Ma’lumki, qimmatli qog‘ozlar’vositasida investitsiyalarni moliyalashtirish jahon amaliyotida keng tarqalgan. Moliyaviy investitsiyalaming asosini qimmatli qog'ozlar va ulaming hosilalari tashkil etadi. Qimmatli qog‘ozlaro‘zining investitsionjozibadorligi orqali firma va kompaniyalaming bozor faolligini belgilovchi vosita- lar ham hisoblanadi. Maxsus reyting agentliklari kompaniyalaming qimmatli qog‘oz- larining sifati, ta’minlanganligi, daromadliligi va ishonchliligiga qarab, uning investitsion faolligiga baho beradilar va investorlarning qiziqishiga sabab bo'luvchi yoki kompaniyaning qimmatli qog'ozlari bozor narxiga ta’sir ko’rsatuvchi ko'rsatkichlarni tegishli tahlillar asosida e’lon qiladilar. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida moliya bozorining ajralmas tarkibi hisoblangan qimmatli qog'ozlar bozori (QQB) mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. QQBning iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonidagi rolini oshirish mamlakatimiz oldida turgan ustuvor vazifalardan sanaladi. Ya’ni, uning iqtisodiyotdagi roli va ahamiyatini oshirish uchun quyidagi muammolar samarali yechim topishiga erishish vazifalarini bevosita hal etish bilan bog'liq bo'ladi: investitsiyalarni faol jalb qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni rivojlantirish, inflatsiyani pasaytirish, barqaror iqtisodiy o'sishni ta’minlash. Ushbu muammolarni hal etish QQBning raqobatbardoshligi, xavfsizligi, barqarorligi, likvidligi, investorlar uchun jozi- badorligi va xavf-xatarsizligi darajasini ta’minlash bilan uzviy bog'liq bo‘lib, turli tashqi va ichki omillar ta’sirini hisobga olish muhim hisoblanadi. 13-chizmada QQB ishtirokchilarini alohida guruhlarga bo'lib tavsiflangan. Ushbu guruhdagi barcha ishtirokchilar QQB bilan uzviy bog'liqlikda faoliyat ko'rsatadi va QQBning yaxlit infratuzilmasini ta’minlaydi. Bularga quyidagilar kiradi: muvofiq- lashtiruvchi va nazorat qiluvchilar, emitentlar, professional ishtirokchilar hamda investorlar.