195
Invest itsiya jarayoni i^htirokchilari
11-chiyna. Investitsiyalash jarayoni.
davlatni joriy ehtiyojlari hisoblanadi. Masalan, hukumat soliq ko'rinishida davlat budjeti daromadiga to'langanga qaraganda ko‘p xarajat qilishi mumkin. Yoki shahar hokimiyati joriy faoliyati uchun pul kerak bo'lgan holda budjetga soliqlar to‘lanmagan holatlar bo'lishi mumkin.
Ustun darajada hokimliklar o‘z ehtiyojlarini qisqa muddatli obligatsiyalar chiqarish yordamida moliyalashtiradilar.
Ayrim vaqtda ijroiya hokimiyati idoralari pulni taklifqiluvchilar tomonida qatnashadilar. Masalan, shaharda ma’lum vaqtga kelib qandaydir pul summasi bo'shab qolsa, uni joriy hisob raqamida ushlab turmasdan, shahar hokimiyati mablag‘ni qisqa muddatli moliyaviy bozorga vositalarga qo‘yib daromad olishlari mumkin.
Ijroiya hokimiyatlari idoralarini moliyaviy mablag'larga ehtiyoj sezayotgan tomonda va taklif tomonida moliyaviy institutlar va moliyaviy bozorlar holatiga kuchli ta’sir ko'rsatadi. Aksariyat hollarda davlat — bu pul mablag'larini iste’molchisidir, ya’ni u mablag1 berishga qaraganda ko‘p mablag‘ni ishlatadi.
Kompaniyalar. Ko'pgina kompaniyalar mulk shakllaridan qa’ti nazar, o‘z faoliyatini yuritish uchun yirik moliya mablag'lariga muhtoj bo'ladi. Ijroiya hokimiyati idoralari singari, ulami moliyaviy ehtiyojlari uzoq va qisqa muddatliga bo'linadi. Uzoq muddatli maqsadlami amalga oshirish uchun kompaniyalarga zavodlar
196
qurishga, asbob-uskunalar va inshootlar olishga, yangi mahsulot- lami ishlash uchun pul kerak bo'ladi.
Qisqa muddatli ehtiyojlar tovar zaxiralarini ta’minlash, debitor qarzlarini va boshqa joriy xarajatlarni qoplash zaruratlaridan yuzaga keladi. Qisqa va uzoq muddatli ehtiyojlami moliyalashtirish uchun kompaniyalar muomalaga turli xil qarz qimmatli qog'ozlami va aksiyalami chiqaradilar. Qachonki, ularda vaqtincha ortiqcha pul mablag'lari paydo bo‘Isa, ular pullami boshqalarga taklif qilishadi. Amalda ko'pgina yirik kompaniyalar naqd pullarini boshqarishda faol va murakkab strategiyani amalga oshiradilar va qisqa muddatli qimmatli qog'ozlami asosiy xaridorlari hisoblanadilar.
Davlatga o'xshab kompaniyalar, umuman, pul mablag'larini sof xaridorlari hisoblanadi.
Xususiy shaxslar. Xususiy shaxslar investitsiya jarayoniga turli usullar bilan: masalan, omonat hisoblarga pul joylashtirish, obliga- tsiya va aksiyalar sotib olish, sug'urta polislari olish bilan pul yetkazib berishlari mumkin. Moliyaviy vositalami tanlash ko'pincha judayam oddiy vazifa emas, u yakka investor o'z oldiga qanday maqsad qo'yayotganiga bog'liq. -
Pul mablag'lariga xususiy shaxslami talabi asosan mulkni, odatda uy, avtomobil xarid qilishni moliyalashtirish uchun zayom shakliga ega bo'ladi. Vaholanki, unday talabni miqdori juda katta, xususiy shaxslar — pulni sof yetkazib beruvchilardir, boshqacha qilib aytganda, ular investitsiya jarayoniga olganiga qaraganda ko'p beradilar. Davlat va kompaniyalar pul mablag'larining sof xaridorlari hisoblanar ekan, xususiy investorlarning iqtisodiy o'sish va rivojlanishni moliyalashtirish uchun pul yetkazib berish- dagi roli juda salmoqlidir.
