Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə159/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   179
3-176 Moliya bozori

203




  1. Asosiy salbiy tomoni — portfel, kapital oqimlari yuqori xavf-xatar ta’sirida beqaror tendensiyaga ega bo'lishi mumkin.

Xalqaro kapital migratsiyasining obyektiv asosi jahon xo'jaligi tizimiga kiruvchi mamlakatlaming notekis iqtisodiy rivojlanishi bo'lib, amaliyotda u quyidagicha namoyon bo'ladi:

  • turli mamlakatlarda kapital jamg'arilishining turli sur’atlarga ega bo‘lishi;

  • alohida mamlakatda kapitalning «nisbatan ortiqchaligi»;

  • jahon xo'jaligining turli bo‘g‘inlarida kapitalga talab va taklifning mutanosib emasligi.

«Nisbatan ortiqchaligi» iborasi, birinchi navbatda, kapitalni eksport qiluvchi mamlakatlarda kuzatilib, uning mutlaq ortiqchaligi kuzatilmaydi, chunki ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan cheklan- magan darajada o'sish tcndensiyasiga ega, deb hisoblanadi, shunday ekan, kapitalga ham doimo talab bo'lishi kerak.
Bundan tashqari, kapital eksporti mamlakatning o‘zi uchun yetarli bo'lmagan holda ham davom ettirilishi mumkin, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital kiritmalari bilan kutilayotgan daromadlar miqdorlari o'rtasida to‘g‘ri bog'liqlik bor.
12.3. Xalqaro kapital migratsiyasi va unga ta’sir etuvchi omillar
Xalqaro kapital migratsiyasi jahon xo'jaligini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega, chunki u mamlakatlaming tashqi iqtisodiy va siyosiy aloqalarining mustahkamlanishiga olib keladi, ulaming tashqi savdo aylanmalarini oshiradi, iqtisodiy rivojlanishni jadal- lashtiradi, ishlab chiqarish hajmlarini ko'paytiradi, ishlab chiqari- layotgan tovarlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini, importyor-mamlakatlar texnik salohiyatini o'stiradi va mamla- katdagi bandlikni oshiradi.
Kapital migratsiyasining asosiy sabablari qatoriga quyidagilami kiritish mumkin:

  • kapitalning foiz stavkasi bilan belgilanadigan turli chegaraviy unumdorligi;

  • firmalarning o‘z faoliyatini xalqaro diversifikatsiyalashga intilishlari;



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin