moliyaviy vositalami sotuvchisini sofdilligiga bog'liq. Past tavakkallik investitsiyalar muayyan daromad olishning xavfsiz vositasi hisob- lanadi. Investorlar o‘z mablag'i yoki jalb qilingan mablag* yordamida kapital qo'yilmalami amalga oshiradi. Yuridik va jismoniy shaxslar yoki ulaming birlashmasi, davlat organlari va chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar investor bo'lishlari mumkin. Investitsiyalami jalb etish va sarilash sohalariga asoslanib inves- titsiya faoliyati obyektlari turkumini tuzish mumkin. Investitsiya faoliyati obyektlari turkumi investitsiyalami sarfla- nish sohalariga binoan quyidagi 10-chizmada ko‘rsatilgan.
10-chiuna. Investitsya faoliyati obyektlarini turkumlash.
193
Investitsiya faoliyatida sohalardan birini yoki bir nechtasini tanlab olish huquqiga investorlaming o‘zlari ega bo'lishadi. Ulami hech kirn soha yoki investitsiya obyektlami tanlashga majbur eta olmaydi. U yoki bu sohani tanlashda va investitsiyalami ma’lum bir sohaga sarflashdagi qarorlarni investorlaming o'zlari qabul qiladilar. Investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun ular fuqarolami va huquqiy shaxslami o‘z xohishlari bilan shartnomalar asosida jalb qiladilar. Investitsiyaning obyekti bo'lib, mablag'lami, ya’ni qonun doirasidagi barcha boyliklami safarbar etayotgan obyektlar tushuniladi. Ular yangi korxonalar yoki amalda faoliyat ko'rsa- tayotgan korxonalar, qimmatli qog‘ozlar, bank depozitlari, intel- lektual mulk va boshqalar bo'lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunida (6-modda) investitsiya faoliyati obyektlariga quyidagi ta’rif berilgan: «Moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarish obyektlari investitsiya faoliyatining obyektlaridir». Investitsiya subyekti bo‘lib, investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi. Ular. xorijiy davlatlar, xalqaro moliya institutlari, mahalliy davlat hokimiyati organ lari, davlat boshqaruv organlari, turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar, mulk egasi bo'lgan fuqarolar, shu jumladan chet el fuqarolari, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar bo'lishi mumkin. Investorlar qonun hujjatlariga muvofiq, buyurtmachi (mablag' kirituvchi), kreditor, sotib oluvchi bo'lishlari, shuningdek, investitsiya faoliyati ishtirokchisi vazifasini bajaruvchi bo'lishlari mumkin.
Qonunlarga tayangan holda shartnomalar asosida inves- titsiyalarga ega bo'lish, ulardan foydalanish va ushbu faoliyat natijalari bo'yicha qarorlar qabul qilishni investorlar, boshqa fuqaro va huquqiy shaxslar zimmasiga topshirish to'g'risida qarorlar qabul qilishlari ham mumkin. Bunday hollarda majburiyat garovi sifatida (investorni majburiyatini ta’minlash) investomi mulki qabul qilinadi. Garovga faqat qarzga oluvchining shaxsiy mulki yoki to'la xo'jalik olib borish huquqiga ega bo'lgan mulk qo'yiladi.