tovarlami import qilishga xalal beradigan va xorijiy ta’minot- chilarni bozorga kirishi uchun kapital olib kirishga undaydigan boj to'siqlarining mavjudligi;
barqaror siyosiy vaziyat va umuman, qulay investitsiya muhiti.
Kapital migratsiyasi jarayonlariga quyidagi omillar ta’sir qiladi:
sanoati rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy o'sish sur’at- larini, bandlik darajasini, ilg'or sanoat tarmoqlarining rivojlanishini saqlab turish uchun salmoqli miqdorda kapitallarni jalb qilishga yo'naltirilgan iqtisodiy siyosati;
xalqaro tashkilotlar tomonidan xalqaro investitsiyaviy bo'sh- liqni erkinlashtirish siyosatining yuritilishi, investitsiyaviy sherik- likning universal me’yorlarini ishlab chiqish;
mamlakatlar o'rtasida daromadlar va kapitalning ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yo'l qo'ymaslik to'g'risida xalqaro kelishuvlar, ularsavdo-sotiqning rivojlanishi va investitsiyalarningjalb qilinishiga ko'maklashadi.
Xorijiy investitsiyalar jahon iqtisodiyotiga va uning yuragi hisoblangan xalqaro biznesga quyidagi tarzda jiddiy ta’sir ko'rsatadi: