davomida o‘tkazib beradigan qoplangan akkreditivlarning bank-emitentdagi hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96308 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan akkreditiv summasi, shuningdek to‘liq foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90909 Taqdim etuvchiga trattalarni to‘lagan holdagi import bilan bog‘liq to‘lanmagan akkreditivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: importchi topshirig‘i asosida chet eldan tovarlar va xizmatlarning importi bo‘yicha hisob-kitob qilish uchun xorijiy benefitsiar (eksportyor)lar foydasiga ochilgan trattalarga qarshi taqdim etuvchiga qo‘yilgan akkreditivlarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida ochilgan akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida importchi banki tomonidan akseptlangan taqdim etuvchiga qo‘yilgan trattalar asosidagi akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90916 Muddatli trattalarga qarshi qo‘yilgan import bilan bog‘liq to‘lanmagan akkreditivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mahsulot yetkazib beruvchining moliyaviy kreditlashi asosida ochilgan yoki muddatli trattalarga qarshi qo‘yilgan import bilan bog‘liq akkreditivlarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida importchi banki tomonidan akseptlangan trattalar asosidagi akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90923 Muddati uzaytirilgan akkreditivlar — Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: tovarlar yoki xizmatlarning importi bo‘yicha hisob-kitoblarning ma’lum vaqt oralig‘ida qismlarga bo‘lib amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan holda ochilgan xorijiy akkreditivlarning hisobi yuritiladi. Muddati uzaytirilgan xorijiy akkreditivlar odatda bir yildan ortiq muddatga ochilishi mumkin. Ushbu kredit turi yirik summalarda beriladi va ma’lum muddatlar davomida qismlarga bo‘lingan holda to‘lanib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida importyor banki tomonidan akseptlangan trattalar asosidagi akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90930 Muddati uzaytirilgan akkreditivlar — Mahalliy
Hisobvaraqning ta’rifi: mahalliy tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bilan bog‘liq hisob-kitoblarni ma’lum vaqt oralig‘ida qismlarga bo‘lib amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan holda ochilgan akkreditivlarning hisobi yuritiladi. Muddati uzaytirilgan mahalliy akkreditivlar odatda bir yildan ortiq muddatga ochilishi mumkin. Ushbu kredit turi yirik summalarda beriladi va ma’lum muddatlar davomida qismlarga bo‘lingan holda to‘lanib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lovchi bank tomonidan akseptlangan trattalar asosidagi akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90937 Revolver akkreditivlar — Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: revolver akkreditivlarning hisobi olib boriladi. (Revolver akkreditiv — emitent-bank tomonidan akkreditivni foydalangandan keyin boshlang‘ich summasigacha qayta tiklash majburiyati) Tartibga muvofiq revolver akkreditivlar bir yilga va bir yildan yuqori bo‘lgan muddatga ochiladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi hamda qayta tiklangan akkreditivning foydalangan qismining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90944 Zaxira akkreditivlar — Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: xorijiy benefitsiarlar foydasiga ochilgan, tovarlarning harakati bilan bog‘liq bo‘lmagan, akkreditivlarning hisobi olib boriladi. Akkreditiv (tadbirkorlik) operatsiyalarning bajarilishi uchun kafolat sifatida ochiladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90951 Zaxira akkreditivlar — Mahalliy
Hisobvaraqning ta’rifi: mahalliy benefitsiarlar foydasiga ochilgan, tovarlarning harakati bilan bog‘liq bo‘lmagan akkreditivlarning hisobi olib boriladi. Akkreditiv (tadbirkorlik) operatsiyalarning bajarilishi uchun kafolat sifatida ochiladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90955 Tasdiqlangan import bilan bog‘liq akkreditivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: importyorning banki tomonidan mahsulot yetkazib beruvchi foydasiga ochilgan va emitent-bankning iltimosiga binoan importyor banki tomonidan tasdiqlangan akkreditivlarning hisobi olib boriladi. Bu bilan tasdiqlovchi bank ushbu akkreditiv bilan bog‘liq bo‘lgan barcha majburiyatlarni o‘ziga oladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lab berilgan akkreditiv summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90958 Tasdiqlangan eksport bilan bog‘liq akkreditivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: xorijiy vakil-banklardan kelib tushuvchi va eksportchi-bank tomonidan tasdiqlanuvchi, xorijiy importchilar tomonidan mahalliy eksportchilar foydasiga ochilgan akkreditivlar hisobi olib boriladi. Akkreditiv importchining xorijiy banki tomonidan ochiladi va mahalliy eksportchi eksportchi-bankdan o‘z tovarlarini jo‘natishdan oldin akkreditivni tasdiqlab berishni so‘raydi. Eksportchi-bank akkreditivni tasdiqlashi bilan ushbu akkreditiv bilan bog‘liq bo‘lgan barcha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96316 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lab berilgan akkreditiv summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha muddati tugagandan keyin qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90960 Xabar qilingan import bilan bog‘liq akkreditivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: ushbu bankning bir vakil-banki tomonidan boshqa vakil-bankka ochilgan akkreditivi hisobi olib boriladi. Bunda ushbu bank bu akkreditivning bajarilishi bo‘yicha hech qanday majburiyatni o‘z zimmasiga olmaydi. Ushbu hisobvaraq uchun 96316 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan akkreditiv summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90961 Xabar qilingan eksport bilan bog‘liq akkreditivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: importchining banki tomonidan eksportchining foydasiga ochilgan va eksportchining bankiga ochilganligi to‘g‘risida xabar qilingan akkreditivlarning hisobi olib boriladi. Akkreditivlarning hisobi eksportchining bankida olib boriladi. Bunda eksportchining banki bu akkreditivning bajarilishi bo‘yicha hech qanday majburiyatni o‘z zimmasiga olmaydi. Ushbu hisobvaraq uchun 96316 balans hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan akkreditiv summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90962 To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlarining hisobi olib boriladi (1-son kartoteka). Ushbu hisobvaraq uchun 96319 balans hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida to‘lov muddatini va/yoki to‘lovchining akseptlashini (roziligini) kutayotgan hisob-kitob hujjatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lov muddati kelgan hisob-kitob hujjatlarining summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90963 Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘lovchilarning hisobvaraqlarida mablag‘larning yo‘qligi yoki yetarli emasligi sababli, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa (hisobvaraq arestga olinganda, hisobvaraq blokirovka qilinganda va boshqa) hollardagi muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlarining hisobi olib boriladi (2-son kartoteka). Ushbu hisobvaraq uchun 96321 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘liq yoki qisman-qisman qilib to‘langan hujjatlarning summasi, shuningdek akseptlashni rad qilganligi natijasida qaytarilgan hisob-kitob hujjatlarining summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90965 Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar — Mahalliy
