ko'zda tutiladi. Xilma-xil vositalami qo'llab, investor oxir-oqibatda qo'yilmalami yuqori daromadliligiga erishishi mumkin yohud moliyaviy instrumentlar sonini kuchaytirish hisobiga tavakkalni kamaytirish mumkin. Investitsion loyihalami moliyalashtirishning keng tarqalgan va moliyalashtirishning asosiy manbalaridan bo'lib, qimmatli qog'oz- lami emissiya qilish hisoblanadi. Qimmatli qog'ozlar chiqarish, investitsiyalarni moliyalash- tirishda markazlashgan mablag'lar va bank kreditlarining hissasini pasayishiga olib kcladi. Qimmatli qog'ozlar bozori va kredit bozori, pul mablag'lariga ehtiyoji bo'lgan tarmoqlarga (korxonalarga) pul mablag'larini taqsimlab, korxonalarning moliyaviy holatini barqarorlashtiradi. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan xarid qilinadigan qimmatli qog'ozlar ichida keng tarqalgan turi aksionerlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan aksiyalardir. Korporativ obligatsiyalami faqat ochiq aksiyadorlik jamiyatlari auditorlik tashkilotining xulosasi bilan tasdiqlangan o‘z kapitalining obligatsiyalar chiqarish to'g'risida qaror qabul qilingan sanadagi miqdori doirasida chiqarishlari mumkin. Yangi tashkil etilayotgan korxona, tashkilotlar uchun esa investitsion loyihalami moliyalashtirish uchun, aksioner kapitalidan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki yangi tashkil etilgan korxonalar uchun bank kreditidan foydalanish yuqori xavf-xatar bilan bog'liq bo'lib, kredit olishda korxona uni qaytarish uchun yctarli darajada moliyaviy resurslar bilan yoki boshqa aktivlar bilan ta’minlanmagan bo'lishi mumkin, bunday shartlarni yangi korxona bajarmasligi sababli, aksionerlik kapitalidan foydalanadilar. Likvidlik bilan bog'liq bunday vaziyatlarda yangi korxona qiyin vaziyatlarga tushib qoladi. Loyiha yaxshi baholanganda ham, yaxshi texnik asoslanganda ham banklar yuqori foiz stavkasida kredit berishlari mumkin. Aksioner kapitali esa bunday muammolar keltirib chiqarmaydi, ammo uni yig'ish ancha murakkab vazifadir, bank kreditlari esa bundan mustasnodir. Investitsion loyihalami kreditlash sharti, foiz stavkasi o'zgarishi bilan loyiha iqtisodiy ko'rsatkichlarining o'zgarishi orasidagi munosabat bilan aniqlanadi. Ma’lumki, foiz stavkasi o'zgarmas va