Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar



Yüklə 267,6 Kb.
səhifə59/69
tarix02.06.2023
ölçüsü267,6 Kb.
#122051
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   69
3336 26.11.2021 (1)

Oldingi tahrirga qarang.
91501 Hisobvaraqning ta’rifi: muddati o‘tgan va o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq balansdan hisobdan chiqarilgan, berilgan muddatli va shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar va lizinglar bo‘yicha hisoblangan, lekin olinmagan foizlar hisobi olib boriladi. Shu bilan birga, ushbu hisobvaraqda muddati o‘tgan hamda sud yoki ijro ishi yuritish jarayonidagi kreditlar va lizinglar bo‘yicha hisoblangan, lekin olinmagan foizlar hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96335 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi
(91501-pozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
91503 Berilgan kreditlar va lizinglar bo‘yicha muddati uzaytirilgan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Hukumatning qaroriga muvofiq ravishda muddatli kreditlar va lizinglar bo‘yicha hisoblangan, lekin olinmagan foizlar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96335 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki hisobdan chiqarilgan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
91505 Boshqa aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa aktivlar va vositachiliklar bo‘yicha hisobdan chiqarilgan foizlar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96335 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida boshqa aktivlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan muddati o‘tgan va/yoki hisoblangan foizlar va vositachilik haqlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa aktivlar bo‘yicha to‘langan va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar va vositachilik haqlari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
91800 Bankning kredit va lizing majburiyati
91809 Bankning kredit va lizing berish majburiyati
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning mijozlarga yoki boshqa banklarga kredit va/yoki lizing berish majburiyatlari hisobi olib boriladi. Bankning mijozlarga va boshqa banklarga kredit va/yoki lizing berish majburiyatlari ushbu hisobvaraqda ushbu majburiyatlarning bajarilishigacha yoki bekor qilinishigacha hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96351 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bankning kredit va lizing berish bo‘yicha berilgan majburiyatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kredit va/yoki lizing berish bo‘yicha ijro etilgan yoki bekor qilingan majburiyatlarining summasi, shuningdek qisman amalga oshirilgan to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
91816 Bankning kredit va lizing olish majburiyatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning mijozlardan yoki boshqa banklardan kredit va/yoki lizing olish majburiyatlarining hisobi yuritiladi. Bankning kredit va/yoki lizing olish majburiyatlari ushbu hisobvaraqda ushbu majburiyatlarning bajarilishigacha yoki bekor qilinishigacha hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96358 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida kredit va/yoki lizing olish bo‘yicha bergan majburiyatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kredit olish bo‘yicha ijro etilgan yoki bekor qilingan majburiyatlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
91900 Qarzdorlarning kredit va lizing majburiyatlari
91901 Qarzdorlarning qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha majburiyatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: qarzdorlarning bank tomonidan berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha muddatli majburiyatlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96345 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar bo‘yicha qarzdorlardan qabul qilingan muddatli majburiyatlar summasi o‘tkaziladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘la qoplangan majburiyatlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
91905 Qarzdorlarning uzoq muddatli kreditlar va lizinglar bo‘yicha majburiyatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: qarzdorlarning bank tomonidan berilgan uzoq muddatli kreditlar va/yoki lizinglar bo‘yicha muddatli majburiyatlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96349 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar bo‘yicha qarzdorlardan qabul qilingan muddatli majburiyatlar summasi o‘tkaziladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘liq qoplangan majburiyatlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
91907 Qarzdorlarning Hukumatdan olingan uzoq muddatli kreditlar va lizinglar bo‘yicha majburiyatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: qarzdorlarning bank tomonidan berilgan Hukumatning uzoq muddatli kreditlar va/yoki lizinglar bo‘yicha muddatli majburiyatlari hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96349 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar va/yoki lizinglar bo‘yicha qarzdorlardan qabul qilingan muddatli majburiyatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘liq qoplangan majburiyatlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
92500 Chet el valyutalari bilan Spot operatsiyalari
92501 Chet el valyutasini “Spot” bitimi bo‘yicha sotish
Hisobvaraqning ta’rifi: chet el valyutasini sotish bo‘yicha “Spot” bitimi tuzilib, hisob-kitoblar bitim tuzilgan kundan keyingi kunlarda (T+1 yoki T+2 hisob-kitob shaklida) amalga oshiriladigan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Ushbu hisobvaraq uchun 96359 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida chet el valyutasini sotishda “Spot” bitimi bo‘yicha olinadigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida chet el valyutasini sotishda “Spot” bitimi bo‘yicha olinadigan mablag‘larning hisobdan chiqariladigan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob tuzilgan shartnomalarga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
92503 Chet el valyutasini “Spot” bitimi bo‘yicha sotib olish
Hisobvaraqning ta’rifi: chet el valyutasini sotib olish bo‘yicha “Spot” bitimi tuzilib, hisob-kitoblar bitim tuzilgan kundan keyingi kunlarda (T+1 yoki T+2 hisob-kitob shaklida) amalga oshiriladigan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Ushbu hisobvaraq uchun 96360 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida chet el valyutasini sotib olishda “Spot” bitimi bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida chet el valyutasini sotib olishda “Spot” bitimi bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘larning hisobdan chiqariladigan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob tuzilgan shartnomalarga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
92700 Hosilaviy instrumentlar bo‘yicha tranzaksiyalar
92701 Fyuchers bitimi bo‘yicha sotish
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy instrumentni (fyuchers — bu kelajakda yetkazib beriladigan moliyaviy instrumentni sotish yoki sotib olish bo‘yicha standart shartnomadir) sotish bo‘yicha fyuchers bitimi hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96361 balans hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni sotishga asoslangan fyuchers shartnomalarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida fyuchers shartnomalari bo‘yicha sotilgan moliyaviy instrumentning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir fyuchers shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
92705 Fyuchers bitimi bo‘yicha sotib olish
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy instrumentni (fyuchers — bu kelajakda yetkazib beriladigan moliyaviy instrumentni sotish yoki sotib olish bo‘yicha standart shartnomadir) sotib olish bo‘yicha fyuchers bitimi hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96363 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni sotib olishga asoslangan fyuchers shartnomalarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida fyuchers shartnomalari bo‘yicha sotib olingan moliyaviy instrumentning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir fyuchers shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
92709 Forvard bitimi bo‘yicha sotish
Hisobvaraqning ta’rifi: kelishilgan kurs bo‘yicha moliyaviy instrumentni sotish, kelgusida kelishilgan sanada to‘lovlar va yetkazib berilishi amalga oshiriladigan forvard shartnomalarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96365 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni sotishga asoslangan forvard shartnomalarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida forvard shartnomasi bo‘yicha sotilgan moliyaviy instrumentning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir forvard shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Yüklə 267,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin