12.Пул агрегатлари тушунчасини ёритиб беринг? Umumiy pul massasi (M) alohida agregatlardan tashkil topadi. Pul agregati deganda to‘lov vosi- talarini likvidlik darajasi bo'yicha maxsus tasnifi yokijamg‘arilayotgan va xarid qobiliyatini saqlovchi barcha pul vositalari tushuniladi. Bunga naqd pullar, korxonalaming hisob raqamidagi pullari, muddatli va muddatsiz bankka qo‘yilgan pullar, sertifikatlar, zaxiralar va boshqalar kiradi. Pul agregatlarining soni mamlakat iqtisodiyoti va pul massasini boshqarish xususiyatlari inobatga olingan holda turli- chadir. Masalan, AQSH va Rossiyada pul massasi 4 agregatga, Yaponiyada —3, Angliyada —5, Shveysariya va Germaniyada —3, Fransiyada —10 agregatga bo‘lingan.
Umumiy ko'rinishda pul massasi quyidagi parametrdan tashkil topadi:
Mo—agregat aylanmadagi barcha (aholi qoiidagi, korxona va tashkilotlar kassasidagi) naqd pulni o‘z ichiga oladi.
M, —agregatga barcha naqd (M0) pul va foiz to‘planmaydigan depozitlar qoldig‘i summasi kiradi.
M2—bu agregat o‘z ichiga Ml agregatini va muddatli depozit- lami oladi. Muddatli depozitlar aholini muddatli (3 yilgacha) hisob- lardagi qo‘yilmalari hamda aholi va korxonalaming tijorat banklari- da ochilgan hisob raqamlaridagi qoldiq mablagiaridan tashkil topadi.
M3—bu agregatni aniqlash uchun M2agregati massasiga maqsad- li zayomlar, sug‘urta polislari, sertifikatlar, banklar zaxirasi, uch yildan ko‘p muddatga qo‘yilgan aholi pullari, budjet, kasaba uyushmasi, ijtimoiy va boshqa tashkilotlar hisobidagi mablag'lar qo‘shiladi.
M4 —bu agregat M3agregatiga aksiya, obligatsiya va veksellar qiymatini qo'shish bilan aniqlanadi.
M5 —agregat o‘z ichiga M4 agregatdagi mablag‘lar va aholi, korxona hamda tashkilotlaiga qarashli bo‘lgan chet el valutasini oladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, pul massasi agregatlari turli mam- lakatlarda turli ko'rinish va sonda qabul qilingan.
Pul muomalasi statistikasida pul agregatlari pulning aylanish tezligi (likvidligi) bo‘yicha ham bir qancha guruhlarga bo'linadi. M, mutlaq aylanuvchi agregat deb ataladi.
Mutlaq aylanuvchi (absolut likvidlik) mablag' deganda aktiv- larning muomala mablag'lariga o'tishi (aylanishi) va o‘z nominal qiymatlarini o'zgartirmaslik qobiliyatini saqlashi tushuniladi.
Bank tizimida, aniqrog‘i, bankirlar tilida M, va M2 agregatlar tezroq aylanuvchi pul mablag'lari deb yuritiladi, M, esa «qisqa pullar» nomini olgan, boshqa passivlar esa (pul tizimining likvid depozitlari) «kvazi pullar» deb ataladi. Ular o‘z ichiga muddatli va jamg'arma depozitlarini hamda rezidentlaming chet el valutasidagi depozitlarini oladi. Bankirlar «qisqa pullar» va «kvazi pullar» yig'indisini «keng pullar» deb atashadi.
Pul agregatlari orasida M5agregat pul massasining umumiy hajmi- ni tavsiflovchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu agregat mamlakatdagi tovar va xizmatlarga bo‘lgan to‘lov qobiliyatini o'zida ifoda etadi.