Investorlar tipi. Ikki tipdagi investorlar bor: ular institutsional va yakka investorlar.
Institutsional investorlar — muassasalar bo'lib, ularga boshqa- laming pulini boshqargani uchun haq to'laydilar. Ulami moliyaviy muassasalar, masalan, banklar, sug'urta kompaniyalari, o'zaro va pensiya fondlari hamda yirik nomoliyaviy korporatsiyalar, ayrim hollarda xususiy shaxslar yollaydilar. Moliyaviy institutlar o'z omonatchilariga yaxshigina daromadni ta’minlashga harakat qilib katta sununani investitsiy^laydilar.
197
Masalan, bankning trast bo'limi i^nga ishonib topshirilgan mablag'ga yetarli daromad to'lashi lozim; hayotni sug'urtalash kompaniyasi mijozlarga hamda mijoz vafot etgan holatlarda ular merosxo'rlariga va oluvchilariga sug'urta mukofoti to'laydigan daro- madni to'lashga sug'urta badallarini investitsiyalashi lozim. Sanoat yoki savdoga o'xshash nomoliyaviy kompaniyalar ham ko'pincha ortiqcha pul mablag'lariga ega bo'ladilar, bo'sh pullar daromad keltirishi yoki joriy operatsiyalarga va istiqbolga kapital qo'yilmalari talabni qoplashga yordam bcrish uchun omonatga qo'yadilar.
Yakka investorlar o‘z moliyaviy manfaatlari uchun shaxsiy mablag'larini tassarruf etadilar. Yakka investor ko'pincha pensiyaga ketganda yoki uning oilasini moliyaviy barqarorligini ta’minlashda daromad manbai bo'lishligi uchun bo'sh turgan pullari foyda kelti- rishidan manfaatdordir. Yakka investorlami ko'pchiligi faqat shaxsiy qimmatli qog'ozlar portfelini nima bilan to'ldirish yoki shaxsiy pensiya fondini qanday ta’minlashga izlanish bilan band bo'ladilar. Katta summadagi pullami qo'yishi mumkin bo'lganlar investitsiya sohasida kasbiy tayyorgarlikka ega bo'lmaganliklari tufayli o'z mablag'larini boshqarishni institutsional investorlarga, masalan, banklami trast bo'limlariga yoki investitsiyalar bo'yicha malakali maslahalchilarga topshiradilar.
Institutsional va yakka investorlar uchun asosiy ish tamoyillari yagonadir. to'g'ri institutsional investorlar odatda pul egalari nomidan anchagina yirik summalar bilan ish qiladilar, shuning uchun ular yuqori malakaga ega bo'ladilar va murakkab hamda nozik usullami qo'llaydilar.
Investitsiyalash. Maxsus tanlangan moliyaviy vositalarga pulni qiymatini ko'paytirish yoki ijobiy daromad olish maqsadida joylashtirish jarayonini investitsiyalash deb ataladi. Ushbu faoliyat katta iqtisodiy ahamiyatga ega, u mantiqiy ketma-ket xarajatlar sifatida bajarilishi mumkin, uni natijasi esa daromad olish hisoblanadi. Keyingi vaqtlarda bir qator yangiliklar kiritildiki, ular investitsiyalashni rag'batlantiradi va ushbu jarayonni anchagina maqbullantiradi.
Investitsiyalashni ijodiy ahamiyati. Iqtisodiyotni amal qilishi va o'sishi davlatni va kompaniyalami, shuningdek, xususiy shaxslami o'sib.borayotgan talablarini moliyalash uchun qanchalik pul
Dostları ilə paylaş: |