Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar



Yüklə 267,6 Kb.
səhifə61/69
tarix02.06.2023
ölçüsü267,6 Kb.
#122051
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   69
3336 26.11.2021 (1)

Oldingi tahrirga qarang.
94505 Olingan kreditlar bo‘yicha bankning garovga qo‘yilgan aktivlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan olingan kreditlar bo‘yicha bankning garovga qo‘yilgan depozitlari, asosiy vositalari, kreditlari va boshqa aktivlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan garovga qo‘yilgan depozitlari, asosiy vositalari, kreditlari va boshqa aktivlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida garovdan chiqarilgan bankning depozitlari, asosiy vositalari, kreditlari va boshqa aktivlari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(94505-pozitsiya O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
95400 Boshqa balansdan tashqari hisobvaraqlar
95409 Qarzdorga bildirilgan da’volar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: garovga olingan mol-mulkning qarzdorlarga/debitorlarga berilgan kreditning to‘lanmagan summasi bilan solishtirilgandagi kam chiqqan qiymati natijasida qarzdorlarga/debitorlarga bildirilgan da’volar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96397 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida garovga olingan mol-mulkning berilgan kreditning to‘lanmagan summasi bilan solishtirilgandagi kam chiqqan qiymati natijasida qarzdorlarga/debitorlarga bildirilgan da’volar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kredit qarzlari bo‘yicha qarzdorlarga/debitorlarga bildirilgan da’volar asosida undirib olingan mablag‘lar summasi yoki o‘rnatilgan tartibga muvofiq ravishda hisobdan chiqarilgan qarzlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qarzdorlar/debitorlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
95411 Olinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: muddatida to‘lanmagan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha va sud jarayonidagi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96333 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida muddatida to‘lanmagan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha, shuningdek sud jarayonidagi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida muddatida to‘lanmagan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha, shuningdek sud jarayonidagi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha undirib olingan foizlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar emitentlari va turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
95413 Hisobdan chiqarilgan kreditlar, lizinglar va faktoringlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank balansidan hisobdan chiqarilgan kreditlar, lizinglar va/yoki faktoringlar (to‘lanmagan qismi)ning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96397 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan kredit, lizinglar va faktoringlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta tiklangan yoki to‘langan kreditlar, lizinglar va/yoki faktoringlarning, shuningdek o‘rnatilgan muddati o‘tishi bilan bekor qilingan kreditlar, lizinglar va/yoki faktoringlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit, lizing va faktoring shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(95413-pozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
95415 Hisobdan chiqarilgan boshqa aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: amaldagi qoidalarga muvofiq ravishda bank balansidan hisobdan chiqarilgan boshqa aktivlar (to‘lanmagan qismi)ning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96397 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan boshqa aktivlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta tiklangan yoki to‘langan boshqa aktivlarning, shuningdek o‘rnatilgan muddati o‘tishi bilan bekor qilingan boshqa aktivlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha shartnomalarga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
95497 Boshqa balansdan tashqari hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqoridagi turkum hisobvaraqlar ta’rifiga mos tushmaydigan operatsiyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96397 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida kirim qilingan mablag‘lar, hujjatlar yoki boshqa qimmatbaho buyumlarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan mablag‘lar, hujjatlar yoki boshqa qimmatbaho buyumlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob hujjatlar va boshqa qimmatbaho buyumlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
96300 Balansdan tashqari hisobvaraqlar bo‘yicha kontr-hisobvaraqlari
96303 Banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar harakati bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96305 Davlatning qimmatli qog‘ozlari blankalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96307 Markaziy bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96308 Qoplangan akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96309 Import bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96311 Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan bank kartalar bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96313 Bank tomonidan o‘rnatilgan terminallar, bankomatlar va infokiosklar bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96314 Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96315 Boshqa tashkilot va muassasalarning qimmatli qog‘ozlari blankalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96316 Eksport bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96317 Barter shartnomalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96318 Eksport shartnomalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96319 To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96321 Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96323 Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96330 Inkassoga jo‘natilgan (tashqi) veksellar bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96331 Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96333 Olinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan foizlar kontr-hisobvarag‘i
96335 Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari kontr-hisobvarag‘i
96337 Kafolat va kafilliklar bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96345 Qarzdorlarning qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvarag‘i
96349 Qarzdorlarning uzoq muddatli kreditlar va lizinglar bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvarag‘i
96351 Bankning kredit va lizing berish majburiyati bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96358 Bankning kredit va lizing olish majburiyati bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96359 “Spot” bitimi bo‘yicha sotish kontr-hisobvarag‘i
96360 “Spot” bitimi bo‘yicha sotib olish kontr-hisobvarag‘i
96361 Fyuchers bitimi bo‘yicha sotish kontr-hisobvarag‘i
96363 Fyuchers bitimi bo‘yicha sotib olish kontr-hisobvarag‘i
96365 Forvard bitimi bo‘yicha sotish kontr-hisobvarag‘i
Oldingi tahrirga qarang.
96366 Hisob-kitobli forvard bitimi bo‘yicha sotish kontr-hisobvarag‘i
(96366-pozitsiya O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
96367 Forvard bitimi bo‘yicha sotib olish kontr-hisobvarag‘i
Oldingi tahrirga qarang.
96368 Hisob-kitobli forvard bitimi bo‘yicha sotib olish kontr-hisobvarag‘i
(96368-pozitsiya O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
96369 Opsion bitimi bo‘yicha sotish kontr-hisobvarag‘i
96370 Opsion bitimi bo‘yicha sotib olish kontr-hisobvarag‘i
96371 Svop shartlari bilan sotish kontr-hisobvarag‘i
96373 Svop shartlari bilan sotib olish kontr-hisobvarag‘i
96374 Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i
96376 Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i
96379 Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96381 Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96397 Boshqa balansdan tashqari hisobvaraqlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 267,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin