Oldingi tahrirga qarang. 44907 Hosilaviy instrumentlar bo‘yicha foizli daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: hosilaviy instrumentlar bo‘yicha foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hosilaviy instrumentlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki to‘langan foizlarning qaytarilgan summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 hisobvarag‘iga yopiladigan daromad summasi aks ettiriladi.
(44907-pozitsiya O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son) 45000 Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan repo bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45001 Markaziy bankdan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45003 Boshqa banklardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45005 Hukumatdan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45007 Jismoniy shaxslardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45009 Yakka tartibdagi tadbirkorlardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45011 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalaridan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
Oldingi tahrirga qarang. 45013 Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
(45013-pozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son) 45015 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
45094 Boshqa qarzdorlardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlariga bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: REPO bitimlari (qimmatli qog‘ozlarni qayta sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuv) bo‘yicha foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ishlab topilgan daromad summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan daromadning qaytarilish summasi, REPO kelishuvining ikkinchi qismi bajarilmasligi natijasida hisobdan chiqarilgan daromad summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromad summasi aks ettiriladi.
45100 Foizli daromadlar — lizing (moliyaviy ijara)
45101 Boshqa banklarga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45105 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45107 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
Oldingi tahrirga qarang. 45109 Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
(45109-pozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son) 45111 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45113 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45115 Bank bo‘lmagan moliyaviy institutlarga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45117 Muddati o‘tgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45119 Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45121 Sud yoki ijro ishi yuritish jarayonidagi lizing bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarga va boshqa banklarga berilgan muddatli, muddati o‘tgan va shartlari qayta ko‘rib chiqilgan hamda sud yoki ijro ishi yuritish jarayonidagi lizinglar bo‘yicha bankning ishlab topilgan foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45200 Foizsiz daromadlar
45201 Ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar — Markaziy bank
Hisobvaraqning ta’rifi: Markaziy bankning hisobvaraqlarini yuritish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmat uchun bankning ishlab topilgan daromadlari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankka ko‘rsatilgan xizmat uchun ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 balans hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45205 Ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar — Boshqa banklar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklar hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatgani uchun bankning olgan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45209 Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan investitsiyaviy vositachilik operatsiyalari bo‘yicha daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qimmatli qog‘ozlar bilan investitsiyaviy vositachilik operatsiyalari bo‘yicha daromadlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qimmatli qog‘ozlar bilan investitsiyaviy vositachilik operatsiyalari bo‘yicha ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaraqqa o‘tkaziladigan daromad summasi aks ettiriladi.
45213 Bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan amalga oshirgan operatsiyalari bo‘yicha daromadlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan bo‘ladigan operatsiyalarda ko‘rsatgan vositachilik (vositachilik haqi, brokerlik mukofotlash va boshqalar) xizmatlaridan olingan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan bo‘ladigan operatsiyalari bo‘yicha ishlab topilgan daromadlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45217 Sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha daromadlar — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi: sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha bankning olgan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdor tomonidan sotib olingan debitorlik qarzini qoplashda ishlab topilgan daromad summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45221 Bankning trast operatsiyalari bo‘yicha daromadlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning trast operatsiyalari bo‘yicha daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning trast operatsiyalaridan ishlab topilgan daromadlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45225 Ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar — Akkreditivlar va akseptlar
Hisobvaraqning ta’rifi: akseptlar berish va akkreditivlar ochish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bankning olgan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida akseptlar berish va akkreditivlar ochish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45229 Overdraft bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarga overdraft berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bankning olgan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida overdraft bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45233 Kreditlar bo‘yicha vositachilik daromadlari
Hisobvaraqning ta’rifi: kreditlar (shuningdek mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiyalar)ni rasmiylashtirganligi, ularni taqdim etganligi va u bo‘yicha xizmat ko‘rsatganligi uchun vositachilik daromadlari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida kreditlarni berganligi, rasmiylashtirganligi va xizmat ko‘rsatganligi uchun ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45235 Lizing bo‘yicha vositachilik va komission daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: lizingni rasmiylashtirganligi, ularni taqdim etganligi va u bo‘yicha xizmat ko‘rsatganligi uchun vositachilik va komission daromadlari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida lizingni berganligi, rasmiylashtirganligi va xizmat ko‘rsatganligi uchun ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45237 Kredit majburiyatlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: potensial qarzdorlarga zaxiralangan kredit liniyasi uchun bankning olgan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida amalda berilmaslik ehtimoli mumkin bo‘lgan kreditlarga doir kredit majburiyatlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarda ishlab topilgan daromad summasi hamda kredit berilmagan bo‘lsa ham muddati o‘tgan kredit majburiyatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45241 Menejment xizmati bo‘yicha daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning mijozlarga bergan ma’lumotlar va maslahatlar xizmatidan olgan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida menejment bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45245 Sindikat kreditlarda qatnashganlik uchun olingan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank bosh anderrayting (kafolatchi) hisoblanmaydigan, sindikat kreditlarda qatnashganidan daromadlar summasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida sindikat kreditlarda qatnashganligi natijasida ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45249 To‘lovlar bo‘yicha vositachilik xizmatlari uchun olingan daromadlar — Mahalliy
Hisobvaraqning ta’rifi: mahalliy to‘lovlar (mahalliy trattalar, cheklar va boshqalar)ni amalga oshirishda mijozlarga ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan bankning olgan vositachilik daromadlari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida mahalliy to‘lovlar bo‘yicha ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45253 To‘lovlar bo‘yicha vositachilik xizmatlari uchun olingan daromadlar — Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: xorijiy to‘lovlar (xalqaro pul o‘tkazmalari, xorijiy trattalar, yo‘l cheklari va boshqalar)ni amalga oshirishda mijozlarga ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan bankning vositachilik daromadlari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida xorijiy to‘lovlar bo‘yicha ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45257 Mijozlarning inkasso operatsiyalari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning inkasso operatsiyalari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan bank daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida inkasso operatsiyalari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45261 Kafolatlar va kafilliklar bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning o‘z mijozlariga berilgan kafolatlari va kafilliklari bo‘yicha daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida berilgan kafolatlar va kafilliklar bo‘yicha ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45265 Bank kartalari bo‘yicha vositachilik xizmatlari uchun olingan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank kartalari bilan operatsiyalarni amalga oshirishda mijozlarga ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan bankning vositachilik daromadlari hisobi olib boriladi