Hisobvaraqning ta’rifi: inkassoga qabul qilingan mahalliy veksellarning, trattalarning yoki cheklarning, shuningdek boshqa hisob-kitob hujjatlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraqda to‘lov hujjatlari to‘lovlar muddati kelgunga qadar hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96323 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida mahalliy veksellarning, trattalarning yoki cheklarning, shuningdek inkassoga qabul qilingan hisob-kitob hujjatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘liq yoki qisman-qisman qilib to‘langan hujjatlarning summasi hamda akseptdan rad qilish natijasida qaytarilgan yoki 90963 balansdan tashqari hisobvaraq hisobvarag‘iga o‘tkazilgan hujjatlarning summalari aks ettiriladi. Tahliliy hisob mijozlar va inkassoga qabul qilingan hujjatlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90966 Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96321 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan debitorlik qarzlarining to‘liq qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘liq qoplangan sotib olingan debitorlik qarzlar hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90969 Barter shartnomalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank mijozlarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan kontragentlari bilan o‘zaro tovar yetkazib berishlik asosida tuzgan barter shartnomalarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96317 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraqdir.
Hisobvaraqning debetida barter shartnomasining umumiy summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qabul qilingan tovar va amalga oshirilgan majburiy sotish qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir barter shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90971 Eksport shartnomalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning mijozlari bilan tuzilgan eksport shartnomalari hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96318 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida eksport shartnomasining umumiy summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ushbu shartnoma bo‘yicha korxonaning hisobvarag‘iga haqiqatda kelib tushgan tushumlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir eksport shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90972 Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar — Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: xorijiy vakillar (korrespondentlar)dan inkassoga qabul qilingan veksel, tratta yoki cheklarning, shuningdek boshqa hisob-kitob hujjatlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraqda to‘lov hujjatlari to‘lovlar muddati kelgunga qadar hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96323 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida inkassoga qabul qilingan mahalliy veksellar, trattalar, cheklar, hisob-kitob hujjatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akseptlangan, to‘langan hujjatlarning, shuningdek to‘lov to‘g‘risida rad javobi kelgan hujjatlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mijozlar va inkassoga qabul qilingan hujjatlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90979 Inkassoga jo‘natilgan (tashqi) veksellar — Mahalliy
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlardan inkassoga qabul qilingan va to‘lovini yoki akseptini olish uchun jo‘natilgan mahalliy veksellarning, trattalarning yoki cheklarning, shuningdek boshqa to‘lov hujjatlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96330 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida inkassoga jo‘natilgan hujjatlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan to‘langan va/yoki akseptlangan hujjatlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mijozlar va inkassoga jo‘natilgan hujjatlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90986 Inkassoga jo‘natilgan veksellar — Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: tijorat krediti hisobiga to‘lovni olish uchun chet elga jo‘natilgan inkasso operatsiyalari bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlardan bank tomonidan qabul qilingan tovar hujjatlari va trattalari, shuningdek akseptlangan trattalarning; tijorat krediti hisobiga to‘lov uchun chet elga jo‘natilgan va to‘lovi akkreditivlar bilan ta’minlanuvchi trattalar va veksellardan tashqari xorijiy banklarda joylashgan akseptlangan trattalar hamda veksellarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96330 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida chet elga inkassoga jo‘natilgan hujjatlarning va akseptlangan trattalarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan hujjatlarning va/yoki xorijiy banklar tomonidan akseptlangan hujjatlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xorijiy vakil (korrespondent)-bank, mijoz va inkassoga jo‘natilgan hujjatlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90993 Kafolat va kafilliklar
Hisobvaraqning ta’rifi: ushbu hisobvaraqda mijozlar foydasiga bank tomonidan berilgan yoki tasdiqlangan kafolat va kafilliklarning, shuningdek bank tomonidan boshqa emitentlarning kafillik berilgan (avalirovannix bankom) veksellarining nominal qiymati hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96337 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kafolatlarning summasi, shuningdek bank tomonidan boshqa emitentlarning kafillik berilgan veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida foydalanilgan, shuningdek foydalanilmagan va o‘rnatilgan tartibda muddati o‘tishi bilan yo‘q qilingan kafolatlarning summasi, shuningdek bank tomonidan kafillik berilgan boshqa emitentlarni qoplangan veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kafolat bo‘yicha, shuningdek avallashtirilgan veksellarning turi va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
91500 Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari