Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə150/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   179
3-176 Moliya bozori

190


Moliyaviy investitsiyalar shaxsiy kompaniyalar va davlat.idora- lari tomonidan muomalaga chiqarilgan aksiyalarga, obligatsiyalarga va boshqa qimmatli qog'ozlarga hamda bank depozitlariga, uzoq muddatga jalb qilinadigan qo'yilmalardir. Moliyaviy investitsiya- larning asosiy qismi, kapitalni noishlab chiqarish sohasiga sarflanishini bildiradi. Moliyaviy investitsiyalar aksariyat holatlarda real investitsiyalaming manbai bo'lib xizmat qilishi mumkin.


Moliyaviy investitsiyalar erkin bozor infratuzilmasi tarkibi rivojlangan mamlakatlarda, qimmatli qog'ozlar bozori orqali kapitalni sohalar bo'yicha taqsimlanishida muhim ahamiyatga bo'lgan davlatlarda ko'proq tarqalgan. Rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy investitsiyalarining tarkibida asosiy o'rinni xususiy investi­tsiyalar tashkil qiladi.
Xususiy investitsiyalar, tadbirkorlar, xususiy firmalar, kon- sernlar va aksioner tashkilotlar tomonidan taqiqlanmagan faoliyatlarga sarflanadigan mulkdorlik va intellektual boyliklami anglatadi. Yetuk qimmatli qog‘ozlar bozori mavjud bo'lgan mamla­katlarda xususiy investitsiyalami ko'pgina qismi maxsus investitsiya fondlari tomonidan sarflanadi. Xorijiy investitsiyalaming moliya­viy shakli (portfel investitsiyalar) milliy iqtisodiyotda istiqbolli korxonalarni aniqlash va keng miqyosda investitsiyalashni amalga oshirishga asos bo‘la oladi.
Ikkinchidan, investitsiyada qatnashish xarakteriga ko'ra, bevosita va portfel investitsiyalar farqlanadi. Bevosita investitsiyalar investomi o‘z moliyaviy mablag'larini joylashtirish obyektini tanlash imko- niyatini beradi. Portfel investitsiyalar tijorat banklari, investitsion kompaniyalar, fondlar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Moliyaviy vositachilar to'plangan mablag'lami samarali, daromad keltiradigan qilib joylashtiradilar. Portfel investitsiyalar boshqa emitentlarning anderrayting yordamida qimmatli qog'ozlarga joylashtirish shaklida namoyon bo'ladi.
Uchinchidan, investitsiyalash davriga qarab investitsiyalar qisqa muddatli (bir yilgacha bo'lgan muddatga beriladi) va uzoq muddatli (bir yildan oshiq muddatga beriladi) bo'ladi. Masalan, oddiy aksiyalar umuman biron-bir muddat bilan cheklanmaydi. Depozit sertifikati olti oy muddatga beriladi, bu — qisqa muddatli qo'yilmalar vositasidir, obligatsiyalar 20 yilgacha qaytarish muddati bilan uzoq muddatli qo‘.yilmalar vositasidir. Lekin uzoq muddatli


191




qimmatli qog'ozlarni sotib olish va qisqa muddatdan, masalan, olti oy o'tgandan so'ng, investor uzoq muddatli vositani qisqa muddatli maqsadlar uchun foydalanish mumkin. Ko'pincha inves- toriar ana shunday vositalami tanlaydilar va o‘z pullarini qisqa muddatlarga qo'yishni xohlaydilar. Yaqin olti oy mobaynida inves- toiga kerak bo'lmaydigan summaga, u olti oylik muddatga ega bo'lgan depozit sertifikati sotib olishi mumkin: qirq yoshga to'lgan inves­tor pensiyaga chiqquncha, pul yig‘ish uchun biron-bir kompa- niyaning obligatsiyasini 20 yilga sotib olish mumkin. Odatda, uzoq muddatli investitsiyalar kapital qo'yilmalar shaklida namoyon bo'ladi.
To'rtinchidan,
mulk shakllaridan kelib chiqib, investitsiyalar xususiy, davlat, qo'shma va xorijiy shakllarga ajratiladi. Xususiy investitsiyalar nodavlat yuridik shaxslarining va fuqarolarning mablag'larini tadbirkorlik faoliyati obyektlariga qo'yilishini anglatadi. Davlat investitsiyalari davlat budjeti va davlat korxonalarining mablag'larini joylashtirish orqali namoyon bo'ladi.
Beshinchidan, hududiy joylashtirilish bo'yicha investitsiyalar ichki va tashqi investitsiyalarga bo'linadi.
Ohinchidan, investitsiyalar tavakkallik darajasi bo'yicha yuqori tavakkalli va past tavakkalli investitsiyalarga ajratiladi. Moliya sohasida tavakkallik deganda, investitsiyalarga mutlaq yoxud nisbiy miqdordagi foyda kutilganidan ancha kam bo'ladi, boshqacha aytganda, «tavakkallik» atamasi kutilmagan natija olish imkoniyatini ang­latadi.
Qo'yilma mablag'lariga foydani mutloq yoxud nisbiy miqdor- larini yoyilishi qanchalik keng bo'lsa, tavakkallik shunchalik katta bo'ladi va aksincha. Yakka investor eng kam tavakkalchilikka ega bo'lgan davlat qimmatli qog'ozlardan tortib, eng yuqori tavakkalli tovarlargacha bo'lgan vositalami keng tanlash imkoniyatiga ega. Kapitalni joylashtirishni har bir tipi tavakkalni ta’rifidir, ammo har bir muayyan holatda tavakkallik o'sha vositaning aniq xususiyatlari bilan belgilanadi.
Masalan, obligatsiyalaiga qaraganda aksiyalarga qo'yilmalar yuqori tavakkallik bilan bog'liq ekanligi ma’lum, shu bilan birga yirik kompaniyalar aksiyalariga qo'yilmalar kiritilishiga qaraganda yuqori tavakkallik obligatsiyalami topish ham qiyin emas. Albatta, tavakkallik ko'p hollarda emitentning, vositachining yoki muayyan



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin