iste’molining ortisliiga olib keladi va kapital egalarining ulanri boshqa qimmatli qog'ozlarga yoki aktivlarga investitsiyalashga qaror qilgunlarigacha davom etadi. Portfel investitsiyalar — bu kapitalni xorijiy korxona qimmatli qog'ozlariga (korxona ustav kapitalining 10 % dan kam qismini) kiritish shaklida olib chiqib ketish bo‘lib, investorlarga ular fao- liyatini bevosita nazorat qilish imkonini bermaydi . Jahon iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi jarayonida portfel investitsiyalar ulushining ortishi tabiiy holdir. Bu ikki holat bilan izohlanadi:
portfel investitsiyalarning yuqori likvidliligi bilan bog'liq afzalliklar.
Portfel investitsiyalar ancha yuqori likvidlilikka ega bo'lib, harakatchan hisoblanadi. Ularni xavf-xatarli zonadan boylik orttirish yengilroq bo'lgan muhitga ko'chirish qiyin emas. Portfel investitsiyalar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish va professional bilimlami oshirish uchun katta mehnat talab etmaydi. Rezidentlardan portfelli aktivlarni sotib olish banklaming lik- vidliligini va kreditlash hajmlarining ortishini rag'batlantiradi. Ichki qo'shib olislilar sonining muntazam oshib borishi doimo aksele- rator samarasi asosida kapital qo'yilmalarning oshishiga olib kelsa, bu yomon alomat emas. Lekin shunga qaramay, kredit bo‘yicha informatsiyalar moliyaviy spekulatsiya imkoniyatlarini kengaytirsa yoki kuchli inflatsion tazyiq ko'rsatsa, u holda iqtisodiyotning pasayishi kuzatiladi. Shuningdek, xorijiy portfel investitsiyalar milliy bozoming likvidliligini oshiradi va qabul qiluvchi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga bevosita ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Ular moliyaviy infra- tuzilmani mustahkamlashi, moliyaviy vositachilikni kengaytirishi, xavf-xatarli kapital hajmlari va yangi kompaniyalar sonining orti- shiga olib kelishi mumkin. Portfel xorijiy investitsiyalarning qabul qiluvchi iqtisodiyotga salbiy ta’sirini quyidagicha ifodalash mumkin: Moliyalashtirish chiqimlari erishilayotgan yutuqlardan yuqori bo'lishi mumkin. Agar aksiyadorlik kapitali investitsiyalar xavf- xatari taqsimlanishining bir qismini o‘z ichiga olsa, obligatsiyalarga sarflangan investitsiyalarda xavf-xatar bo'lmaydi.