Молия бозори статистикаси фани якуний назорат саволлари


Олий молиявий ҳисоблашларнинг умумий методлари



Yüklə 92,09 Kb.
səhifə7/29
tarix03.12.2023
ölçüsü92,09 Kb.
#171819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Молия бозори ста жавоблари

9.Олий молиявий ҳисоблашларнинг умумий методлари.
Oliy moliyaviy hisoblashlar kredit, sug'urta, investitsiyalar, pul muomalasi yig‘ma ko‘rsatkichlarini umumlashtirishda, ularning dara- jasi, tarkibi, dinamikasi va o‘zaro bog‘liqligini, valuta va qimmatli qog‘ozlar bozori konyunkturasini o'rganishda, davlat moliyasining turli ko‘rsatkichlarini (davlat budjeti daromadlari va xarajatlari, respublika va hududiy tarif, norma, renta, foizlar, soliq stavkalari) hisoblashda, tashkilot va korxonalarning (bo‘ysunishi va mulk shak- lidan qat’iy nazar) moliyaviy natijalari va barqarorligini o‘rganish kabilarda qo‘llaniladi. Oliy moliyaviy hisoblashlar metodlari bundan tashqari moliyaviy operatsiya va bitimlarning u yoki bu omilga bog‘liqligini aniqlashda, moliyaviy holatlarning kelgusi modellarini tuzishda, o‘sgan qiymat hajmini hisoblashda, moliyaviy ko‘rsatkichlarni diskontlashda, turli moliyaviy to'lovlami hisoblashda, moliyaviy majburiyatlami qoplash rejasini tuzishda va h.k. qo'llaniladi. Miqdoriy moliyaviy tahlil hal qiladigan vazifalar turli-tuman. Agar berilgan parametrlar o'zgarmasa, ularni ma’lum bir tizimga solish mumkin. Agar berilgan parametrlar o‘zgarsa, tizimlashtirish bo‘lmaydi. Real hayotda oxirgi holat ko‘proq uchraydi. Oliy moliyaviy hisoblash hal qiladigan vazifalar an’anaviy va yangi vazifalarga bo'linadi. Bu, bizning fikrimizcha, noto‘g‘ri. Chunki bugun yangi hisoblangan vazifa ertaga eskirishi mumkin.
Miqdoriy moliyaviy tahlil turli sharoitlarda qo'llaniladi. Masalan, oddiy obligatsiyalarni chiqarishda barcha shart-sharoit aniq, ya’ni ularning muddati, kutgan daromad, sotib olish tar- tibi to‘lig‘icha ko'rsatiladi. Bu hamma vaqt hamma narsa aniq bo'ladi, degani emas. Masalan, pul bozori dinamikasini hisobga olishga to‘g‘ri kelsa, noaniqlik boshlanadi. Chunki vaqt o'zgarishida foiz stavkalari, valuta kurslari va tariflar o‘zini qanday tutishini bilmaymiz. Miqdoriy moliyaviy hisob-kitoblar qo'llanilish doirasi juda keng. Ularni oddiy foiz yozishdan boshlab to murakkab moliyaviy hisob- kitoblargacha qo'llash mumkin. Masalan, obligatsiya chiqarish samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillami baholash yoki moliyaviy investitsiyalar portfelini diversifikatsiyalash bilan risklami qisqartirish metodlar va h.k.
Oliy moliyaviy hisob-kitoblar hal qiladigan vazifalar turlicha:
— oshgan qiymatni hisoblash;
— umumiy natijada operatsiyani har bir qatnashchining manfaatini aniqlash;
— foizlaming turli stavkalarini tahlil qilish;
— diskontlash metodlarini qo‘llash;
— to‘lovlar va stavkalarning ekvivalentligini ta’minlash;
— moliyaviy operatsiyalarni bajarish rejalarini ishlab chiqish;
— operatsiya va bitimlarning oxirgi natijalarini va ularning parametrlari o‘rtasidagi bogiiqlikni o‘lchash;
— moliyaviy operatsiya va bitimlar samaradorligini o'rganish.
Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalar vaqt o‘tishi bilan o'zgaradi. Zamonaviy amaliyot yangi-yangi vazifalarni ko'ndalang qilib qo‘yaveradi. Oliy moliyaviy hisob-kitoblaming qo'llanilishi diapazoni muntazam kengayib borgan.


Yüklə 92,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin