13.Давлат молияси статистикаси кўрсаткичлари тизимини ёритиб беринг?Respublika davlat budjeti statistikasi ko‘rsatkichlari budjet daro madlari, budjet xarajatlari budjetni moliyalashtirish ko‘rsatkichlari, davlat qarzi, budjet muassasalari soni va shtatlari ko‘rsatkichlari, budjetdan tashqari fondlar ko'rsatkichlaridan tashkil topadi.
Davlat budjetining daromadlari turli belgilarga ko'ra tasniflana- di. Hozirgi vaqtda ularni to‘rt asosiy belgisiga ko‘ra tasniflash keng qo‘llaniladi.
Davlat budjetining daromadlari tashkil topish manbalariga ko‘ra quyidagi turlarga bo'linadi:
a) yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar;
b) aholidan olinadigan soliqlar;
c) hukumatning qimmatli qog‘ozlarini sotishdan olingan daro
madlar;
100
d) bank tizimining kreditlari;
e) davlat mulkini sotishdan olingan daromadlar;
f) xorijiy mamlakatlardan va xalqaro tashkilotlardan olingan kreditlar va moliyaviy yordamlar;
j) boshqa daromadlar.
Davlat budjetining daromadlari undirish usuliga ko‘ra 2 ga
bo‘linadi:
a) soliqli daromadlar;
b) soliqsiz daromadlar.
Davlat budjetining daromadlari soliq turlariga ko‘ra quyidagilar-
ga boiinadi:
a) korxonalar daromadi (foydasi) dan olinadigan soliq;
b) jismoniy shaxslardan olinadigan soliq; c) qo‘shilgan qiymat soligi;
d) aksiz;
e) ekologiya solig‘i;
f) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
j) yerosti boyliklaridan foydlanganlik uchun soliq; g) mol-mulk soligi;
i) yer soligi va boshqa soliqlar.
Davlat budjetining daromadlari mamlakatning davlat tuzilishiga ko‘ra quyidagi turlarga boiinadi:
1. Unitar davlatlarda:
a) markaziy budjetning daromadlari;
b) mahalliy budjetlarning daromadlari.
2. Federal davlatlarda:
a) markaziy budjetning daromadlari;
b) subyektlaming daromadlari;
c) mahalliy budjetlarning daromadlari.